7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
107
texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy
oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda
o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi.
Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz
oshirish talablari shakllanadi.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun
asos qilib olib,
quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: – ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki
ibtidoiy jamoa);
–
qishloq xo‘jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi;
–
industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya;
–
hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya.
Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari.
«Madaniyat» atamasi arabcha – «madina»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki
turga ajratib, birini – badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini – madaniy turmush, deb ataganlar.
Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi
shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda
madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha
ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik
qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda
madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa,
din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida,
ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat
tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri
faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida
qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik
tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat
oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga
bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni
saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan
sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz
kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining
mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |