uni mustaqil ijodni endi boshlagan tosh yo‘nuvchi yoki uning shogirdi
bitgan, deb hisoblaydilar. Biroq miloddan oldingi II asrga mansub bu
bitik Gomerning shuhrati naqadar ulug‘ bo‘lganligini tasdiqlaydi.
ILIADA
«lliada» dostonida Olimp xudolari xuddi insonlar kabi asar
ishtirokchilariga aylanadilar. Ulaming bulutlar ustidagi hayoti xuddi
yer hayoti kabi tasvirlangan. Xudolami yer odamlaridan ilohiy husni
va qudrati ajratib turadi. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‘ra xudolar
ham oddiy gunohkor bandalar kabi janjallashadilar, bir-birlariga
dushmanlik qiladilar. «Iliada»da ham shunday tasvir bor. Bazm
dasturxoni to‘rida o ‘tirgan Zevs rashkchi va yuragi tor xotini Geraga
o'ziga nisbatan hurmatsizlik qilgani, gapiga e ’tiroz bildirgani uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |