Sh. N. Fayzimatov



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/92
Sana02.06.2023
Hajmi5,06 Kb.
#948277
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
Sh. N. Fayzimatov

1,
magazin 
2,
parchin mixning 
diametrini tekshiradigan o’lchash qurilmasi 
3,
parchin mixning uzunligini 
tekshiradigan o’lchash qurilmasi 
4
va buyumlarni ikki gruppaga ajratuvchi saralash 
qurilmasi 
5. 
8.14-rasm. Avtomatik tekshirish sxemalari: 
1-detal; 2-o’lchash uchligi; 3-o’zgartkich; 4-schyotChik; 5-signalizasiya; 
6
-
oraliq zveno; 7-ijrochi mexanizm 
Ishlangan detallarni avtomatik tekshiradigan qurilmalar odatda stanok 
yaqiniga qo’yiladi. Bu qurilmalar tekshirish opera- siyalarini va qator boshqa 


228 
ishlarni bajaradi. Operatsiyadan keyingi tekshiruv tekshirish qurilmasiga 
sovituvchi suyuqlik, titrash, stanokning elastik va temperatura deformatsiyalari 
ta’sir qilmaydigan sharoitda o’tkaziladi. 
O’lchanadigan impulsni o’zgartiradigan elektr kontaktli o’zgartkichi bor 
tekshirish avtomati (8.15-rasm) quyidagicha ishlaydi. 
Surgich 
14
tekshirilayotgan detal 
10
ni bunker 
15
novidan birlamchi 
o’zgartkich 
1
ning o’lchash uchligi ostiga keltiradi va to detal tinchib, 
tekshirilgunga qadar shu holatda tutib turadi. Tekshirish tugashi oldidan uzgich 
tutashib o’zgartkichni elektron blok 
3
ga ulaydi. 
8.15-rasm. Tekshirish-saralash avtomatining sxemasi. 
8.16-rasm. Elektr kontaktli o’zgartgichi bor tekshirish avtomatining sxemasi. 


229 
Agar detalning o’lchamlari yo’l qo’yilgan kattalikda bo’lsa, u holda 
birlamchi o’zgartkich 
1
ning kontaktli richagi kontaktlar 

ga tegmasdan o’rta 
vaziyatni egallaydi. Zaslonkalar 
8
va 
10
yopila- di. Surgnch 
14 
detal 
13
ni nov 
12
ga surib tushiradi va u berk zaslonkalarda dumalab tayyor mahsulotlarga 
mo’ljallangan ochiq yashik 
4
ga tushadi. 
Agar detalning o’lchami yo’l qo’yilgan eng katta o’lchamdan katta bo’lsa, 
yuqorigi kontakt ishlab ketadi, shunda elektromagnit 
9
ham ishga tushib zaslonka 
10
ni ochadi (brak «+»). Agar detalning o’lchami, sxemada ko’rsatilgandek, 
keragidan kichik bo’lsa, pastki kontakt ishga tushadi, elektromagnit 
6
yakorni 
tushiradi, prujina: 
5
zaslonka 
8
ni burib brak («-») detal tushadigan yashik 
7
ning 
teshigini ochadi. 
Aktiv tekshirish usuli eng ilg’or usuldir. Aktiv tekshirish; usullaridan 
foydalanilganda stanok avtomatik rostlash sistemasiga aylanib, odamni tekshirish 
ishlaridan ozod qiladi, ishlanayotgan detallar o’lchamlarining zarur aniqlikda 
chiqishini ta’minlaydi. 
Detal o’lchamlarining aniqligi bevosita yoki bilvosita analiz qilinishi 
mumkin. Birinchi holda detalning o’zi tekshiriladi, ikkinchi holda esa asbob yoki 
stanok ish organlarining holati tekshiriladi. Aktiv tekshirishni detalga ishlov 
berilmasdan avval, ishlov berayotgan paytda va ishlov berib bo’lgandan keyin 
o’tkazish mumkin. 
Detallarni ishlashdan oldin tekshirish qurilmalari himoya-blokirovkalash 
qurilmalariga kiradi (8.17-rasm, 
a).
Bu qurilmalar ishlash uchun keltirilayotgan 
detallar 
2
ni tekshirishga imkon» beradi; shunday qilinganda kesuvchi asbob 
4
yoki stanok 
5
mexanizmlari sinishining oldi olinadi. Bu qurilma birlamchi 
o’zgartkif 
1
ni boshqaruvchi mexanizm 
3
yordamida yaroqli zagotovkalar 
6
ni 
stanokka o’tkazib Yuboradi va yaroqsiz zagotovka 7 (brak «+») yoki 
8
ni (brak «-
») stanokka o’tkazmaydi yoxud uni to’xtatib qo’yadi. Bunday qurilmalar ba’zan 
o’lchash zaslonkalari deb yuritiladi. 
Ishlov berish jarayonida avtomatik tekshiruvchi qurilma (8.17-rasm, 
b) 
detal 
o’lchamining o’zgarishini unga ishlov berish jarayonida birlamchi o’zgartkich 
4


230 
bilan tekshiradi. Birlamchi o’zgartkich uch kontaktli skoba 
5
ga o’rnatilgan. 
Qo’yim olib tashlangach, o’zgartkich 
4
kuchaytirgich 
1
orqali stanokning ijrochi 
qurilmasi 7 ga. ishlov berish rejimini o’zgartirish, ya’ni xomaki jilvirlashdan 
tozalab jilvirlash, keyin esa o’lchamiga yetkazish rejimiga o’tish haqida komanda 
beradi. Detal 
6
ning o’lchami belgilangan qiymatga yetganda stanok avtomatik 
tarzda ishdan to’xtaydi. Ishlov berayotganda signal lampalari 
3
yongan vaqtda 
pribor 
2
ning ko’rsatgichlariga qarab detal 
6
ning o’lchamlarini bilib olish 
mumkin. 
8.17-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari:
 
a
— himoya-blokirovkalash qurilmasi; 
b
— ishlov berish jarayonida tekshirish 
qurilmasi; v — ishlov berilib bo’lgandan so’ng tekshirish qurilmasi; 
g —
o’zi 
sozlanadigan qurilma. 
Detallarga ishlov berilib bo’lgandan so’ng ularning o’lchamlarini avtomatik 
tekshiruvchi qurilmalar (8.17-rasm, 
v)
ishlov berilgan har bir detalning 
o’lchamlarini o’zgartkich 
1
vositasida tekshiradi hamda tekshirish natijalari 


231 
asosida stanokning qo’shimcha sozlash mexanizmlariga ta’sir yetadi yoxud 
yaroqsiz detal 
3
(brak « + ») yoki 
4
(brak «—») paydo bo’lganda stanokni 
to’xtatadi. Yaroqli detallar 
2,
masalan, yig’ish joyiga keladi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday qurilmalar qo’shimcha sozlovchi 
qurilmalar (sozlagichlar) deb yuritiladi. 
Qo’shimcha sozlagichlar ishlov berilgan detallarnigina emas, balki asbob 
kesuvchi hirrasining, jilvirtosh kesuvchi sirtining holatini ham tekshirishi mumkin. 
Qo’shimcha sozlagichlar jilvirlash stanoklaridan tashqari, tokarlik, tish kesish va 
boshqa stanoklarda ham keng ishlatiladi. 
Ishlov berish jarayonida ho’shimcha sozlash bilan birga tekshirish ishlarini 
ham bajaradigan avtomatik yordamchi sozlagichlar (8.17-rasm, 
g)
ahamiyatga 
molikdir. O’zgartkich 
1
ishlov berish jarayonida detallar 
2
o’lchamlarini avtomatik 
ravishda tekshiradi, o’zgartkich 
3
esa ishlov berilgan detal 
4
ning o’lchamlarini 
haytadan tekshiradi va shu tarzda birinchi o’zgartkichning ishini tekshiradi va 
zarur bo’lsa, uni qo’shimcha sozlaydi. 
Avtomat liniyalarda passiv va aktiv tekshirish qurilmalari ishlatiladi. Hozirgi 
paytda buyumlarni berilgan dastur bo’yicha tekshirish tobora keng qo’llanilmoqda. 
Ichi bo’sh silindr, yarimsfera, konus tipidagi detallarni, sirti egri chiziqli 
detallarni, shuningdek teshiklar, chiqiqlar va o’yiqlar oralig’ini tekshirish uchun 
koordinata o’lchash mashinalaridan foydalaniladi. Bu mashinalarda har bir 
koordinata fotoelektrik qurilmalar yordamida o’lchanadi va o’lchash golovkalari 
berilgan dastur bo’yicha avtomatik ravishda. suriladi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish