8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
122
Hayotni tark etish bosqichlari.
Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga mahkumdir.
Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,o‘z muxoliflaridan birining: «O‘ttiz
tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa, o‘limga tabiat hukm etgan», deb
javob bergan. Ammo,odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir. Hozirgi
zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz
beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar
sabab bo‘ladi. Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa, 45 yoshdan keyin insonda har kuni u
tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n minglab nerv
hujayra (neyron)lari halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday hujayralar soni 40
milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab
bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom
etadi»
37
. Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini olib qochib, jamiyatdan
uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan
ijtimoiy o‘lim
yuz berganida boshlanadi. Surunkali giyohvand
moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichki likbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy
o‘limni bildiradi. So‘ngra
ruhiy
o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning
muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi.
Miya
o‘lishi
bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish
barham topadi. Bu jarayon
fiziologik o‘lim
bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm
sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.
Suitsid
(lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish,
odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni fransuz
sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini kutayotgan
natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi
bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr
etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim mavjud
statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega
xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi munosabatlarda
inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali echishni istamagan
muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan bog‘liq tashvish
mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom etadigan kasallik,
ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal
harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz:
▘
Namoyishkorana (demonstrativ)
▘
Affektli
▘
Haqiqiy
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd qilishning
bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan boshqalarda
qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh bo‘lish), og‘ir
gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik atrofdagilar
ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta aspirin va
paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir yigit bilan
do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu tarzdagi
hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonamakasalxona
yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan xarakterlanadigan xulq–
atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida bo‘lishi
mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa ham.
37
Годфруа Ж. Что такое психология. Т. 2. –М.: 1996 г. с. 11.
Do'stlaringiz bilan baham: |