Sh. Madayev., M. Kasimova


Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi. 
XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan 
bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar 
jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer 
yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi bir 
millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir 
shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan 
to‘liqsiz jamiyat
25
. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi 
shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar 
25
Farobiy. Fozil shahar aholisi. –Т.: «Шарқ», 2016 y. 82–83-b.
2
O’sha asar : 69-б. 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
105 
insonni takomillashtirishga qobil emaslar»
2
. Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning 
jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. 
Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir 
deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar 
insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb 
ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori 
qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir 
deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. 
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy 
tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash 
mumkin:

u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi, 
jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi;

u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;

unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga 
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;

mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan 
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;

uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot 
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda 
qabul qilishga haqlidirlar;

individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash 
va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa 
joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;

bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita 
ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar;

davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan 
saylanadi;

hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning 
umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy 
davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs 
erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar 
bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
 
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura 
va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang 
manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun 
ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. 
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini 
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. 
Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi 
hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz 
sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar 
to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga 
bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan 
amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok 
etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish