yilga cho'ziladi, biroq asarda urushning so'nggi yili tasvirlanadi.
«Iliada»ning uchinchi qo‘shig‘idan axeyliklar bilan troyaliklar jangi
tasviri boshlanadi. Bu urushdagi ba’zi qahramonlar o ‘rtasidagi janglarga
xudolar aralashadilar, ularsevimli kishilariga ko‘mak beradilar. Doston
troyaliklarning sardori Gektoming o'limi bilan yakunlanadi.
«Iliada» qadimgi yunon qabilalari hayotini aks ettiradi. Albatta,
ko'proq urush davri hayoti aks etgan, unda o ‘lim, o'lim oldi holatlari,
yaradorlik azoblarining realistik tasvirini kuzatish mumkin. Biroq
ko’proq alohida olingan qahramonlar o ‘rtasidagi jang tasvirlariga keng
o'rin beriladi. Bu janglar tasviri qanchalar mahorat bilan berilgan
bo‘lmasin, urushning dahshatli mohiyatini oqlay olmaydi. Gomer urush
Do'stlaringiz bilan baham: |