16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
235
SHunday qilib, estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy
ijod jarayonlari uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda,
estetika – bu nafosat olami, san’ati va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezgiidrok
vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.
2. Estetika” haqidagi qarashlar tarixi
Dastlabki estetik qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar falsafa fani bag‘rida vujudga keladi va
rivojlanadi. Falsafiy ta’limotlar estetik qarashlarning u yoki bu ko‘rinishda bo‘lishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatdi.
Estetik g‘oyalar qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bu mamlakatlar xalqlaridan
qolgan ma’naviy-madaniy meros shunday xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. Masalan, Urxun-
Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari, me’moriy
obidalar bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Misrda fir’avn
Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan
oltin tanalar, skiflar oltin buyumlari, Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati
qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at
asarlari buning yaqqol isbotidir.
Estetik qarashlar bizning vatanimizda ham qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan.
Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Axura Mazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning
bajaradigan vazifalari orqali ifodalangan Quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib,
zulmat xudosi Axriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa,
obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon
bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt, tole va davlat
ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya solsa,
o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi axloqiylik
bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida
Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari Sharq
badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni ishlab chiqdilar.
Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari o‘zlarining raqamlar
haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat asoslari, ya’ni “xilma-
xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi haqidagi qarash va
g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, nafosat
hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb
ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi
(simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid
qilishdir, deb hisoblaydi, u.
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki
kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |