Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
119
etishga qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning 
mohiyati er yuzini saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali 
ifodalanadi»
36
. Zardushtiylik ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos 
ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va 
havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning 
ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni 
Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy 
(216-277) qarashlari Zardo‘sht qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini 
yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib 
qiluvchi ushbu kitobdagi ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurashni yangicha davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot 
mazdakiylik edi. Mazdak ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum 
bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan 
g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi 
markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, 
ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. 
U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. 
Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga 
intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil 
topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning 
ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu 
savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7
A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, 
Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo 
Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki 
yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida 
hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih 
hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni 
shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta 
fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi 
Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan 
foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini o‘rgandi va 
uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai nazaridan 
tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan urfodatlari, rasm-
rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga moslashtirishda beqiyos 
ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi. Ayniqsa, 
inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda 
odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm 
izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan 
mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir, 
deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan 
bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, 
fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, 
«abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: 
hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. 
Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday 
36
Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157. 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish