Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Download 22,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana08.07.2022
Hajmi22,32 Mb.
#757513
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

(Qarang: Keynsancha iqtisodiy nazariya, Keyns D.).
MAKROIQTISODIY TAHLIL - makroiqtisodiy tahlilda jamiyat miqyosida
yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning kechishi harakati tahlil 
etiladi. Makroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotda o'ziga xos bo'lgan 
faoliyat ko'rsatish va rivojlanish qonuniyatlariga ega bo'lgan 
xususiy, davlat va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarni ishsizlik, 
inflyatsiya, moliya-kredit tizimi, iqtisodiy o'sish kabi muammolari 
bitta turkum sifatida olib o'rganiladi.
MAKROIQTISODIYOT (grek. “macros” - katta va iqtisodiyot ma’nosini
bildiradi) - u davlat iqtisodiyotiga bog'liq bolib, iqtisodiy voqelikva 
jarayonni o'rganadi. Asosiy maqsadi va muammolari quyidagi asosiy 
yo'nalishlarni qamrab oladi: yuqori darajada ijtimoiy mahsulot 
o'sishi, ish bilan bandlikni yuqori darajada ta’minlash, narxlarni 
muvofiq darajada bo'lish, eksport va importni muvofiqlashtirish. 
Makroiqtisodiyotning o'rganuvchi obyekti hamma xo'jaliklar 
bo'yicha umumlashgan ko'rsatkichlar, jumladan, milliy boylik, yalpi 
milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, umumlashgan 
davlat va xususiy investitsiyalar, umumiy pul miqdori va ularning 
aylanishi hisoblanadi. Shu bilan birga, makroiqtisodiyot mamlakat 
miqyosida o'rtacha daromad, o'rtacha ish haqi, inflyatsiya darajasi,
255


ishsizlik, ish bilan ta’minlanganlik, mehnat unumdorligini ham 
o'rganadi. Makroiqtisodiyotning predmeti mamlakat iqtisodiyotini 
tavsiflovchi umumlashgan iqtisodiy o'sish, uning ko'payishi yoki 
kamayishi, iqtisodiy jarayonlar va ularning tarkibiy nisbatlari 
hisoblanadi.
MAKRO-MARKETING - mamlakatning jami xo'jaligi miqyosida mahsulotlarni
yaratish va uning pirovard iste’molchiga tomon harakati jarayonida 
qatnashadigan faoliyat va muassasalarni birlashtiradigan tizim.
MAKROMOLIYA - davlat, mamlakat miqyosidagi moliya aloqalaridan iborat.
MAKROMUHIT - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan
mikromuhitga tasir ko'rsatuvchi kuchlarga qaraganda keng 
ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, 
siyosiy va madaniy omillar.
MAKRO-TALAB - talabning nisbatan katta miqyosda, yirik hajm, keng ko'lam,
ko'p tovarlar bo'yicha yaxlit ko'rinishi.
MAKSIMAL NARX - aniq tovar narxining eng yuqori chegarasi.
MALAKA - shaxsning o'zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi
yangiliklar bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish 
qobiliyatidir.
MALAKA 
AMALIYOTI 
-
o'quv 
jarayonining 
nazariy 
bilimlarni
mustahkamlash, amaliyko'nikma, o'quvrejalari vafan dasturlarining 
ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo'yicha materiallar to'plash 
uchun o'tkaziladigan bir qismi.
MALAKA TALABLARI - uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining
umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo'yiladigan talablar.
MALTUS 
TOMAS 
ROBERT 
(1766-1834) 
-
ingliz 
iqtisodchisi,
“Nufus nazariyasi”, “Tuproq unumdorligining pasayib borishi 
qonuni” asarlari muallifi. Uningcha, aholi geometrik, noz- 
ne’matlar esa arifmetik progressiya asosida o'sib boradi. Oqibatda 
qashshoqlikning sababi aholi soniga bog'liq deb ko'rsatiladi. Maltus 
aholi sonining o'sishini cheklash tarafdori bo'lgan.
MAMLAKAT IQTISODIYOTINING RAQOBATBARDOSHLILIGI -
mamlakatning o'rta va uzoq muddatga iqtisodiy o'sishning yuqori 
sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyati.
MAMLAKAT 
TASHQI 
IQTISODIY 
ALO QALARININ G
RIVOJLANISHI - uning tabiiy, iqtisodiy hamda geografik jihatlari 
bilan uzviy bog'liq.
256


MAMLAKAT T O ‘ LOV BALANSI - mamlakat rezidentlari (uy xo'jaliklari,
korxonalar va davlat) va chet elliklar o'rtasida ma’lum vaqt (odatda, 
biryil) oralig'ida amalga oshirilganbarchaiqtisodiybitimlarbo'yicha 
to'lovlar svmunasining nisbati bo'lib, u o'z ichiga savdo balansi, 
xizmatlar balansi, o'tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarni 
oladi.
MAMLAKATNING EKSPORT SALOHIYATI - muayyan mamlakatning
o'zida mavjud bo'Igan yoki ishlab chiqarilayotgan resurslari, 
mahsulotlarini eksportga chiqarish imkoniyati, qobiliyati.
MAMLAKATNING IQTISODIY HUDUDI - shu mamlakat hukumati
tomonidan boshqariladigan hudud bo'lib, uning chegarasida 
fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin harakat qila oladi.
MAMLAKATNING OLTIN XAZINASI - asosan, xalqaro hisoblarni
ta’minlash uchun mo'ljallangan markaziy bankda turadigan oltin 
fond jamg'armasi.
MANSIPATSIYA - sotib olingan buyumni mulk qilib berish.
MANUFAKTURA - ital. “qo'l mahsuloti” degan ma’noni bildirib, mehnat
taqsimoti, qo'l hunarmandchiligi va yollanma mehnatga asoslangan 
oddiy kapitalistik kooperatsiyadan keyingi ikkinchi bosqich. 
XVI asrning o'rtalarida paydo bo'ldi, sanoat to'ntarilishiga, ya’ni 
fabrikaga zamin tayyorladi. A. Smit tomonidan eng mukammal 
korxona turi deb hisoblangan.
MAQSAD - bo'lg'usi natijalar haqida har doim aqlan o'ylab ko'rilgan,
rivojlantirilgan xayoliy tasawurlar, kelgusidagi rejalar.
MAQSADLAR DILEMMASI - davlatning, moliya muassasalarining bir
vaqtning o'zida muomaladagi pullar massasi va foiz stavkalari 
darajasini barqarorlashtira ololmasligi natijasida yuzaga keladigan 
muammo.
MAQSADLI AJRATMALAR - nobudjet fondlarning daromadlar qismini
shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbayi ishlab chiqarilgan 
(yaratilgan) yalpi ichki mahsulot bo'lib, uning hisobidan birlamchi 
daromadlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun 
nobudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog'langan va mahsulot 
tannarxining tarkibiga kiritiladigan to'Iovlarning tegishli qismi 
tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug'urtasi fondiga 
va h.k.
MAQSADLI BOZOR - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish
natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan
257


tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushi (qismi) 
ni ta’minlovchi bozor.
MAQSADLI BUDJETDAN TASHQARI (NOBUDJET) FONDLAR -
qarang: budjetdan tashqari (nobudjet) fondlar.
MAQSADLI FONDLAR - moliya tizimining muhim tizimlaridan biri bo'lib,
markaziy va mahalliy o ‘z-o‘zini boshqarish organlari ixtiyoridagi va 
ma’lum maqsadga yo'naltirilgan pul resurslari yig'indisidir.
MAQSADLI SO LIQ IMTIYOZLARI 
- xo'jalik yurituvchi subyekt
tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va 
boshqa dasturlari bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining 
pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o'zaro 
manfaatdorlik (o'zaro foydalilik) asosida mintaqaviy budjetga borib 
tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari 
tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.
MAQSADLI XORIJIY KREDIT - loyihalaming maqsadlariga muvofiq
ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to'lash yo'li bilan 
mablag'larni xorijiy valyutada qaytarish va tiklash asosida taqdim 
etilishini ko'zda tutgan holda hukumatning tashqi qarz olish davlat 
dasturiga kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish shakli. Ular xorijiy 
davlatlaming hukumatlari, banklari va firmalarining kreditlariga 
bog'langan kreditlar hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlarning 
nomoliyaviy kreditlarini qamrab oladi.
MARJA - bitim qatnashchilari olishlari mumkin bo'lgan daromadlar hajmini
belgilovchi miqdor. Mohiyatan marja xaridor va sotuvchi narxlari 
o'rtasidagi farqni bildiradi. Marja savdo, birja, sug'urta va bank 
amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va qimmatbaho qog'ozlar kursi, 
foiz stavkalari va boshqa ko'rsatkichlar farqini ifodalash uchun 
ishlatiladigan atama.
MARJINAL DAROMAD - direkt-kosting tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo'llashda ushbu 
mahsulotni 
sotishdan 
olingan 
daromadning 
summasidan 
o'zgaruvchan xarajatlarni qo'shgan holda hisoblangan mahsulotning 
tannarxi chegirilgandan qolgan summa.
MARJINAL DAROMAD USULI - mahsulotlarni sotishdan olingan daromad
va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o'zgaruvchan 
xarajatlar farqiga asoslangan tenglik usulining turi.
MARJINAL XARAJATLAR VA DAROMADLAR - ishlab chiqarilgan birlik
mahsulotga tegishli qo'shimcha xarajatlar va daromadlar.
MARJINALIZM - fran. “chegaraviy” ma’nosidagi so'zdan olingan, XIX
258


asming 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan 
iqtisodiyotning 
metodologik 
prinsiplaridan 
biri, 
iqtisodiy 
hodisalarni tahlil etishda eng chekka ko'rsatkichlarga suyanadi. 
Iste’molni ishlab chiqarishdan ustun qo'yadi. Qiymatning mehnat 
nazariyasi inkor etiladi. Avstriya maktabi vakillari tomonidan 
qo'llanilgan. XIX asrning o'rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno 
(1821-1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen 
(1810-1858) birinchi bo'lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga 
joriy etishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat, eng yuqori, 
chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning eng yuqori 
unumdorligi va boshqalar. Marjinalizmning dastlabki vakillari K. 
Menger, F. Vnzer va boshqalar bo'lib, „sof nazariya” tarafdorlari 
sifatida, yangi iqtisodiy voqealar, hodisalar va jarayonlarga yangicha 
qarashlar, ularni amaliyotga kiritish bilan, klassik iqtisodiy nazariya 
va markscha iqtisodiy ta’limotning sinfiy shakli, mafkura pardasini 
olib tashlab, ulardagi ijobiy tomonlarni saqlab qolgan holda yangi 
iqtisodiy tizim nazariyasini yaratdilar.
MARKA - bitta sotuvchi yoki sotuvchilar guruhi tomonidan belgilangan, tovar
va xizmatlarni ajratish uchun mo'ljallangan, nom, atama, belgi, 
rasm yoki ularning uyushmasi. Marka belgilari: marka nomlari, 
marka belgilari, tovar belgisi, mualliflik huquqi. Marka nomlari 
eslatib qolish, sotuvlar, imijni shakllantirish, joy egallash, reklama 
funksiyalarini bajarishi lozim.
MARKAZIY (EMISSION) BANK - davlat banki bo'lib, mohiyatan “bankirlar
banki” hisoblanadi. U davlatning butun iqtisodiy siyosatini tartibga 
solishda pul muomalasini pul emissiyasi vositasida boshqaradi. 
Markaziy bank boshqa barcha banklar va pul muassasalari faoliyatini 
ham moliyalashtirish, ham tartibga solish orqali boshqarib turadi. 
Umuman, u mamlakatning barcha pul-kredit tizimini boshqaruvchi, 
pul birliklarini muomalaga chiqarish va ularni muomaladan qaytarib 
olish bo'yicha yagona, ya’ni monopol huquqqa ega bo'lgan bankdir.
MARKAZIY DAVLAT MUASSASALARI - kichik sektor markaziy hukumat
institutsion birliklari hamda markaziy hukumat nazorat qiluvchi va 
asosan, moliya bilan ta’minlovchi notijorat tashkilotlardan (NTT) 
shakllanadi.
MARKAZLASHGAN BUXGALTERIYA - hisobni markazlashtirishning
yuqori shakli bo'lib, bunda bir xil korxonalar faoliyatining 
buxgalteriya hisobi bitta markazlashgan hisob organida yig'iladi. 
Bunda hisob ishlari keng avtomatlashtiriladi. Markazlashtirilgan
259


buxgalteriyani tashkil etish hisobni markazlashtirishning barcha 
afzalliklaridan to'la foydalanish imkoniyatini beradi.
MARKAZLASHGAN MOLIYAVIY RESURSLAR -
makrodarajadagi
ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirib, ularga budjet va 
budjetdan tashqari fondlarning mablag'lari kiradi.
MARKAZLASHISH - biror narsaning bir joyda to'planishi, masalan, pul
mablag'larining davlat budjetida to'planishi bu markazlashgan pul 
mablag'lari deyiladi yoki markazlashgan rezervlar va hokazo.
MARKETING (ingl. “market” - bozor) - marketing kompaniyalari tomonidan
tovar ishlab chiqarish va sotishni amalga oshirish uchun oldindan 
bozor holatini o'rganish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar va 
tadbirlar yig'indisi. Dastlab marketing nazariyasi bozorni o'rganish 
bo'yicha uslublar sifatida o'ziga xos amaliy va nazariy masalalarni 
jonlantirgan. Marketing rivojlanishining asosiy sabablari iste’mol 
bozorini tovar va xizmatlarga to'yintirishning nisbiy darajada 
ekanligi iste’molchilar uchun raqobatning kuchayishi, ilmiy asosda 
ishlab chiqarishning o'sishi. Asosiy shart iste’molchini topish va 
talabini qondirishdir. Marketingning asosiy vazifasi iste’molchilar 
iste’mol talablarini ishlab chiqarish jarayonigacha o'rganish. 
Marketing xizmati bozor to'g'risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. 
Marketing ishlab chiqarish jarayonixarajatlarikamayishiga,tijoratva 
iqtisodiyotning samarali bo'lishiga ta’sir etadi. Marketingning turli 
faoliyat sohalari va o'z strategiyasi, prinsiplari va qoidalari mavjud. 
Marketing, asosan, ikki vazifa bajaradi: bir tomondan, mavjud va 
potensial talablarni qondirishga ishlab chiqarishni yo'naltirish, 
ikkinchi tarafdan talabni tarkib toptirish va rag'batlantirish.
MARKETING AXBOROT TIZIM I (MAT) - l ) marketing tadbirlarini
rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va nazorat qilish maqsadida aniq, 
dolzarb ma’lumotlarni o'z vaqtida to'plash, tasniflash, tahlil qilish, 
baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida 
tarqatish uchun mo'ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va 
odamlarning muntazam faoliyat ko'rsatuvchi o'zaro aloqalar tizimi; 
2) marketing sohasida qarorlami ishlab chiqish va qabul qilish 
jarayonida foydalaniluvchi ma’lumotlarni to'plash, tahlil qilish va 
yetkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmuyi.
MARKETING BUDJETI - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda 
(marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari 
bo'yicha) aks ettirilgan ko'rsatkichlar tizimi, marketingning 
moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo'limi. Marketing


budjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani 
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
MARKETING 
CHORA-TADBIRLARINING 
IQTISODIY SAMARA
DORLIGI - l ) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish 
samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar 
miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) 
samaradorlik ko'rsatkichi natural va qiymat shaklida o'Ichanadi.
MARKETING FAOLIYATI - l) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar
va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab 
chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga 
oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, 
savdo, narxning hosil bo‘lishi, tovarni yetkazib berish, marketing 
razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog'liq faoliyat; 3) 
bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha 
bo'g'inlarida marketing vositalari va falsafasini qo'llash jarayonini 
qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabini qondirish va foyda 
keltirish uchun nimani, qayerda, qancha va qanday qilib ishlab 
chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har 
qanday faoliyat.
MARKETING FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGI -
l ) marketing faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga 
oshirishgajavobberuvchinisbatanko'pturli(marketingjarayonining 
barcha bosqichlari bo'yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga 
oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha 
xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog'liq xarajatlar 
qaytimi natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija 
va samaraning marketing faoliyatini tashkil etish hamda amalga 
oshirish uchun zarur bo'lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va 
hokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
MARKETING INNOYATSIYASI - firma tomonidan marketingning yangi
uslubini joriy etish (mahsulotning dizayni va qadoqlash, uni 
joylashtirish, narx belgilash, bozorga chiqarish); agarda u firma 
tomonidan birinchi marta ishlatilayotgan bo'lsa.
MARKETING JARAYONI - yangi ehtiyoj va g'oyalami izlab topish, tanlash va
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, tovarlarni bozorlarda yoki 
savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog'liq harakatlar va 
bosqichlarning tartibga solingan majmuyi.
MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI TIZIM I 
-
l )
marketing
tizimining tashqi muhit bilan o'zaro aloqalari jarayonida subyektlar 
(jo'natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar, kanallar, to'g'ri (xabar) va

Download 22,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish