Sh. N. Fayzimatov


Transport tizimlarining tasnifi



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/92
Sana09.03.2022
Hajmi8,74 Mb.
#486849
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Bog'liq
Avtomatika va ishlab chiqarish

Transport tizimlarining tasnifi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida texnologik 
jarayonlarni bajarida ishlov beriladigan detallarni birin-ketinlik bilan uzatishi 
oqimi, ularga birin-ketinlik ishlov berishi oqimli ishlab chiqarish deyiladi. Bunday 
holatda dastgohlar texnologik jarayonlar asosida birin-ketinlik bilan o’rnatilgan 
bo’ladi va ularni oqimli liniya deyiladi. Har bir texnologik jarayonni bajarilishida 
detallar dastgohdan dastgohga hamda ishlov berish jarayonida yuklash, tashish, 
olish ishlari avtomatlashtirilgan oqimli liniyalarda qo’l yordamida yoki telejkalar, 
tel’ferlar, osma kranlardan foydalanib olib boriladi. Avtomatik liniyalarda 
avtomatlashtirilgan transport tizimlari yordamida olib boriladi.
Avtomatik liniyalarning transport tizimi deb dastgohdan dastgohga ishlov 
beriladigan detallarni texnoloogik jarayonlar asosida uzatish, yuklash, olish 
ishlarini bajaruvchi kompleks avtomatlashtirilgan qurilmalarga aytiladi. Avtomatik 
liniyalarning transport tizimlari ikki guruhga bo’linadi: jipslashgan moslanuvchan. 
Jipslashgan transport tizimlari ishlov beriladigan detallarni dastgohlararo uzatish 
birdaniga qattiq me’yorni ushlagan holda olib boriladi. Moslanuvchan transport 
tizimlari ishlov beriladigan detallarni dastgohlararo uzatishda bir vaqtda emas, 
ishlov berish tugatilganda to’plagichlardan foydalanilgan holda liniya’ni 
moslanuvchanligi saqlagan holda olib boriladi, ya’ni liniyadagi dastgohlar bir 


153 
biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydilar. Avtomatik liniyalarning transport 
tizimlarini tasnifi mavjud. Chap tomonga jipslashgan, o’ng tomonga moslanuvchan 
transport tizimlari keltirilgan. Jipslashgan liniyalardagi 1, 2, 3 dastgohlar 
konveyerlar bilan bog’langan. 
Detallarni orientasiyalangan holatda lotoklarda to’xtamay harakatlanish 
hususiyatiga o’tuvchanlik deyiladi. O’tuvchanlik asosan detal va lotok 
o’lchamlariga, lotok yuza tekisligini rel’efi va detal massasi, ishqalanish 
koeffisientiga, molekulyar va magnitli tortilishiga, atmosfera bosimiga, detalni 
og’irlik markazda joylashishi, detal va lotokni yuza qatlamini ifloslanishi 
(chiqindi, yog’-moy, empul’siya va boshqalar). Transport tizimini tanlashda 
texnolog yuqorida qayd etilgan holatlarni barchasini hisobga olishi kerak, chunki 
ayrim holatlarda o’z og’irligi natijasida harakatlanadigan transport tizimlaridagi 
detallarni lotok o’lchamlari bilan bir biriga mos kelmasligi natijasida texnologik 
jarayonni bajarishni ilojisi bo’lmaydi. Quyida detallarni o’tuvchanligi boshlang’ich 
holatida o’z og’irligi bilan haraktlanuvchi lotokli transport tizimining sozlashda 
inobatga olish zarur. 
Lotokda detallarni sirpanishi va yurishida (5.8-rasm) A tirqish natijasida 
burchak φ ga burilishi mumkin va ingichka chiziqda ko’rstilgandek burchak γ 
holatini egallaydi (5.8-rasm, 
a
). Ishqalanish burchagini katta yoki kichik holatida 
detal tiqilishi yoki orietasiya holatini yo’qotishi mumkin (5.8-rasm, 
b
). 
5.8-rasm. Lotokda detallarning harakatlanishi. 


154 
Detallarning tores qismi 
rasiusga ega bo’lsa, har qanday tirqichda 
ham lotokni yon devori tomonidan orietasiya qilinmaydi. Bunga uzunligi 
ko’ndalang kesimga nisbatan 3,5 barobar katta detallarga ham tegishli bo’ladi. 
Bunday detallarni bir-biri bilan jipslashgan holda yaxlit potok holatda 
harakatlantirish yoki ularni o’qi bo’ylab yoki majburlab transportirovkva qilish 
usulidan foydalanish mumkin. 
Detallarni lotoklarda yaxshi harakatlanishi uchun zagotovkalar va 
yarimfabrikatlar uchun lotok devori bilan detal orasida A tirqishlarni to’g’ri 
belgilab berish zarur. Lotok o’lchamlari (eni V bo’yicha) va detallarga har hil 
bosqichda ishlov berish (uzunligi L bo’yicha) da lotok devori va detal orasida 
ruxsat etilgan A tirqish bilan chegaralangan bo’lishi kerak.

Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish