avliyo Tomas kasalxonasida oladi. Moem haqiqiy hayotni ko'rishni
istardi, shu sababli Londonning qashshoq aholi yashovchi Lambert
mavzesida ishlashga qaror qiladi Uch yillik tajribasi uning faqat shifokor
sifatida emas, yozuvchi sifatida shakllanishida ham katta rol o ‘ynadi.
Keyinchalik «Yakun yasab» asarida bu davming inson qalbini, ruhiyatini
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'rganishda katta m aktab bo‘lganligini ta ’kidlagan edi. M oem ni
insonning pardalanm agan asl qiyofasi qiziqtiradi, shu sababli ham
u n in g asarla rid a k o 'n g li bu y urg anch a y a sh ash n i ixtiyor etg an
qahram onlar k o ‘p kuzatiladi.
M oemning birinchi rom ani «Lambertlik Liza» 1897- yilda natura-
lizm an’analarida yozilgan. Bu roman oddiy ayol taqdiri haqida bo'lib,
u atrofidagi johil kishilar tufayli sevish huquqidan marhum qilinadi.
1907- yilda yozilgan «Ledi Frederik» pyesasi Moemga katta shuhrat
keltiradi. Aslida bu asar sof tijorat maqsadida yozilgan, ko'ngilochar
komediya edi.
1915- yilda Moemning eng yaxshi romanlaridan bin bo'lgan «Inson
ehtiroslari yuki» nashr etiladi. Bu asar realizm yo'lida yozilgan bo'lib,
m a’lum m a’noda avtobiogralik xarakterga ham ega.
Birinchi jah o n urushi boshlailgach, M oem avtosanitar qismiga
chaqiriladi va Fransiyada xizmat qiladi. Keyin bir yil davom ida
Shveytsariyada razvedka bo'limida ishkiydi. Hatto 1917- yilda Britaniya
razvedkasi tom onidan mahfiy vazifa bilan Sankt-Peterburgga boradi.
Bu yerda zimmasiga yuklangan vazifa
Di
amalga oshirm agan bo‘Isa-
da, sevimli yozuvchilari Tolstoy, Dosloyevskiy, Chexovlarni hergan
yurtda bo'lib kelganidan afcuslanmaydi.
U rush oxirida S hotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonasida
davolanadi. U kasalxonadan chiqqanda, urush tugagan edi.
M oem marhum otasidan sayohalga ishqibozlikni meros qilib olgan
edi. U dunyoning ko'pgina joylarini kczib chiqadi O 'zibilgan, ko'rgan
ioylarni asarlarida tasvirlaydi. Uning qahram onlarini goh Yevropa va
Amerika m am lakatlarida, goh Tinch okeani orollarida, goh uncha
katta bo'lmagan port shaharlarida uchratish mumkin. Yozuvchi dunyoni
kezar ekan, uning diqqat m arka/ida inson turadi.
Moemning yozuvchi sifatida shakllanishi oson kechmagan. U o'zini
havask or yozuvchi d eb hiso b lard i. B iroq shun ga q aram asd an
tirikligidayoq shuhrat cho'qqisini egallay olgan ijodkor edi. Uning
kitoblari nihoyatda lezlik bilan sotilib ketar, nashriyotlarga katta foyda
keltirar edi. Bunga u iste’dod va m ehnati bilan erishgan. Fransuz
yozuvchilari Zolya, Stendal, Balzak, A.Frans, ayniqsa, M opassandan
ta’sirlangan. Falsafa, tibbiyotdan yaxshixabardor bo'lgan. Inglizlardan
J. Svift n a srin i sevgan. T an q id ch ilik M o em asarlarid a lirizm
yetishmasligini ko'rsatib o ‘tadi. Buni yozuvchining o 'zi ham tan olgan,
biroq bu narsani kamchilik deb hisoblamagan. «Nosii sifatida, — deb
yozadi u, — m en ncolit davrida g'ordagi gulxan yonida ertak aytib
beiuvchilarning asrlar osha bugungachayetib kelganlarisirasiga kiraman.
M en gapirib beradigan narsam bo'lsa, juda qiziq hikoya qilib bera
d am an . Boshqa hech qanday maqsadni o ‘z oldimga qo'ymayman».
www.ziyouz.com kutubxonasi
M oem ning 1919- yilda yozilgan m ash hu r rom ani «Oy va sariq
chaqa»
Striklend juda g 'aroyib tabiatli shaxs. U sa n ’at yo'lid a hayotning
b archa n e ’m atlarid an voz kechadi. O ilasi, yaxshigina d arom ad
keltiruvchi ishini tash lab Taitiga ketadi va butunlay o 'zin i san ’atga
b a g 'ish la y d i. S trik le n d la n la g a n s a n ’a t y o 'li o son em as ed i,
q an ch a d an -q an ch a m oddiy va m a’naviy zarbalarga dosh berlsh,
nafs tu yg 'usini yengish lozim bo'lardi. C h u n ki yashash u ch u n pul
kerak edi. U ehizgan su ratlarn i tirikligida h ech kim tushunm aydi,
sotib ham olm aydi. U h am jism onan, h am ru han ju d a baquvvat
odam . S triklendni o ‘zgalarning u haq d a n im a o'ylashlari, s a n 'a ii
k e ltira d ig a n foyda, s h o n -s h u h ra t, h a y o tn in g m o d d iy to m o n i
um um an qiziqtirm aydi. U o ‘z iste’d odini him oya qila biladi. Uning
uchun m uhim i ijod qilish, ko'nglidagini m o ‘yqalam orqali ilodalash.
U kim dir va nim a u c h u n d ir em as, ta q d irid a san ’atk o r b o 'lish
yozilgani uch un ijod qiladi. Biroq ayni p aytda bu san ’at fidoyisi
atrofidagilarni un utib qo'yadi. U sa n ’at h am odam larsiz mavjud
bo'lolm asligi haqida o'ylam aydi. S triklend ta q d iri fojiali tugaydi.
U Taitida og‘ir kasallikdan vafot etadi. Striklend faqat orzular bilan
y ashar edi, m a’lu m m a’noda o ‘zi istagan ijod erkinligiga erishadi
ham , am m o u erishgan erkinlik tkinchi. U faqat ruhiy ozodlikka
erishgan, b u n i u ilhom holatida sezgan. B iroq voqelikning fojeiy
yakunidan xalos b o ‘la olm aydi.
Moem «Missis Kieddok» (1900), «Sernaqsh qoplama», «Pirog va
pivo>> (1930), «Burchak» (1932), «Teatr» (1937), «Rojdestvo ta ’tillarb
(1939) kabi romanlar muallifi. Bu asadar asosida o4kir diamatik ziddiyatlar
yotadi
M oem iste’dodi hikoya janrida yorqin nam oyon bo‘ladi. U ning
hikoyalari, odatda, ju da qiziqarli sujetga ega b o ‘lib, kitobxon diqqati
bir zumga ham chalg‘imaydi, yechim esa m utlaqo kutihjiagiin bo‘lib
chiqadi. U o ‘tkir sujetni psixologizm bilan uyg‘unlashtira biladi M oem
realist sifatida hikoyalarida barcha narsaning hayotga mos b o ‘lishiga
intilishini ta ’kidlaydi. 0 ‘zi aytganidek, fantastikadan, uydirm adan
q o ch ad i. B iroq sh u ng a q aram asd an u n in g h ik o y alarid a inson
kutilm agan tom on d an kashf qilinadi, uning kutilm agan jih atlari
ochiladi. M oemning ko‘plabhikoyalarto‘plam larinashr qilingan. U lar
orasida «Barg titrog‘i» (1921), «Kauzarina» (1926), «Birinchi shaxs
tilidan» (1931), «Taqdir o ‘yinchoqlari» (1947) ayniqsa sh u h rat
qozongan. Hayotiy voqealar kutilmagan, inson xatti-harakatijum boq
bo'lishi mumkin. «Insonga xos nim adir» hikoyasining qahram oni
badavlat va go'zal Betti hayoti shu fikming isboti. U san’atni, adabiyoini
sevadi. N ihoyatda oqila ayol. Tabiat uni yuksak did bilan taqdirlagau.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Lekin bu ayol hayotining o'zgalardan yashirin qorong'i tom onlari
ham bor. U boylik uchun sevmagan kishisiga turm ushga chiqadi,
keyinchalik bu odam bilan ajralishadi, uning baxtsiz hayoti fojiali
yakunlanishiga sabab bo'ladi. X izm atkor haydovchisi ЬЙап ishqiy
m unosabatga kirishadi. Ayni paytda buni pardalay biladi. Shunisi
qiziqki, uni bir um r sevgan, bilim va daraja jihatidan unga munosib
Kerazersning sevgisini bila turib uning turmushga chiqish taklifini rad
etadi. Betti hayotining tuban tom onidan uyalmaydi, o'zini baxtli deb
biladi, chunki u istaganicha hayot kechiradi «Jeyn» hikoyasidagi vaziyat
ham kutilmagan. N ihoyatda kam suqum va yosh bo'lm agan missis
Fauler to 'satd an o'zidan 26 yosh kichik yigitga turm ushga chiqadi.
Unga uylanayotgan yigitning hech qanday g'arazli niyati yo'q. U
chindan ham Jeynni sevadi Yana ham qizig'i, m a’lum muddat o'tgach,
kiborlar jam iyatida ham m aning e’tiboriga sazovor bo'lgan Jeyn eri
Gilbert bilan ajrashib, yana boshqa yaxshi bir odamga turmushga
chiqadi. Bir qarashda g'aroyib tuyulgan bu hodisa g'oyatda tabiiy
hikoya qilinadi. Yosh ham , aytarli go'zal h a ir bo'lm agan Jeynning
eng muhim fazilati uning soddaligi va qalban beg'uborligL U boshqacha
ko'rinishga intilm aydi ham , shunisi bilan o'zgalarni m aftun qiladi.
Inson yuksakliklarga ko'tarilishi va nihoyatda tuban ketishi ham
mumkin. C hunki qanchalar ruhan yuksak parvoz qilmasin, baribir, u
yer odam i va unga zam in tashvishlari begona emas. Biroq yozuvchi
ko'proq ruhiy yuksaklikka erisha bilgan, tan ehtiyojlarini yenga olgan
qah ram on larg a qoyil qoladi. U ning «Sanatoriy», «Bo‘ysunmas»
hikoyalari shu jih ati bilan diqqatga sazovor. «Sanatoriy» hikoyasining
kasallik tufayli o'lim ga m ahkum q ahram oni sevib qoladi. U ning
m uhabbati o 'lim oldidagi qo'rquvni yengishida yordam beradi.
«Bo'ysunmas» hikoyasining qahram oni A nnet o 'z i tushib qolgan
vaziyatga bo'ysunishni istamaydi. Voqealar urush paytida bo'lib o'tadi.
Nemis soldati tomonidan nomusi toptalgan Annet og'ir vaziyatga tushib
qoladi. Lekin nemis G ans kutilm aganda A nnetni chindan ham sevib
qoladi. U nga uylanm oqchi, tug'ilajak farzandga otalik qilm oqchi
bo'ladi. B undan qiz foydalanishi m um kin edi, chunki uning holatida
bu eng qulay yo'l. O ta-onasi ham qizini insofga chaqiradilar, chunki
G ans u la rn i so v g 'alar bilan ta ’m in lar, buning ustiga q izlarin i
sharm andalikdan qutqarm oqchi edi. Biroq A nnet uchun bundan ham
yuksakroq narsalar bor. U vatanini toptagan bosqinchiga bo'ysunishni
istamaydi. Ayni paytda kurashda yolg'iz edi. A nnet yengilmaslikka
qaror qiladi, jinoyatga q o 'l uradi — faizand tug'ilgach, uni cho'ktirib
o'ldiradi. D ahshatli jinoyat. Biroq A nnet o 'z qalbiga qarshi borm adi,
bu uning m a’naviy g'alabasi edi. Somerset M oem 1965- yilda vafot
etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ERNEST XEMINGUEY
Buyuk Amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey hayoti tirikligidayoq
alsonaga aylangan edi. Sayohat-u sarguzashtlarga, zafar va m ag'lu-
biyatlarga, sevgi va ayriliqlarga boy um ri davomida bu ajoyib shaxs
o'lm as ijod nam unalarini yaratdi. Adabiyot, badiiy ijod uning hayoti
m azm unini tashkil qilar edi.
Xeminguey 1899- yil 21- iyulda Chikagoning O uk-Park shahrida
tug'ilgan. O nasi Greys Xoll opera q o ‘shiqchisi edi. Shifokor-terapevt
va sportchi bo'lgan Klarens Edm onsni uchratgach, Greys operani
tashlab unga turmushga chiqadi Ernest oiladagi olti bolaning to ‘ng‘ichi
bo'lgan.
Bo'lajak yozuvchi ijodini juda erta boshladi. O uk-Park maktabida
o 'q ib yurgan paytlaridayoq m aktab gazetalarida lining hikoya va
she’rlari bosilib tu rar edi.
M aktabni tamomlagach, 1917- yilda Xeminguey armiya xizmatiga
kirmoqchi, birinchi jahon urushida qatnashm oqchi bo'ladi. Biroq ko'zi
jarohatlanganligi sababli armiyaga chaqirilm aydi. Shu sababli 1917—
1918- yillarda Kanzass gazetasi «Star» da muxbir bo'lib ishlaydi. 6 oy
o 'tg ach ko'ngilli sifatida Yevropa armiyasiga qabul qilinadi, Italiya-
Avstriya frontida qizil X och Amerika Otryadining haydovchisi bo'lib
xizmat qiladi. 1918- yilda oyog'idan yaralanadi, shu holda yarador
italiyalik soldatni jang maydonidan olib chiqadi. Jangda ko'rsatgan
m ardliklari uchun ikki marotaba Italiya ordenlari bilan taqdirlanadi.
Gospitalda davolanayotganda am erikalik shafqat ham shirasini sevib
qoladi (bu sevgi tarixi oradan o 'n yil o'tgach «Alvido, qurol!» asarining
dunyoga kelishiga sabab bo'ladi). O uk-Parkka qaytgach, Xeminguey
uchun Chikagodagi bir marom dagi sokin hayot zerikarli tuyuladi va
Chikago ju rn a li redaksiyasiga ishga kiradi. Bu yerda u m ashhur
yozuvchi, k o 'p lab am erikalik buyuk ijodkorlarning yo'lboshchisi
Shervud A nderson bilan tanishadi. A nderson unga Parijga borishni
m aslahat beradi. Parij san’at, adabiyot va m a’naviyatning m arkazi
hisoblanar e d i Chinakam ijodkor bo'lish uchun Fransiya ilhom manbai
e d i Xeminguey Anderson maslahatiga am al qilib 1921- yili Yevropaga
yo'l oladi. Shu yili u Xedli Richardsonga uylangan e d i
Fransiyada yashab yurgan kezlarida Xeminguey juda ko'p sayohat
qiladi Parijda yashovchi amerikalik yozuvchilar G ertruda Stayn, Ezroy
Paund, Skott Fisjerald bilan tanish e d i Xeminguey ilhom bilan ijodga
sho'ng'iydi Uning shiori «Muhimi bir satr bo'lsa ham haqiqatni yozish,
qolgani esa o 'z-o 'zid a n bo'laveradi» edi. Xemingueyning ilk kitobi
1923- yilda «Uch hikoya va o 'n she’r» n o m i bilan chiqadi, keyinroq
esa «Bizning kunlarim izda» hikoyalar to 'p la m i bosiladi. M azkur
www.ziyouz.com kutubxonasi
to ‘plain Xemingueyning o'ziga xos uslubi, o'z qahram onini topganidan
dalolat beradi.
1926- yilda Sh. Andersonning romanlaridan biriga parodiya tarzida
«Bailor yomg'irlari» rom ani e’lon qilinadi Bu rom an «Charlz Skribnes»
nashriyotining m ashhur m uharriri Maksuel Perkins ning diqqatini jalb
qiladi. 1926- yil oktabrida Xeminguey «Quyosh baribir chiqaveradi»
rom anini yozib tugatadi. Asar yozuvchiga katta shuhrat keltiradi,
Xemingueyni yosh va um idli ijodkor deb tan oladilar.
Rom an urushdan keyingi yo'qotilgan avlod ruhiyatini, kayfiyatini
aks ettiradi. Uning qahram onlari birinchi jah o n urushidan keyingi
tushk u n h o la t girdobidagi, u ru sh tufayli ru han m ayib qilingan
kishilardir. R om an voqealari ham qalbi, ham jism i mayib qilingan
Djeyk Brans tilidan hikoya qilinishi bejiz emas. Hayotidagi m a’naviy
ta y a n c h la rid a n m a h ru m b o 'lg a n b u k ish ila r u m r m a z m u n in i
ko'ngilocharlik, baliq ovi, korrida, ichkilik va sevgida deb biladilar.
Asar qahram onlari real hayotdan olingan rom an bosilib chiqqach,
Xeminguey d o 'stlari undagi k o'plab qahram onlarni, shuningdek,
yozuvchining o 'z in i h a m tanidilar. Bu ham asarning sh u h ratin i
ta ’minlagan om illardan bo'ldi.
1927- yilda Xeminguey Polina Pfeyorferni sevib qoladi va birinchi
xotini bilan ajrashgach, unga uylanadi.
1927- yilda uning «Ayolsiz erkaklar» nom li to 'p lam i chiqadi.
Shnndan so 'ng Xem inguey Amerikaga qaytadi, Floridada qo'nim
lopadi va o'zining ikkinchi rom ani «Alvido, Qurol!» ni yakunlaydi
Bu roman yozuvchining shuhratini yanada oshirib yuboradi. Tanqid-
chilik romanga yuksak baho beradi, u n i adibning eng yaxshi asarlari
qatoriga kiritadi. Rom an mavzui urush va sevgidir. Italiya armiyasida
xizmat qiluvchi amerikalik ofitseming ingliz hamshirasiga bo'lgan go'zal
va fojiali muhabbati Xemingueycha betakror talqinini topadi. M uhabbat
mavzusi jim jim ador, rom antik, shoirona libosda emas, bosiq, xolis,
sirtdan befarq, biroq ichdan ch uqu r hissiyotga y o 'g 'rilg an tasvir
yo:sinida ifodalanadi.
30- yillarga kelib X em inguey ijodida b ir q a d a r tu sh k u n lik
kayflyati kuzatiladi. Bunga sabab qilib yozuvchini «shon-shuhrat
m ast qilib qo'yganligi» deb ko 'rsatadilar. Bunga dalil tariqasida
Xemingueyning o 'z in i «chinakam erkak» qilib ko'rsatishga inlilishi,
ispan korridasiga, yirtqich hayvonlarning afrikacha ovga bo'lgan
ehtirosi, atrofidagilarga bepisand m unosabati kabilarni keltiradilar
Bu davrda y ara tg a n asarlari: «T u sh d an k eyingi o 'lim » , ispan
korridalarini aks ettiruvchi «Afrikaning yashil do'ngliklari», Afrikaga
b o 'lg an sayohat kundaliklari, voqealar Floridada kechuvchi «Bor
yoki yo'q» qissasi kabilardir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
30- yillar yozuvchining ijodidan faqat ikki hikoyasi «Frensis
M akaombeming qisqa baxti» va «Kilimanjaro qorlari» tanqidchilikning
ijobiy bahosini olishga muvafiaq bo'ldi.
Ispaniyadagi fuqarolar urushi Xeminguey hayoti va ijodida tub
burilish yasadi. U o'zin i chin ijodkor sifatida nam oyon qildi. Buyuk
iste’dod egalari jam iyat dardlariga nisbatan o ‘ta ta ’sirchanliklari bilan
ajralib turadilar. Xemingueyning ispan urushiga faol munosabati ham
shuning dalilidir. Respublikachilar uchun pul yig‘ib yozuvchi Shimoliy
Amerika gazeta assotsiatsiyasi harbiy muxbiri ham da «Ispaniya yeri»
hujjatli filmining ssenariy muallifi sifatida Ispaniyaga yo‘l oladi.
Ispaniyaga ikkinchi sayohatidan so‘ng X eminguey «Beshinchi
kolonna» nom li pyesasini yozadi, unda 1937- yil kuzida M adridning
qam al qilinishi tasvirlangan.
Xemingueyning bu davr ijodidan eng yorqin asar «Qo‘ng‘iroq kimni
chorlaydi» romanidir.
Asarga ingliz shoiri Jon D onning quyidagi so 'zlari epigraf qilib
olingan: «H ech qachon q o ‘ng‘iroq kim ni chorlayapti deb so‘ram a,
u seni chorlayotir». R om an Ispaniyadagi fuqarolar urushi voqealariga
bag 'ish lan gan . Bosh q ah ram o n R o bert Jo rd a n resp u b lik ach ilar
tom onida jang qiluvchi am erikalik ko'ngillidir. H ar daqiqa, soniyada
sovuq o ‘lim sharpasi sezilib turgan shafqatsiz urush sharoitida Robert
Jord an qalbida ispan qizi M ariyaga nisbatan m uhabbat uyg'onadi.
Bu sevgining, baxtning om onatligi asarga fojiaviy ru h baxsh etsa,
M ariyaning ayanchli o 'tm ish i fojiylikni yanada kuchaytiradi. Biroq
inson baribir insonligicha qolishi, eng chorasiz, umidsiz qolgan
daqiqalarda ham baxtga intilib yashashi o ‘quvchi qalbiga yorug‘lik
baxsh etadi. «Qo‘ng‘iroq kim ni chorlaydi» yozuvchiga katta shon-
sh u h rat keltirdi.
1940- yilda X em inguey M arta G ellxornga uylanadi, G avana
yaqinidan uy sotib oladi va xotini bilan Xitoyga safar qiladi. 1944- yili
Londonga harbiy m uxbir sifatida yo‘l oladi (bu davrga kelib u xotini
bilan ajrashgan edi). Britaniya G 'arbiy havo kuchlarida xizmat qiladi
va 1944- yilning 25- avgustida Amerika qo‘shinlari bilan birgalikda
Parijga kirib keladi. Yozuvchi ittifoqchilarning harbiy harakatlarida
faol ishtirok etadi, h atto muxbirligini unutib yuborayozadi, jasorati
uchun bronza medali bilan taqdirlanadi 1946- yilda Gavanaga qaytadi.
Bu yerda u «Tayms» jurnalining muxbiri M eri Uelsh bilan tanishadi.
Xeminguey unga uylanadi va umrining oxiriga qadar bu ajoyib ayol
bilan turm ush kechiradi.
1950- yilda «D araxtlar soyasidagi daryo» rom anini e’lon qiladi.
Asar voqealari Ikkinchi jah on urushini aks ettiradi, Italiyada kechadi.
Tanqidchilik bu romanni sovuq kutib o ldi Yozuvchini sentimentallikda,
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'ziga o ‘ta bino qo‘yib yuborganlikda aybladilar. H atto bu romanga
felyeton, parodiyalar ham yozildi.
Biroq 1952- yilda dunyo yuzini ko'rgan «Choi va dengiz» rom ani
yozuvchi ijodiga nisbatan yuzaga kelgan ishonchsizlikni, uning iste’dodi
so‘na boshladi, degan qarashlarni tum anday tarqatib yubordi. Keksa,
omadsiz baliqchi haqidagi g ‘amgin lirik qissa tanqidchilik va keng
kitobxon om m asi tom o nidan yuksak baholandi. B utun dunyoga
Xemingueyning shuhrati taraldi, 1953- yilda bu asari uchun Pulitser
mukofoti bilan taqdirlandi.
1954-
yilda Xeminguey «Choi va dengiz» rom anida yana bir karra
namoyish etilgan yozuvchilik m ahorati uchun hamda zamonaviy nasrga
ko‘rsatgan ta ’siri uchun N obel mukofoti bilan taqdirlandi.
M ukofot topshirish m arosim ida Shved akademiyasining a’zosi
Anders Esterling Xemingueyga «davrimizning eng ahamiyatga molik
adiblaridan biri» deya baho beradi.
Xem inguey sog‘lig‘i yom onlashganligi tufayli N obel m ukofoti
taqdim otida qatnasha olmaydi.
1960-
yilda yozuvchi Rocheisterdagi Mayo kasalxonasida davolandi,
unga ruhiy xasta, tushkunlikka tushish kabi tashxislarni qo‘yadilar.
Kasalxonadan chiqqach Xeminguey ortiq ijod qila olmasligini anglab
yetdi va 1961- yil 2- iyunida o ‘z joniga qasd etdi.
Xemingueyning o ‘limi dunyo san’a t ahlini larzaga soldi. Amerika
tanqidchisi Edm und U ilson «bu hodisa butun bir avlodimizning tam al
toshlaridan biri to'satdan qulab tushishi bilan teng», deya yozadi.
GABRIEL GARSIA MARKES
G abriel G arsia Markes - buyuk Kolumbiya yozuvchisi, m ashhur
romanlar, qissalar, hikoyalar muallifi, N obel mukofotining sovrindori.
M arkes 1928- yil 6- m artda, Kolumbiyaning Arakataka shahrida
tug'ilgan. Arakataka A tlantika okeani yonbag‘irlari va Kolumbiyadan
uncha uzoq bo'lm agan M agdalena daryosi sohilida joylashgan kichik
shaharcha. M arkesning otasi telegrafchi edi. Yozuvchi iste’dodining
shakllanishida buvisi Trankilinaning ta ’siri katta bo'ldi. Trankilina
kuchli, m atonatli ayol edi, oila tizgini uning qo'lida edi. Ayni paytda
1 8 99 -1 90 3- yillar fuqarolar urushining ishtirokchisi bo'lgan bobosi
keksa polkovnik Nikolos ham yosh G abriel hayotida o'chm as iz
qoldirgan. Ijodkor sifatida shakllanishidagi uchinchi om ilni M arkes
o ‘zi o 'sg an m uhitda deb b iladi. U yashagan sh a h a r tu rm u sh i
g'aroyibotlarga to ‘la, fantastika va voqelik ajoyib tarzda uyg'unlik kasb
etgan edi. Bobosining o'lim idan so'ng 8 yoshida Markes A rakatakani
tark etadi, u ni Sapakira sh ah rid ag i m a k tab -in tern atg a o'q ishg a
www.ziyouz.com kutubxonasi
beradilar. Ilk m arotaba yozishga shu yerda urinib ko'radi...
1946- yilda Bogota universitetining yuridik fakultetiga o'qishga
kiradi.
M arkesning birinchi hikoyasi 1947- yilda e’lon qilinadi. Lekin u
yozuvchi bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan, uni kasb qilib olish haqida
o ‘ylab h a m k o 'rm a g a n e d i. 1948- y ild a lib e ra l p a rtiy a n in g
yo'lboshchisiga suiqasd qilingach, poytaxtdagi vaziyat keskinlashadi
va Markes Kartaxena shahriga ko'chib o ‘tib, o ‘qishini davom ettirishga
urinib ko‘radi. Biroq advokatlik kaiyeiasi uni ortiq qiziqtirmay qo'ygan
edi, u bu sohaga adashib kirib qolgani, bu o 'tk in ch i havas ekanligini
anglab yetadi va o'qish ni tashlab, jurnalistlik faoliyalida o‘zini sinab
ko'rishga qaror qiladi.
1950-1954- yillarda Markes reportyor bo'lib ishlaydi, xronikalar
bo'lim ini boshqaradi. 1951- yilda «To'kilgan barglar» qissasini e ’lon
qiladi, asarda ilk m arotaba muallifning keyinchalik barcha asarlaridagi
voqealar ro'y beradigan xayoliy Makondo shahri tasvirlanadi. Bu shahar
yozuvchining qadrdo n A rakataka shahriga ju d a o'xshab ketardi.
M akondo shahri bilan yozuvchi asarlaridagi markaziy - yolg'izlik
mavzusi h am paydo bo'ladi.
1954- yilda M arkes Bogota shahriga ko'chib o'tadi, gazetadagi
ishini davom ettiradi, siyosiy hayotda faol qatnashadi.
1955- yilda «Е1 Espektador» gazetasining muxbiri sifatida Yevropaga
ishga yuboriladi U Rim da ishlaydi, ayni paytda Tajriba kinematogralik
markazining rejissyorlik kurslarida tahsil oladi. Markes Rimdan Parijga
ko'chib o'tadi. V atanida ro 'y bergan davlat to 'n tarish i yozuvchining
Parijda qolishiga sabab bo'ladi. Shu yerda yozuvchi o'ziga ilk shuhrat
keltirgan «Polkovnikka h ech kim yozm aydi» qissasini yaratadi.
Kitobning birinchi nusxasi 1956- yilda yozilgan, alohida kitob holida
1961- yilda nashr etiladi.
Tanqidchilik bu qissada mashhur Amerika yozuvchisi Xeminguey
ning ta ’sirini k o 'rad i, buni yozuvchining o 'z i ham e ’tiro f etadi, ayni
paytda qissada uning muxbirlik tajribasi h am sezilib turadi. Asar tili
yozuvchi m aqsadiga b o 'y su n d ira bilinganligi, aniqligi, so 'zn in g
im koniyatlaridan m ohirlik bilan foydalanilgani, unga salmoqli m a’no
yuklay bilish, uni his qilish kabilar bilan ajralib turadi. Markes uslubini
sayqallashtirish, yuksak badiiylik va psixologik jihatdan haqqoniylikka
erishish m aqsadida bu asarni o 'n bir m arta qayta ko'chiradi. Asar
voqeasi 1956- yilda nom siz shaharchada ro 'y beradi. Biroq asar
qahram oni fuqarolar urushi ishtirokchisi polkovnikning tushlari va
xotiralarida vatani M akondo gavdalanadi. M akondo shahri bilan
tasvirga real va ulkan hodisalar ro'y bergan tarixiy davr kirib keladi
«Polkovnikka hech kim yozmaydi» ning mavzusi insonning yolg'izli-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gidir. Bu insonning voqelik absurdligiga, ochlik, qashshoqlik va
ojizlikka, hissizlikka sabot-m atonat bilan qarshi turishi, uning adolat
tantanasiga b o 'lgan o'lm as ishonchi to 'g 'risid a g i qissadir. A na shu
jihallari qissani Xemingueyning m ashhur «Choi va dengiz» asari bilan
yaqinlashtiradi.
M arkes lu rli lo tin am erikasi gazetalarin in g m uxbiri sifatida
Yevropaning ko'plab m am lakatlarini kezib chiqadi, m a’lum m uddat
Venesuelada yashaydi, 1961- yildan Meksikada qo'nim topadi va
«Xosiyatsiz vaqt> rom anini tugatadi. Asar birinchi m arta m uharnrlar
tom onidan buzilgan holda Ispaniyada nashr qilinadi, 1966- yilda
Meksikada to 'liq va asl holida bosiladi. Asar mavzui zo ‘ravonlik va
uning shaxsni yemiruvchi mohiyatidir. Bu asarda yana M akondo shahri
namoyon bo'ladi, A uieliano Buendia, Rebeka nomlari paydo bo'ladi.
(Ular keyinchalik yozuvchining «Tanxolikning yuz yili» romanida ham
ishtirok etadi).
Bolalik xotiralari, zo'ravonlik va yolg'izlikning taqdir ekanligi
to ‘g‘risidagi filer yozuvchiga tinchlik bermaydi. Keyinchalik ushbu
tuyg'u «Katta onaning m a’rakasi» hikoyalar to'plam ida o'zining badiiy
ifodasini topadi. T o'plam dunyo yuzini ko'rgach, Markes m a’lum
muddat adabiyot ishidanuzoqlashadi, kuchini kinematogiafiya sohasida
sinab ko'rm oqchi bo'ladi.
Biroq kino san’atida Markes o 'zi istagan narsani topa olmadi:
«Kinoda ishlab, m en, albatta, tasviriylik boshqa hikoyalash elem ent-
laridan ko'ra ancha afzalliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qildim,
biroq, shuningdek, m a ’lum jihatdan chegaralangan ekanligiga ham
am in bo'ldim va bu m en uchun kutilmagan kashfiyot bo'ldi; faqat
shundagina rom an qanchalar cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini
anglab yetdim», deb yozadi.
1965- yilda Markes yana o'zida yozishga kuchli ehtiyoj va ishtiyoq
sezadi ham da ixtiyoriy ravishda 18 oyga uzlatga chekinadi - shu tariqa
20 yil davomida yozuvchi qalbida ardoqlab kelgan asari «Tanxolikning
yuz yili» vujudga keladi. Rom an 1967- yil Buenos-Ayresda bosilib
chiqadi va yozuvchiga olamshumul shuhrat keltiradi. Asar tiraji uch
yarim yil ichida yarim m iltiondan ko'proq nusxani tashkil qiladi, bu
Lotin Amerikasi uchun misli ko'rilm agan hodisa edi. Rom an haqida
gap ketganda «magik realizm» iborasi qo'llanila boshladi, bu tushuncha
aynan M arkes uslubiga xos bo'lgan xususiyat bilan b o ^ liq ravishda
paydo bo'ldi. Magik realizm lotin am erikasi yozuvchilari ijodiga xos
bo'lib, cheksiz erkinligi, yer hayotini xayolot, ongning tub-tubida
yotgan hissiyotlar bilan uyg‘un ravishda tasvirlash bilan xarakterlanadi.
Asar dunyo rom anchiligi va realizm tarixidagi yangi bosqich sifatida
yuksak baholandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Tanholikning yuz yili» ko‘p planli asardir. U nda Buendialar
sulolasining olti avlodi tasvirlanadi. Voqealar yozuvchining ardoqli
M akondo shahrida kechadi. Adib ushbu shahar va undagi insonlar
tarixi orqali Lotin A m erikasi tarixi va unga o ‘z m uhrini bosgan
tam ad d u n n in g ta ’sirin i aks ettirad i. Ayni paytda ro m an ja h o n
adabiyotining antik eposdan maishiy rom angacha bosib o ‘tgan yo‘li
h a m d ir. Y ozuvchi B u e n d ia la r o ilasi m iso lid a in so n iy a t o n gi
taraqqiyotini tadqiq e ta d i Boshdagi buyuk Renessans davrining tinib-
tinchimas, izlanuvchan va tadbirkor kishisiAurleanio Buendia timsolida
XX asrga yetib keladi. U barcha sohalarni qam rab olgan begonalik,
yolg‘izlik qurboniga aylanadi. Shu rom ani bilan yozuvchi M akondo
va lining aholisi mavzuiga so'nggi nuqta qo'yadi. Keyin yaratilgan
asarlarida ushbu qahram onlarga va mavzuga qaytmaydi.
1972- yilda «Soddadil Erendira va uning shafqatsiz buvisi haqida
misLsiz g'am gin qissa» hikoyalar to'p lam i bosiladi. Shundan e ’tiboran
Markes uchun hukm ronlik va zo'ravonlik yetakchi mavzuga aylanadi.
«Buzrukning kuzi» rom anida ushbu mavzu chuqur tahlil qilinadi,
zo'ravonlik va shafqatsizlikning g'ayriinsoniy mohiyati ochib beriladi
Asar markazida zo'ravonlikni hayotning asosiy qonuni deb bilgan kuchli
shaxs obrazi turadi.
1981- yilda «Oshkora qotillik qissasi» asari e ’lon qilinadi, oradan
bir yil o'tgach esa M arkes N obel mukofoti bilan taqdirlanadi.
---------- e r a '
www.ziyouz.com kutubxonasi
M O D E R N IZ M
M odernizm fransuzcha m oderne (zamonaviy, eng yangi) so'zidan
olingan bo'lib, XX asm ing 20- yillarida vujudga kelgan badiiy estetik
tizim ni anglatadi. Shu davrdan boshlab XIX asr san’atidan farq qiluvchi
yangi san’at shakllana boshlaydi.
M o dernizm ning vujudga kelishiga S hopengauyer va N itsshe
irrasional falsafasi, Bergson intuitivizm i, E. G usselning fenom eno-
logiyasi, Freyd va Yung psixoanalizi, Xaydegger, keyinroq Sartr va
Kamyu ekzistensializmi, Franfurkt m aktabi ijtimoiy falsafasi g'oyalari
asos b o 'lib xizm at qildi. M odernizm m a’lum ijtim oiy davr m ahsuli
edi, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jam iyat hayotida yuz bergan
ijtim oiy va m a’naviy tushk un lik (bu dek ad en tlik atam asi bilan
nom lanadi) adabiyot va san ’atga o 'z ta ’sirini ko'rsatdi. M od em iz-
m ning paydo bo'lishi bir tom ondan jam iyatdagi ijtimoiy jarayonlarga
no ro zilik ifodasi edi, zero u la r ijtim oiy o'zg arish lar, in q ilo b -u
to 'n ta rish la r bilan insonni baxtli qilib bo'lm asligini anglab yetdilar;
m o d e rn izm o qim ining g'oyaviy aso sin i tashk il qiluvchi falsafa
insonning ijtim oiy tom oniga em as, ruhi, qalbiga asosiy e ’tib o m i
q aratd i
M odernist o'zlarid an oldingi falsafani narsalar lalsafasi bo'lgani
uchu n tanqid qiladilar, falsafa diqqat m arkazida inson turishi lozim ,
degan fikm i ilgari suradilar, insonning asl hayoti real voqelikdagi
em as, ko'ngildagi, ongdan tashqari, aql-idrokka bo'ysunm aydigan
hayo ti deb biladilar. A yni paytda ular a n ’anaviy shakldan ham
qoniqm aydilar; XIX asr realizm i va rom antizm i u ch u n xos bo'lgan
qolip tusin i olgan shakl va usullarni takrorlash, naturalizm ning
voqelikdan passiv nusxa ko'chirishi, badiiy ijodda akademizmga qaishi
isyon ko'tardilar.
U shbu yo 'nalish ta rafd o rlari a n ’anaviy shakl hozirgi zam on
voqeligini ko'rsatishga ojizlik qilib qolgan, deb hisoblaydilar. R uh-
qalb h ay o tin i alohida qadrlovchi m o d ern istlar, en d i realistik usul
va v o sita lar inson qalb in in g y ashirin tu b larig a kirish, u n i b o r
b o 'y ic h a , ro 'y -ro s t tasvirlash u c h u n ojizlik qilib qo lgan, deb
hisoblaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XX
asr adabiyotida m odernistlarning shakl bobidagi izlanishlarini
aks ettiruvchi ko'plab oqim larni ko'rsatish mumkin.
Futurizm — lo tin ch a (futurum ) so‘z b o'lib, «kelajak» m a’nosini
anglatadi. Bu oqim ning maqsadi kelajak san ’atin i yaratishdan iborat
e d i Futuristlar san’a t tam om ila erkin bo'lishi kerak, deb hisoblardilar,
o 'tm ish san ’a tin i in k o r qilardilar. F u tu ristlar yozish texnikasiga
alohida e ’tib o r beradilar, poetik qonuniyatlarni buzadilar.
0 ‘zining bir qancha ziddiyatli jihatlariga qaram asdan futurizm
V .X lebnikov, P a ste rn a k k ab i sh o irla r ijodiy y o 'n a lish la rin in g
shakllanishida k atta rol o'ynadi, shakl bobidagi dadil tajribalariga
asos bo'ldi.
Ekzistensializm (existence - mavjudlik) — XX asrdagi ana shu
nomdagi falsafa asosida vujudga kelgan modemistik oqim. Ushbu falsafa
m arkazida inson h ay o tin in g m a’nosi, shaxs erk i va m as’uliyati
m uam m olari turadi. Adabiy oqim sifatida ekzistensializm borliq va
insonning g'aroyib sirli-sehrli jihatlari xususida bahs yuritadi. Ushbu
adabiyot nam unalarida insonning jam iyatga begonaligi, yolg'izligi,
mahkumligi m uam m osi ko'tariladi.
Ekspressionizm (fransuzcha — expression — ifoda so'zidan) —
Birinchi jaho n urushi va inqilobiy to 'n tarish lar davrida san ’at va
adabiyotda vujudga kelgan oqim. Ushbu oqim vakillari hissiyotga,
tu yg 'u ga alo hida e ’tib o r b erad ilar, q ah ram o n n in g ta sa w u rla ri,
taassurotlari ifodasi yetakchilik qiladi, hissiyotga, kechinmaga urg'u
beriladi. Ekspressionizm ko'proq she’riyat (Pol Elyuar) va dramada
nam oyon bo'lgan.
Impressionizm (fransuzcha im pression — taassurot) — XIX asr
oxiri — XX asr boshlarida Fransiyada vujudga kelib, tasviriy san ’at,
adabiyot, m usiqada o 'zin i nam oyish qilgan oqim. Im pressionistlar
in so n ning b iro n h o d isa t a ’sirida tu g 'ilg a n taassu ro ti, hissiyoti,
hayajoni, ruhiy holati san’atning diqqat m arkazida turishi kerak deb
hisoblaganlar.
U lar insonning asl hayotini g'ayrishuuriy hissiyotlar, o'zgalardan
y a sh irin tu y g 'u la rd a k o 'rg a n la r, u sh b u o la m n i b o r b o 'y ic h a
ko'rsatishga harakat qilganlar. Im pressionizm atam asi M onening
«Taassurot. Quyosh chiqishi» nom li kartinasi ko'rgazm ada namoyish
etilgandan so'ng paydo bo'lgan. Rassomlar o'zlarining sevimli janrlari
bo'lgan peyzaj, portret, ko'p shaxslar tasvirlangan kompozitsiyalarda
u la m i qurshagan dunyo d an olgan lahzalik taassurotlarini ifodala-
ganlar.
Adabiyotda impressionizm yo'nalishlari naturalizmdan simvolizmga
o 'tish jarayonida shakllaadi. J. va E. G onkurlar, J.G yuism ans, G i de
M opassan ushbu yo'nalishga moyillik bildiradilar, asarlarida oniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
lahzada insonning rang-barang tuyg‘ularini so‘z yordamida iloji boricha
to ‘liqroq tasvixlashga intilganlar. Impressionizm alohida maktab tusini
olm agan b o ‘lsa-da, bu yo‘nalish vakillarining ko'plab kashGyotlari
zam onaviy san ’at va adabiyotda iz qoldirdi.
Syurrealizm (fransuzcha surrealizme) — Fransiyada XX asming
20- yillarida vujudga kelgan oqim. Syurrealizm intuitivizm falsafasi,
sharq diniy falsafasi, freydizm ta’limotiga tayanadi. Syurrealizm estetikasi
A. Bretonning «Syurrealizm manifesti» asarida o‘zining ifodasini topgan.
Ular insonning «men» iga erkinlik berishga, uni moddiyunchilik,
in so n n in g ijodiy im k o n iy atlarin i cheklovchi a n ’anaviy estetika
zanjirlaridan xalos qilishga chaqiradilar. H ayotning asl mohiyati
insonning ongdan ta sh q ari g'ayrishuuriy olam ida berkingan deb
hisoblaydilar, adabiyot tartibotlarga, ko'nikm a, axloqiy tushunchalar
va m antiqqa bo‘ysunuvchi hayotni emas, uning botindagi pinhon
tuyg‘ularini tasvirlashi lozim.
Shu sababli inson ruhining g'ayrishuuriy holatini namoyish etuvchi
usul sifatida tush ho lati, go'daklik kechinm alari, gallyusinatsiya
kabilardan foydalanganlar. Syurrealistik asarlar syujeti majoziylikka,
paradoksga, kutilmaganlikka asoslanadl Adabiyotda Appoliner, tasviriy
san ’atda S.D ali, X .M iro, I.Tangi, G .A rp, A .M asson, R .M agritt,
kinematogiafiyada L.Bunyuel, absurd teatrida E.Inoyekso, S.Bekket
ushbu oqim namoyandalaridir.
M odernizm ga tushkunlik mafkurasini ifodalovchi hodisa sifatida
salbiy baho berib kelindi. Biroq uning buyuk namoyandalari bu fikraing
biiyoqlamaligi, adolatsizligini isbotladi. Frans Kafka, Jeyms Joys, Alber
Kamyu asarlarida chirigan jamiyatning inson shaxsiga ta’siri, uni mahv
etishi o‘zining yorqin ifodasini topsa-da, insonga, uning kelajagiga
ishonch tuyg‘usi ham ufurib turadi. M odem istik ijod mahsullarida
fojiaviy taqdirga mahkum inson fojiaviylik zamirida ham baxtga intiladi,
najot axtaradi.
M od ernch i adiblarning qah ram on lari k o ‘p h ollarda favqulodda
vaziyatga tushib qoladilar, ana shunday h ollarda u larning qalbida
ro‘y berayotgan jarayonlar m uallif diqqat markazida turadi. U lam ing
q ah ram o n lari odatda halol, sofdil, b eo zor odam lar. R uh hayoti
bilan yashash, ko‘ngil buyurganini qilish, soxtalik, su n’iylikni inkor
qilish, qalbidagini yashirmaslik — F.Kafka, A.Kam yu kabi ijodkorlar
asarlarining q ah ram o n larid a ana shu jih a tla r yetakchilik qiladi.
M odem istlar shaklga alohida e ’tibor beradilar, shartli-ram ziy
iisu llarn i q o 'lla y d ila r, in so n shaxsiga k u tilm a g a n to m o n d a u
yondashadilar. Bu jihatdan, ayniqsa, avstriyalik yozuvchi F. Kafka,
fransuz adibi A. Kamyu va amerikalik U. Folkner ijodi diqqatga
sazovor.
www.ziyouz.com kutubxonasi
FRANS KAFKA
F rans Kafka XX asr m odern adabiyotining eng ajoyib va o'ziga
xos nam o yan dasid ir. U ning ijodi g 'o y a td a xilm a-xi] q arash la r va
b ah olarg a sabab b o 'lg an . A lbatta, K afka tirik lik ch o g 'id ag ig a
qaraganda o 'lim id an keyin unga qiziqish kuchli bo'lganligini ham
e ’liro f etish kerak. Ba’zan buyuk is te ’dod eg alari o 'z davrida tan
olinm asligi, tushunilm asligiga k o 'p la b m iso llar keltirish m um kin.
K afka h a m s h u n d a y ijo d k o rla r sirasig a k irad i. U M ark aziy
Y evropada o 'tg a n asrning 2 0 - 3 0 - yillarid a ju d a keng b o 'lm asa
h am m a ’lu m m a ’nod a tan ilg an edi. O 'z paytid a G esse, T .M an n ,
M uzil, Brext k ab i ta n iq li yozu v ch ilar u ning iste’d o d in i ta n olgan
edilar. B iroq K afka no m in in g ch in ak a m sh u h ra ti Ik k in ch i ja h o n
u ru sh id a n keyingi davrga to 'g 'r i keladi. C h u n k i K afka tirik ligid a
kitoblarining nashr qilinish-qilinm asligiga b e e ’tib o r qarar edi. Shu
sab ab li o 'lim id a n keyin n ash r etilg an , b a ’zilari tu g allan m ag an
«Jarayon», « Q o 'rg 'o n » , «Amerika» ro m a n la ri adabiyot olam id a
ch in ak a m voqea b o 'ld i.
U zoq davr mobaynida Kalka m erosi uning do'sti, yozuvchi Maks
Brod q o 'lid a saqlandi. Brod m arh u m yozuvchi tim solida k o 'p ro q
sa n ’atk o rn i em as, «g'oya odam ini» k o 'ra r edi. Shu sababli uni
xristian ta ’lim oti targ'ibotchisiga chiqarib qo'ygan e d i Kafka ijodini
o 'zicha n o to 'g 'ritalq in qilganiga qaramay, Brodning adabiyot oldidagi
x iz m a ti u lk a n b o 'ld i, u d o 's tin in g b a rc h a n a s h r q ilin m a g a n
qo'lyozm alarini yoqib yuborishni so'rab qoldirgan vasiyatini bajarmadi
va dunyo kitobxoni Kafka merosi bilan to 'liq tanishish imkoniyatiga
ega bo'ldi.
Kafka nom i shuhrat cho'qqisiga chiqqach, barcha uni o'zicha talqin
qilish va ulug'lashga o'tdi. Dastlab A merika da boshlangan Kalkani
yangidan tanish asta-sekin butun dunyoga yoyildi. Tanqidchilik buning
sababini yozuvchi asarlarida ko'zga tashlanadigan payg'am barona
bashoratlarda ko'radilar. Kafka hech q achon payg'am barlikka d a ’vo
qilm agan edi, biroq u dunyo taraqqiyotidagi b a’zi tam oyillarni ko'ra
bildi. Insoniyat ishongan g'oyalarning urushdan keyin puch bo'lib
chiqishi, tam addun — sivilizatsiyaning oxir-oqibatda insonni mahv
qiluvchi jihatlarini o 'z asarlarida ochib berdi.
Kafka g 'a y riin so n iy ta rtib o tla r h u k m ro n b o 'lg an duny o d an
nafratlanar edi, insonning imkoniyatlariga ishonmas edi. Ayni paytda
u inson uchun iztirob chekar, uning uchun o 'zin i javobgar deb his
qilar edi. Kafka dunyoqarashidagi qaram a-qarshilik uning asarlari
turlicha baholanishiga sabab bo'ldi. U ning ijodini diniy va modern
adabiyotning turli oqim lari aqidalari bilan izohlashga urindilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XXI
asrga kelib ham Kafka ijodiga bo'lgan qiziqish so'ngani yo'q.
Zero, bu yozuvchining kashfiyotlari zamonaviy kitobxon qalbiga ham
yo'l topa bilmoqda.
Frans Kafka 1883- yil 3- iyulda Praga shahrida tug'ilgan. Ota-onasi
yahudiy millatiga mansub edi. Onasi ruhoniylar avlodidan, otasi esa
qishloq hunarmandining o'g'li bo'lgan. Kafka shaxsining shaldlanishida
otasining o 'm i katta. Yoshligi qashshoqlikda o'tgan bu odam keksayganda
m a’lum sarmoya to'playdi va kichik fabrika egasi darajasiga yetadi.
Ruhan tamomila o'g'lining ziddi bo'lgan bu odamda endi o'ziga ishonch
hissi paydo bo'ladi va oilasidagi uch qizi ham da yolg'iz o'g 'il Fransni
o 'z hukmiga bo'ysundiradi. N ihoyatda ta ’sirchan tabiatli Frans otasiga
qalban itoat etolm aydi, biroq otasiga bo'lgan nafratga yo'g'rilgan
muhabbat, uning oldida qarzdorlik, burch hissi noroziligini tashqariga
chiqarishiga yo'l qo'ymagan. Uning hech kim daxl qila olmaydigan o'z
xayolot olamiga berkinib olishi sukutdagi isyoni ifodasi edi.
Keyinchalik «Otamga xat» (1919) asarida qalbidagi ziddiyatni to'kib
soladi (biroq uni otasiga jo'natm agan). Ushbu xat Kafka iste’dodini
shakllanishidagi ko'plab ruhiy om illam i ochib beradi.
Tadqiqotchilar Kafka dunyoqarashida ko'zga tashlanuvchi o'ziga
nisbatan ishonchsizlik, yolg'izlikka moyillik sababini shunda ko'radilar.
Frans a w a l nemis gim naziyasini tam om laydi, so'ngra huquq-
shunoslik bo'yicha oliy ta ’lim oladi, San’at tarixi va germanistikadan
ma’ruzalarga qatnashadi. 1906- yilda oldin advokatlik idorasida, so'ngra
Praga shahar sudida am aliyot o'taydi. 1907- yildan boshlab xususiy
sug'urta jam iyatida xizmat qiladi.
Shu yili ishlab chiqarishdagi shikastlanishdan sug 'urtalan ish
tashkilotiga ishga o'tadi. Kafka intizom li va halol xizm atchi, buning
ustiga doktorlik darajasiga ega edi. Biroq shunga qaramay, u um rining
oxirigacha kichik maoshli, oddiy lavozim ni egalladi. 1917- yili sil
kasali bilan og'riydi. 1922- yili nafaqaga chiqishga majbur bo'ladi.
N ihoyat 1923- yilda uning erkin adabiyotchi bo'lish orzusi amalga
oshadi va Berlinga keladi. Biroq sog'lig'i yomonlashganligi tufayli
Pragaga qaytadi. 1923- yilda Vena yaqinidagi Kirling sil kasalliklari
sanatoriysida vafot etadi.
Kafka dunyoqarashidagi o'ziga xoslik uning uslubida ham o'z aksini
topadi. Uning asarlarida fantastika va reallik g'aroyib tarzda uyg'un-
lashib ketadi «Evrilish» hikoyasining qahramoni Gregor Zamza uyqudan
uyg'onib o'zining ulkan hasharotga aylanib qolganini k o 'rad i Albatta,
bu o 'ta g'ayrioddiy holat. Biroq yozuvchi vaziyatni tezda oddiy kundalik
tashvishlar tasviri bilan alxnashtiradi. Endi g'ayrioddiy narsa insonning
odatiy hissiyot, ko'nikm alari bilan qo'shilib, kitobxonni ajablantirmay
qo'yadi. Zamzani o 'zining hasharot ekanligidan ko'ra ishga kech qolish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshlig'idan gap eshitish ko‘proq tashvishlantiradL Tanish holat. Kafka
fantastikadan voqelikka erkin ko 'chadi. Zam za tashqi tom o nd an
hasharotga aylansa ham qalban o'zgargani yo‘q. U ota-onasi va singlisi
oldida o‘zini mas’ul deb his qiladi, oila farovonligi uchun o‘zi sevmagan
kasb bilan shug'ullanishga tayyor. Biroq hasharotga aylangan o'g'il oila
uchun keraksiz. Eng yaqin kishilari boshda u sevgan, ko'nikkan barcha
narsadan m ahrum qiladilar, keyin un d an tamomila yuz o'giradilar va
nihoyat uni axlat uyumiga supurib tashlaydilar. Ushbu hikoya inson
qalbining yashirin, tuban, ayni paytda yuksak jihatlarini ochib tashlaydi.
Kafkaning «Jazo koloniyalarida» hikoyasi turli talqinlarga sabab
bo'lgan. Bu yerda ham biz odatlangan sujetni ko'rmaymiz. Hikoyada
dahshatli ixtiro — qatl mashinasi tasvirlangan. Asarda shu m ashinaning
ixtirochisi — ofitser uning ishlash jarayonini z o 'r maroq va ehtiros bilan
ta’riflab beradi, sayyoh oldida uning ishini namoyish etmoqchi bo'ladi.
Kutilmaganda m ashina ishlamay qoladi, fidoyi ofitser nomus kuchi
bilan o'zi mashinaga yotadi. Oqibatda o'zining ixtirosi ixtirochisini mahv
eta d i
Bu hikoya g'oyasini ba’zi adabiyotshunoslar Kafka 2 0 - 3 0 - yillarga
kelib fashizm, stalinizm, milliy sotsializm ko'rinishida namoyon bo'lgan
totalitar siyosatni bashorat qilishida ko'radilar. Boshqacha qarashlarga
ko 'ra Kafka bu asarida tam addunning insonni mahv etuvchi tabiatini
ko'rsatib bergan.
Kafkaning birinchi rom ani «Amerika» 1916- yilda yozib tu g atil-
gan. R om an 16 yoshli yigitchaning sarguzashtlari haqida hikoya
qiladi. Y igitchani o ta-o n asi xizm atkor ayol bilan ishqiy m uloqotlari
u c h u n P rag ad an N yu-Y orkka «surgun» qiladilar. U n ih o y atd a
b eg 'u b o r va sodda, barchaga yaxshilik qilishni istaydi. M ana shu
fazilatlari unga ko'plab ko'ngilsizliklar keltiradi. M uttaham odam lar
u n d a n foydalanadilar, q ah ram o n o 'z i istam agan h o ld a k o 'p lab
firibgarlik ishlariga aralashib qoladi. Y a’ni, u o'ziga begona b o 'lg an
boshqa olam ga tushib qoladi. R om an n isbatan real voqelikka yaqin
bo 'lsa ham (bu asarda Kafkaning boshqa asarlaridagi kabi shartlilik
yetakchilik qilm aydi) Kafka ijodiga xos b o 'lg an m u h itd an b e g o n a-
lashuv ru h i bu yerda ham hukm ron, y a ’n i m uhitdan begonalashuv
Kafka ijodiga xosdir.
1922- yili dunyo yuzini krgan «Jarayon» rom ani qahramoni Yozef
K. ustidan ketayotgan sud tasviridan iborat. Bu sud odatdagi sudlardan
larq qiladi Q ahram on o'zini nima uchun sud qilayotganlarini bilmaydi,
biroq sud qiluvchilarga so'zsiz bo'ysunadi, jarayon esa uylarning
chordoqlari va yerto'lalarida bo'lib o'tadi. Boshda mavhum kayfiyatda
sudga jalb qilingan Y ozef K. asta-sekin jarayonga chuqurroq kirib
b o rad i O 'zini nim adadir aybdor sezadi. Asar nihoyasida o'lim jazosiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
hukm qilinadi, u hukm ga so'zsiz itoat etadi, uni «itdek s o ‘yib
tashlaydilar».
Kafkaning bu asari ham turli talqin va bahslar mavzusiga aylangan.
Yozef К xarakteri har xil baholarga sabab bo'lgan. Uning sud qilinishi
va qatl etilishida inson hayotining absurdligi, oxir-oqibat halokatga
mabkumligj g'oyasi yashiringan. U jarayonga qarshi borishga ojiz,
unga bo'ysunishdan o ‘zga chorasi yo‘q.
Kafka asarlarida umidsizlik, lushkunlik ruhi hukm ron, degan
qarashlar uncha asosli emas. Inson ba’zan qanchalar ojiz va tuban
bo'lm asin, baribir, u mehrga, e ’zozga sazovor. Yozuvchining keyingi
asari «Qo'rg'on» o'quvchida nisbatan nurli taassurot qoldiradi, insonga
nisbatan um id uyg'otadi. «Q o'rg'on» qahram oni yer o'lchovchi K.
qishloqqa kelgach, sirli qo'rg'onga y o 'l izlaydi, biroq hech kim u
yerga qanday borishni bilmaydi va unga to 'g 'ri yo 'l ko'rsata olmaydi.
K. «Jarayon» qahramonidan lkrqli o'laroq faol va harakatchan, chorasiz
m uhitda h am qo'rg'onga yo'l topish um ididan voz kechmaydi.
Kafka asarla ri yagona xulosa chiqarishga im kon berm aydi,
tafakkumi uyg'oqlikka, faollikka chorlaydi, qayta-qayta o'qishga majbur
qiladi. Uning ijodi jum bog'i, sehri ham ana shunda, yangi asr kitobxoni
bu jum boqni o'zicha yechadi, kashf qiladi.
UILYAM FOLKNER
Buyuk A m erika y ozuvchisi U ilyam F o lk n e r XX a sr ja h o n
adabiyotining zabardast vakillaridandir. U qator rom anlar, hikoyalar
m ualM . Xalqaro N obel mukofotining la u re ati
Folkner m ashhur fransuz yozuvchisi Kamyu, buyuk Xeminguey
bilan zam ondosh bo'lgan. Uning hayoti va ijodi qadrdon Missisipi
shtati bilan cham barchas bog'liq. Folkner, bir necha sayohatlarini
hisobga olm aganda, sevikli go'shasida muqim yashagan, qadrdon
ildizlar uni V atanidan uzoqlashishiga yo'l qo'ymagan.
Uilyam Katbert Folkner 1897- yil 25 - sentabrda Missisipi shtatining
N yu-O lbani degan joyida, G 'a rb jam iyatining aslzodalariga kiruvchi
oilada tug'ilgan. O radan besh yil o'tgach, uning ota-onasi qo'shni
Oksford shahriga ko'chib o'tadi. Uilyam bolalikdan bobosi singari
yozuvchi bo'lishni orzu qilgan. Folknem ing katta bobosi — Klark
Folknerni oilada «keksa polkovnik* deb ataganlar. U keksa soldat
bo'lib, g'oyat ajoyib, serqirra, murakkab shaxs bo'lgan: avantyurist va
duel ishqibozi, ayni paytda rom antiktabiat ham da jiddiy siyosatchi,
g'arb konfederatlari harbiy qo'shinlarining yo'lboshchilaridan biri va
nihoyat yozuvchi. U ning «Memfisning oq atirguli» rom ani o 'z vaqtida
juda katta shuhrat qozongan va keyinchalik M argaret M itchellning
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |