Sh. N. Fayzimatov


IV guruh. Agregat dastgohlar



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/92
Sana09.03.2022
Hajmi8,74 Mb.
#486849
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
Avtomatika va ishlab chiqarish

IV guruh. Agregat dastgohlar. 
Agregat dastgoh
– o’zaro kinematik bog’lanmagan uzellar (agregatlar) dan 
qurilgan maxsus metall kesish dastgohi. Agregat dastgohlar stanina, unga 
o’rnatilgan va keskichlarni harakatga keltiradigan bir necha kuch kallagi, 
ishlanadigan detal mahkamlanuvchi stol va yordamchi (sovitish, moylash va 
boshqalar) agregatlardan iborat. 
Kuch uzatmalari alohida yuritmaga ega, ular harakatining o’zaro bog’liqligi 
va ketma-ketligi yagona boshqarish tizimidan ta’minlanadi. Ishlov beriladigan 
asbob qo’zg’almaydigan, kesuvchi asbob esa harakatlanadigan mexaniq ishlov 
berishda agregat dastgohi keng tarqalgan. Bunda detalga bir vaqtning o’zida bir 
necha asboblar bilan mexaniq ishlov berish mumkin. Agregat dastgohlardan 
asosan, ko’plab mahsulot ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonalardagi 
avtomatik yoki oddiy potok liniyalarida foydalaniladi. 
Agregat dastgohlar murakkab konstruksiyali va og’ir mehnat talab 
qiladigan dvigatel,silindrlar bloki, nasoslar korpusi va boshqadetallarga ishlov 
berish maqsadida yalpi, katta va o’rta seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori 
unumdorlikni ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. 


89 
Agregat 
dastgohlar 
asosan 
teshiklarga 
(parmalash, 
zenkerlash, 
razvyortkalash, yo’nish, rezba ochish, faskalarni ochish va boshqalar) kompleks 
ishlov berish uchun mo’ljallangan, lekin tekisliklarni, shponka ariqchalarini 
frezalash, tashqi rezba ochish, sterjen chetlarini yo’nish, tashqi faskalarni ochish va 
h. lar uchun ham qo’llash mumkin. 
Agregat dastgohlarda Yuqori unumdorlik bir vaqtning o’zida bir necha 
o’tishlarni bajarish, bir qancha shpindel va ko’p tomonlama ishlov berish orqali 
erishiladi. Ko’pgina hollarda agregat dastgohlar yarim avtomatlar sifatida ishlaydi. 
Bir nechta agregat dastgohlarni avtomatik Yuklash qurilmalarini qo’llash orqali 
yagona avtomatik liniyaga birlashtirish mumkin. Oxirgi yillarda agregat 
dastgohlarni dasturli qurilmalar bilan jihozlanish boshlandi. Agregat dastgohlarni 
ekspluatasiya qilishda ularning foydalanilish koeffisienti maxsus dastgohlarnikidan 
yuqori va u 0,85-0,95 ga teng. Maxsus dastgohlar uchun u odatda 0,6-0,8 ni tashkil 
qiladi. 
Agregat dastgohlardan foydalanilayotganda detal konstruksiyasining 
texnologikligi bo’yicha maxsus talablar qo’yiladi. 
Detal konstruksiyasini tahlil qilishda quyidagilarni tekshirish maslahat 
beriladi: 

ishlov beriladigan yuzalar kesuvchi asbob o’qi bo’ylab o’tish harakatini amalga 
oshirilishi; 

detal konstruksiyasidagi ishlov beriluvchi yuzalarning bir o’qda yotishi; 

barcha yuzalariga bir o’rnatishda ishlov berish imkoniyati; 

teshiklar orasidagi masofa va o’zaro joylashuvini hisobga olgan holda bir 
vaqtning o’zida bir necha shpindel yordamida teshiklarga ishlov berish; 

ishlov berish yuzalariga asbobning bemalol kirish imkoniyati; 

zagotovka bikirligining ozligi sababli kesish maromlari chegarallanmaganligi; 

zagotovka bazasida ishonchli bazalarning mavjudligi; 

katta diametrli ichki rezbani boshqa konstruktiv element bilan almashtirish 
imkoniyati; 

detal konstruksiyasida yopiq turdagi shponka ariqchalarining mavjudligi. 


90 
Bunday ariqchalarga ishlov berish barmoq freza orqali amalga oshiriladi, 
bu esa dastgoh ishchi organlarining kinematik harakatini murakkablashtiradi va 
ishlov berish vaqtini ko’paytiradi. Ariqchalar imkon qadar ochiq turda bo’lishi 
kerak, bu dastgohining oddiy kinematikasini talab qiladigan diskli freza orqali 
ishlov berish imkonini beradi. 
Agregat dastgohlarda detallarga ishlov berish jarayonlarini qurishning 
o’ziga xos hususiyatlari mavjud. Avvalo detallarga ishlov berish umumiy xomaki 
texnologik marshruti tayyorlanadi. So’ngra agregat dastgohlarda bajariladigan 
jarayonlar, agregat dastgohning to’zi lishi aniqlanadi, zarur asbob va moslama 
tanlanadi 
yoki 
loyihalanadi, 
kesish 
maromlari 
hisoblanadi, 
jarayonlar 
me’yorlashtiriladi va sozlash sxemalari to’zi ladi. 
Jarayonlar loyihalanayotganida ishlov berish zichligini oshirishga harakat 
qilish zarur. Ammo ko’p sondagi asboblardan foydalanish asbobni almashtirish va 
uni sozlashga sarflanadigan vaqt sababli unumdorlik tushib ketadi. Dastgohning 
tashqarisida asbobni o’rnatish, smenalar orasida o’tmaslashgan asbobni 
almashtirish orqali naladkada ko’proq sondagi asbobdan foydalanish imkonini 
beradi. 
Bir ishchi yurish orqali ishlov berilayotgan yuzada talab etilgan sifat va 
aniqlik ta’minlanmasa, u holda qora va toza ishlov berishga to’g’ri keladi. Bunda 
turli qora va toza ishlov berishlarni bir o’tishga birlashtirmaslik zarur. Bunday 
o’tishlarni birlashtirish texnologik tizimda titrashni yuzaga keltirishi mumkin, bu 
esa ishlov berish yuzalarining va ishlov berish sifatini tushirib Yuboradi. 
Agregat dastgohlar komponovkasi detalning ishchi kallaqlar, uzatish 
qurilmalari konstruksiyasi, boshqarish va uzatma qurilmalarning joylashuviga 
nisbatan dastgohdagi o’rnashgan joyiga bog’liq. Agregat dastgoh komponovkasini 
tanlash ko’pgina omillarga: ishlab chiqarish xajmi, detalning konstruksiyasi va 
o’lchamlari, uni tayyorlash uchun texnik talablarga bog’liq bo’ladi. Agregat 
dastgohlarning komponovkasi tarkibi ishlov berish turiga ko’ra parallel, ketma - 
ket, parallel ketma - ket bo’lishi mumkin. 


91 
Agregat dastgohlar kuch mexanizmlarining o’tish harakatlari yo’nalishiga 
mos ravishda vertikal, gorizontal va aralash qilib tayyorlanadi. Agregat 
dastgohining ishchi zonasidagi ishlov berilayotgan detal qo’zg’almas va bir 
pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga ko’chishi mumkin. 
Agregat dastgohlarining kuch organlari quyidagi tartibda tanlanadi: 
1.
o’tishlar kuchining yig’indisi orqali kuch stoli tanlanadi; 
2.
kesish quvvati va asbobni aylanish tezligi samaradorligini ta’minlash orqali 
kesish jarayonlarini amalga oshirish uchun kuch babkasi tanlanadi; 
3.
talab etilgan sondagi o’tishga bog’liq ravishda uzatish qurilmasi - baraban, 
aylanma stol, moslamani qotirish uchun harakasiz planshayba tanlanadi. 
Planshaybani tanlash detalni qisish qurilmasining gabarit o’lchamlarini 
hisoblangandan so’ng amalga oshiriladi. 
Bu dastgohlarni o’ziga xos hususiyati unifikasiyalangan mexanizm va 
qismlardan kompanovka qilinadi. 
Agregat dastgohlar asosan parametrlash, rezba kesish, kengaytirish va 
chuqurchalash, tekisliklarni frezerlash operatsiyalarida qo’llaniladi. Ko’p xollarda 
ishlov jarayonida qo’zg’almas bo’lgan tana ko’rinishidagi detallarga ishlov 
beriladi. 
Unifikasiyalangan 
mexanizm 
va 
qismlarni 
qo’llanishi, 
har 
xil 
kompanovkadagi agregat dastgohlar va ular asosida avtomat liniyalar (juda oz 
miqdordagi original elementlar qo’llanilgan holda) tashkil qilinishiga olib keladi. 
Yuqorida keltirilgan to’rt guruh metal kesish dastgohlar avtomatlashtirishni 
birinchi bosqichi - ishchi siklni avtomatlashni tashkil qiladi. 


92 
2.6-rasm. Agregat dastgohlar kompanovkasi 

Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish