250
1
V I*
—
chiqarish vositalari va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladigan iste’mol
predmetlari; mahsulot, masalan, yalpi mahsulot, sof mahsulot,
sanoat mahsuloti.
MAHSULOT (ISH, XIZM AT) ISHLAB CHIQARISH TANNARXI -
mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash
jarayonida ishlatiladigan tabiat resurslari, xomashyo, material,
yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari hamda ishlab
chiqarish bilan bog'liq boshqa xarajatlaming puldagi ifodasidir.
MAHSULOT (TEXNOLOGIYA)NING HAYOTIY SIKLI - alohida mahsulot
(texnologiya)ning ichki (tashqi) bozorlarda konkret innovatsion
maqsadlarning ro'yobga oshirilishini ta’minlay olish layoqati
saqlanib turadigan muayyan davr.
MAHSULOT ATTESTATSIYASI - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga
oshirishni ko'zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-
tadbirlar majmuasi.
MAHSULOT BIRLIGIDAN OLINGAN FOYDA - muayyan mahsulotni
sotishdan olingan foydaning shu mahsulotning ishlab chiqarish
hajmiga nisbati.
MAHSULOT DIFFERENSIATSIYASI - tovarning o'ziga xos xususiyadari.
Iste’molchi shuning uchun ushbu tovarni shu kategoriyadagi boshqa
tovarlarga nisbatan yoqtiradi.
MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI -
mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar,
xomashyo va materiallar, yoqilg'i va energiya, asosiy fondlar va
mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va
sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
MAHSULOT PARTIYASI ISHLAB CHIQARISH VAQTI - bitta mahsulot
ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan vaqtning partiya miqdoriga
ko'paytmasi.
MAHSULOT RENTABELLIGI - ayrim mahsulot turining daromadliligi,
foydaliligini aks ettirib, mahsulot sotishdan olingan foydaning
mahsulot to'la tannarxiga nisbati bilan hisoblanadi.
MAHSULOT SERTIFIKATI - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning
xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni;
mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo'lmagan, mahsulotning
xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun
kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan maxsus markazlarni
yaratish bilan amalga oshiriladi.
' O
T
T
O
2
5
1
----------------------------------
MAHSULOT SIFATI - mahsulotning inson va jamiyatning ma’lum bir
ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari
majmuyi.
MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH - mahsulotni yaratish va undan
foydalanish yoki uni iste’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash,
ta’minlash va qo'llab-quwatlash maqsadida amalga oshiriluvchi
xatti-harakatlar.
MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH TIZIM I - sifatni boshqarish
uchun zarur bo'lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq
taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
MAHSULOT SOLIG'I - qandaydir tovar yoki xizmat birligiga solinadigan soliq.
MAHSULOT TANNARXI - korxonaning mahsulotni yaratish uchun qilingan
sarf-xarajatlarining puldagi ifodasi. Mahsulot tannarxi korxona
iqtisodiy faoliyatining asosiy ko'rsatkichlaridan bo'lib, o'zida
mahsulot yaratish uchun qilingan xomashyo, yoqilg'i-moylash
materiallari, mehnat, elektr energiyasi sarfi, shuningdek, bino,
inshoot va uskunalarning ishlab chiqarish jarayonida sotilgan qismi
qiymatini ifodalaydi. Sanoatda tannarxning sex, korxona va to'la
yoki kommersiya miqdori alohida farqlanib, xarajatlar tarkibi har
bir sanoat tarmog'ida o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi.
MAHSULOT
TANNARXI
TARKIBIGA
KIRITILADIGAN
MAHSULOTNI
ISHLAB
CHIQARISH
VA
SOTISH
XARAJATLARI - maxsus nizom asosida belgilanib, uning
tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita
bog'liq xarajatlar, tabiiy xomashyo, yer, o'rmon, suv resurslaridan
foydalanish bilan bog'liq xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va
o'zlashtirish xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish
va mahsulot sifatini oshirish bilan bog'liq nokapital xarakterdagi
xarajatlar, tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab chiqarish
jarayoniga xizmat ko'rsatish xarajatlari kabilar kiradi.
MAHSULOT UCHUN BOSHQA SUBSIDIYALAR - rezidentli korxonalar
ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlar uchun beriladigan moliyaviy
yordam. Bunday subsidiya mahsulot ishlab chiqarilganda,
sotilgarida, boshqalarga ijaraga berilganda yoxud o'z istemoli va
jamg'arish uchun ishlatilganda to‘lanishi zarur.
MAHSULOT UCHUN SUBSIDIYA - ishlab chiqarilgan tovar yoki
ko'rsatilgan xizmat birligi uchun beriladigan moliyaviy yordamdir.
MAHSULOT-JARAYON MATRITSASI
- jarayonlar tizimlari, ishlab
chiqarish hajmlari va boshqa qator tavsiflar orasidagi o'zaro
bog'liqlikni aks ettiradi.
—
2
5
2
—
MAHSULOTLARGA
SOLIQLAR
-
rezidentlar
tomonidan
ishlab
chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va xizmatlarga
mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga, masalan, qo'shilgan
qiymat solig'i, aksiz, bojxona to'lovlari va h.k.lar kiradi.
MAHSULOTNI ISHLAB CHIQARISHDAGI VAQT - mahsulotga butun
ishlab chiqarish jarayonini o'tashga talab qilinadigan o'rtacha vaqt.
Bu vaqt mahsulotga ishlov berish vaqti va navbatda turish vaqtidan
iborat. Bu vaqt buyurtma vaqti (lead time) tarkibiga kiradi.
Buyurtma vaqti deganda mijoz o'z buyurtmasini kutishi kerak
bo'lgan umumiy vaqt tushuniladi.
MAHSULOTNI SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - mahsulotlar
(ishlar, xizmatlar) ni sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tavofut.
MAHSULOTNING BOJ QIYMATI - mahsulot chegaradan o'tayotgan
paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat.
Uning to'g'riligini aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni
rasmiylashtiruvchi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli metodlardan
foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi
bo'yicha (eng ko'p qo'llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi,
birxildagi) mahsulotlar bitim bahosiga ko'ra; v) qiymatni hisoblash
metodi bo'yicha; g) qiymatlarni qo'shish yo'li bilan; d) rezerv
metodi bo'yicha.
MAHSULOTNING HAYOTIY DAVRI
-
tovarning
bozorga
kirib
kelishidan boshlab to uning bozordan chiqib ketishiga qadar amalga
oshiriladigan izchil chora-tadbirlar.
MAHSULOTNING MARJINALLIGI - olingan daromad (baho) nisbatan
foiz ko'rinishidagi bir birlik mahsulotga to'g'ri keladigan marjinal
daromadning darajasi.
MAHSULOTNING MATERIAL SIG'IMI - xomashyo, materiallar va boshqa
moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari.
Material sig'imini kamaytirish tayyor mahsulot va materiallarni
ko'paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va xomashyo
tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlami kamaytirishga
imkon yaratadi.
MAHSULOTNING
MEHNAT
SIG'IM I
-
mehnat
unumdorligi
ko'rsatkichlariga teskari bo'lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish
sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot
hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
—
253
MAHSULOTNING MUVOZANAT M IQDORI - talab va taklif miqdorlari
teng bo'lganda mahsulotni bozorda sotish hajmi.
MAHSULOTNING TEXNIK DARAJASI - baholanayotgan mahsulotning
texnik takomillashganliginibelgilovchi, uning bazis ko'rsatkichi ariga
mos keluvchi ko'rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot
sifatining nisbiy tavsifnomasi.
MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI - mehnat jarayonida qo'llaniladigan
ishlab chiqarish omillarining hamma miqdoridan to'liq foydalanib
ishlab chiqarilgan mahsulot.
MAHSULOTNING YASHASH DAVRI
-
mahsulot
hayoti
beshta
bosqichining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish,
bozorga chiqish, o'sish, bozorning to'yinishi va ma’naviy eskirish.
MAHSULOT ATrESTATSIYASI - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga
oshirishni ko'zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-
tadbirlar majmuasi.
MAJBURIY SUG'URTA - sug'urta munosabatlarining qonun kuchiga ega
bo'Igan shakli. Majburiy sug'urta qonunchilik hujjadari asosida
amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug'urtaga tortiladigan obyektlar
soni, sug'urta javobgarligining hajmi, sug'urta munosabatlarida
qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda
boshqa rekvizitlar ko'rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan,
O'zbekistonda majburiy sug'urtani tegishli litsenziyaga ega bo'Igan
har qanday sug'urta kompaniyasi o'tkazishi mumkin.
MAJBURIY TO 'LO V - egasining roziligisiz hisob-kitob schyotidan pul
mablag'ining o'tkazilishi. Masalan, majburiy to'lovlariga; davlat
budjetiga, davlat ijtimoiy sug'urtasiga to'lov, sug'urta to'lovlari va
boshqa belgilangan qoidalarga asosan to'lovlar kiradi.
MAJBURIY ZAXIRA (REZERV)LAR - qarang: bank rezervlari. Majburiy
bank rezervlarining me’yorini o'zgartirish siyosati - pul-kredit
siyosati vositalaridan biri. Majburiy bank rezervlarining me’yori
Markaziy bank tomonidan belgilanadi va o'zgartiriladi. Agar u
kamaytirilsa, ortiqcha bank rezervlari ortadi, bu esa pul taklifining
multiplikatsion ortishiga olib keladi. Majburiy bank rezervlari
me’yorini ko'tarish yordamida davlat pul taklifini kamaytiradi, zero,
banklarning ortiqcha bank rezervlari qisqarishi pul miqdorining
kamayishiga olib keladi.
MAJBURIY ZAXIRALAR SIYOSATI - tijorat banklari jalb qilgan mablag'lar
ma’lum bir qismining Markaziy bankning zaxira fondiga
o'tkazilishidir.
254
MAJBURIYAT - majburiyat, va’da, vazifa, burch, tilxat; shartnoma bilan
rasmiylashtirilgan fuqarolik huquqiy munosabatlar.
MAK-KULLOX JON RAMSEY (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni
qo'llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok
etadi, degan fikrni ilgari surgan.
MAKLER - vositachi, u fond va valyuta birjasi bitimlarini tuzishda qatnashadi,
operatsiyalarni mij oz hisobiga amalga oshiradi va bitim summasidan
ma’lum miqdorda mukofot (ulush) oladi.
MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLAR - mamlakat yaxlit iqtisodiyoti
darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o‘ lchash
hamda baholash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlar. Masalan,
yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o'sish, ishsizlik,
inflyatsiya darajasi va boshqalar.
MAKROIQTISODIY MUVOZANAT - iqtisodiyot turli tomonlarining
o'zaro tengligi bo'lib, eng awalo, yalpi talab va yalpi taklifning
tengligi orqali namoyon bo'ladi.
MAKROIQTISODIY MUVOZANATNING KEYNSCHA MODELI -
narxlar darajasi o'zgarmas bo'lgan sharoitda jami sarflar va real yalpi
milliy mahsulot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aks ettiruvchi model
Do'stlaringiz bilan baham: |