16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
239
Estetik his-tuyg‘u,
eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi.
Estetik orzu
esa
go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did
bo‘lsa ko‘p jihatdan
shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xunuklik sifatida idrok etishida namoyon
bo‘ladi.
Estetik qarashlar
go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi.
a) Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida
fikr yuritish va uni bayon
qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayondir. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan
narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin.
Go‘zallikning tabiati va mohiyati haqida juda ko‘p fikr-mulo-hazalarning mavjudligi uning
murakkabligi, ko‘p qirraligidadir. Ilmiy tushunchalar tizimida ham go‘zallik muammosini
tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur.
Qadimgi yunon faylasufi Platon bu muammoni ilk bor «Nima go‘zal?» va «Go‘zallik
nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi
bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan
abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi.
Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida anglash
mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom ettirildi.
Gegel
fikricha, mutlaq ruh–g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir, san’at go‘zallikning asl
makonidir, go‘zallik bu aniq turdagi hodisalar kamolotining namunasidir, ya’ni go‘zallik
mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar
to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar
mujassamlashgan tarzda ko‘rinsa”. Ingliz faylasufi D. YUm fikricha, go‘zallik
narsalar sifatini
bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi darajasida amal qiladi; ya’ni har bir
inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni ko‘radi. Bu ta’limotlarda go‘zallikning
ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi.
Ikkinchi yo‘nalish: Qadimgi yunon mutafakkiri Aristoteldan boshlanadi. Aristotel
go‘zallikni real voqelik in’ikosi sifatida talqin etadi. U go‘zallikni moddiy olamning moslik,
aniqlik,
hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdoriy va makonli tavsiflari bilan bog‘lab
mushohada qiladi.
Aristotel fikriga ko‘ra, go‘zallik zaminida inson va narsalarning bir-biriga muvofiqligi,
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa
go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal
bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi yo‘qolib
ketadi», - deb uqtiradi. Go‘zallik muayyan mezon – o‘lchov ko‘rinishdagina namoyon bo‘ladi.
Uning fikricha, go‘zallik sifatiga
nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, sahovat,
donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi.
Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini
ishlab chiqish, ularni san’at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar bo‘lgan. Masalan, Didro
go‘zallikning
ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib,
go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Go‘zallik
– bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir
o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik,
zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy
ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u avvalo,
insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi.
b) Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik
ijtimoiy hayot
go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin