Kalipso huzurida u 3 yil yashaydi. Nihoyat xudolar uni uyga qaytarish
vaqti yetganiga ishonch hosil qiladilar. Bir necha qo‘shiqda Odisseyning
Itakaga qaytishdagi sayohatlari tasvirlanadi, bu davr mobaynida
mahalliy amaldorlar Penelopaga sovchi qo‘yadilar, uning roziligini
olishga urinadilar. Penelopa 20 yil davomida vafodor xotin sifatida
erini sabr-bardosh bilan kutadi, o ‘g ‘li Telemax bilan barcha ta’qiblami
yengadi. Odissey qaytgach Penelopaning xushtorlaridan o ‘ch oladi va
20 yillik ayriliqdan so‘ng ulaming baxtli turmushi tiklanadi. «Odissey»
voqealari 40 kun ichida ro‘y beradi. Oradagi sarguzashtlar so‘zlab
beriladi. Odisseyning 10 yillik sargardonliklari Itakaga yetishiga bir
necha kun qolganda va Itakadagi bir necha kun davomida tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |