ayni paytda yozuvchining voqelikka munosabati, fikr-xulosasi
mujassamlangan.
Germaniyada U yg'onish davri Reformatsiya harakati bilan
birgalikda kechdi. Jamiyat hayotidagi iqtisodiy rivojlanish moddiy va
ma’naviy hayotdagi siljishlarga sabab bo'ldi. Adabiyot gumanistik
g‘oyalarni ehtiros bilan ilgari sura boshladi, nemis gumanistlari XV
asr boshlarida diniy kitoblami chuqur o'rgandilar, jaholatga qarshi
kurashda bu bilimlaridan foydalandilar. Satira janri rivoj topdi. Ilk
nemis gumanistik adabiyoti vakillaridan biri satirik Brant edi. U
«Nodonlar kemasi» (1494) asarida «Nodonlik niqobi» ostida o'z davri
illatlarini fosh qiladi. Iogann Reyxlin nemis gumanistik harakatining
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. «Genno», «Sergiy» komediyalari,
Do'stlaringiz bilan baham: |