Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
240 
barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni go‘zallik 
tushunchasi bilan ifodalaymiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, 
ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivojlanishiga
unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar 
ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt ham 
tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat 
hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib 
ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda 
rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni 
bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z 
diqqate’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga) 
qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi, 
insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi 
ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon 
bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik 
ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish 
qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish» 
nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida 
qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur 
kirib bormoqda.
v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi 
go‘zallikni tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning 
mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib, xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish 
sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga rioya 
qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik 
san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi.
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi 
ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni 
hamma erda ko‘ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning barcha 
estetik qirralari va sifatlarini qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni tasvirlayotganida 
ham go‘zallikni tark etmaydi.
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Yevropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at 
aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi 
kerak, deb qaragan edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar. 
Jahon san’ati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin 
san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab 
qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va 
sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama tasvirlandi. Oddiy odamlar hayotining 
badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi.
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa. 
Chernishevskiy voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi 
go‘zallik birlamchi, san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa, 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish