Sinxronlashtirilgan majburiy transport tizimlari.
Sinxronlashtirilgan
transport tizimlari, barcha mashinalardan bir vaqtning o’zida majburiy ravishda
harakatlanuvchi qadamli tashuvchi konveerlar asosida yaratilgan (5.6-rasm).
Eng keng tarqalgan qadamli konveerlar shtangali konveyrdir (5.6- rasm.
a,
b
), unda shtangalar orqali dastgohlararo yoki aniq qadamli harakat amalga
oshiriladi.
Shtanga 1 da xrapovoy maxkamlab yetaklovchi sobachka 2 lar (5.6-rasm,
a
) o’rnatilgan bo’lib, ular sekin harakatlanadi (10 m/min dan kam), chunki yuqori
tezlikda hakakatlansa detalga ziyon etishi mumkin. Sobachka 2 lar oldinga
harakatlanayotganda detal 3 larni bir qadam oldinga suradi. Orqaga
harakatlanayotganda esa detallarni siljitmasdan ularning ostidan o’tadi.
Shtanganing tezligi 10 m/min dan yuqori bo’lganida qamrab olish 2
qo’llaniladi (5.6-rasm,
b
). Ular ikki tomondan detal 3 ni qoplashadi, shtanga ularni
kichik burchakga buradi. Bu holatda, konveer harakatlanishi uchun shtanga turgan
joyida buriladi.
149
Greyfer shtangali konveyrlar kamroq tarqalgan (5.6 – rasm, v). Ularda detal
3 lar yaqinlashuvchi rama (greyfer) 2 da joylashib, rolik 1 lar yordamida bir
qadamga suriladi va rama bilan tayanchlarga tushiriladi; rama pastga tushishi bilan
yana orqaga qaytib ketadi.
Zanjirli qadamli konveyrlar juda kam ishlatiladi (5.6 – rasm, g). Ularda
mahkamlagich 2 lar o’rnatilgan zanjir 1 bo’lib, qadamli harakat qiladi.
Bundan tashqari kamdan-kam hollarda rolikli-zanjirli konveyrlardan ham
foydalaniladi (5.6-rasm,
d
). Ularda zanjir 2 qismlarida erkin aylanuvchi rolik 1
larga ega mahkamlagichlar joylashgan, ularda esa detal 3 lar joylashadi, detallarni
to’xtash joylarida tayanchlar joylashgan. Tayanch 4 lar olinganda detallar
roliklarda harakatlanib keyingi to’xtash joyidagi tayanchga borib to’xtaydi.
150
.
5.6-rasm. Transport tizimining sinxron konveyerlari.
a – xropovoy mexanizmli shtangali qalamli ushlagich, b – shtangali qadamli
aylanuvchan ushlagich, v – qadamli greferli ushlagich, g – qadamli zanjirli,
d – qadamli zanjir-rolikli
Yuklash qurilmalari sifatida manipulyatorlar ham ishlatiladi. Ulardan to’liq
avtomatik tarzda foydalanganda yaxshi samara beradi. raqamli dastur bilan
boshqariladigan manipulyatorlarni uch turi mavjud:
a)
Elektr yuritmali manipulyatorlarda qadamli elektrodvigatellar yoki
servodvigatellar qo’llanilib, mexaniq uzatmalar orqali ish bajaradi. Ularning
151
afzalligi detal hajmi, o’lchamlari va og’irligidan qat’iynazar yuqori tezliklarda
ishlashi mumkin.
b) Gidravlik yuritmali manipulyatorlarda gidrosilindlar, turbinalar, porshenli
gidromotorlar ishlatiladi: ularning afzalligi gabarit o’lchamlari kichik, g’osil
qiladigan kuchi esa katta bo’lganligidir.
v) Pnevmatik yuritmali manipulyatorlarda pnevmosilindrlar, turli pnevmomatorlar
ishlatiladi: ularning afzalligi soddaligi, tez ishlashidir.
Sinxron, yo’ldoshsiz, tarmoqsiz transport tizimilari tana ko’rinishidagi detal
1 larni dastgoh 2 dan dastgoh 3 ga operatsiyalararo tashishda ishlatiladi. (5.7-
rasm). Qadamli vonveyrda shtanga 5 bilan prujinali sobachka 4 detallarni bir
qadamga surib beradi. Shtangaga gidrosilindr 6 yordamida harakat uzatiladi (5.7-
rasm).
Avtomobil oynalarini ishlab chiqarish jarayonida tashish vositalari sifatida
rolikli konveyrlar, tishli tasmali konveyrlar va detallarni vakuumli mahkamlash
qurilmalari orqali ko’taradigan manipulyatorlar ishlatiladi. Manipulyatorlar
detallarni vakuumli mahkamlashga asoslangan bo’lsada harakatlanish uchun elektr
Yuritmalardan foydalanib ishlaydi. Elektr yuritma va vakuumli mahkamlashni
birgalikda ishlatilishiga sabab: oyna mo’rt material bo’lganligi uchun qisish
kuchinga bardosh bera olmaydi, shuning uchun vakuumli mahkamlash kuchidan
foydalaniladi; oynalarni tashish yo’li uzun bo’lganligi uchun pnevmatik
yuritmalardan foydalanishning imkoni yo’q.
152
5.7-rasm. Tana ko’rinishidagi detallar uchun sinxronli yo’ldoshsiz
sekin o’tuvchi tarmoqsiz transport tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |