uning qalbiga, kechinmalariga e ’tibor kuchayadi, tabiiy tuyg'ulari
bo'rttirib tasvirlanadi, kechinmalarga shoirona rah beriladi. Shekspir,
Servantes asarlarida realizm ning o'ziga xos tarzda nam oyon
bo'lganligini ko'rish mumkin.
Realizm taraqqiyotidagi ikkinchi bosqich ma’rifatchilik davriga
to ‘g‘ri keladi. XVIII asrda ingliz realistik romani vujudga keladi
(D .D efo «Robinzon Kruzo» romani bilan ushbu janrga asos soladi).
Inson aqliga, uning imkoniyatlariga yuqori baho beruvchi ma’rifat
chilik realizmi hayot hodisalari va insonlar xatti-harakatlarini aqlga
muvofiq yoki muvofiq emasligidan kelib chiqib baholar edilar. Aqlga
to ‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakat deganda barcha qoloq urf-odatlar,
eskirgan tartibotlar tushunilar edi. Shu sababli ma’rifatchilarning
Do'stlaringiz bilan baham: |