•
'я
г ? 1*
*
*
—
KONTRPASSIV SCHYOT - moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning
sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig'i u bilan bog'liq
bo'lgan passiv schyotining qoldig idan chegirib tashlanadi. 8600
“Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar” 9040
"Sotilgan tovarlarning qaytishi”, 9050 “Xaridor va buyurtmachilarga
berilgan chegirmalar” schyotlari kontrpassiv schyotlarga misol
bo'ladi.
KONVERGENSIYA - 1. Marketingda talab xarakteriga ko'ra bozor turli
bug‘inlariningbir-birigauyg'unlashibborishi.2.Birjadabaholarning
haqiqiy baholarga va fyuchers shartnomalariga ko'ra uyg'unlashishi.
KONVERGENSIYA NAZARIYASI - bu nazariyaning asosida kapitalistik
ijtimoiy sistemalar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy
tafovutlar go'yo asta-sekin bartaraf etiladi, degan g'oya yotadi.
Asosiy vakillari: U. Rostou, J. Gelbreyt (1908), Ya. Tinbergen
(1903).
KONVERSIYA - (lot. conversio - o'zgarish) 1. Harbiy ishlab chiqarish va boshqa
xil harbiy faoliyat sohalarining tinchlik maqsadlariga ko'chirilishi. 2.
Korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
o'tishi.
KONVERTATSION JARAYON - materiallarning tovar va xizmatlarga aylanishi
bo'yicha harakatning davom etishi (harakatlar shakllanishi,
natijalar).
KONVERTATSION MARKETING -. Oldin chiqarilgan zayom shartlarini
o'zgartirish. 2. Bir kompaniyadagi aksiya va obligatsiyalarni
almashtirish.
KONVERTATSIYA - bir tomondagi aksiya yoki obligatsiyani boshqa tipdagisiga
shu kompaniyada almashtirish.
KONVERTIRLANGAN VALYUTA - erkin muomaladagi pul tizimi; bozor
kursi bo'yicha to'lov amal qiladigan pul. Amal qilgan valyuta kursiga
ko'ra bir mamlakat valyutasini boshqasiga almashtirish.
KONVERTIRLASHTIRISH
-
valyutani
oltinga
almashtirish;
bir
valyutani boshqasiga erkin almashtirish.
KONVEYER - ishlab chiqarish jarayonida har bir ishchi bajaradigan belgilangan
operatsiyani aks ettiruvchi ish joylari.
KONYUNKTURA - bozorning alohida segmentida talab, taklif, narx va raqobat
holatini xarakterlovchi omillar tizimi.
KOOPERATIV - yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan, birgalikda ishlab chiqarish
yoki boshqa xo'jalik faoliyatini olib borish maqsadida kishilarning
229
shaxsan ishtiroki va a’zolarning mulklarini pay badallari asosida
birlashtirish natijasida tashkil etilgan birlashma.
KOOPERATIV MULK - biron-bir faoliyat yuritish uchun a’zolikka asoslangan
holda erkin uyushgan kishilaming umumiy mulki.
KOOPERATIV O 'YIN - o'yinda bir nechta o'yinchilar o'zaro kelishib, birgalikda
o'ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o'yinga misol sifatida karterni
keltirish mumkin).
KOOPERATSIYA - ishlab chiqarish yoki ayirboshlash doirasidagi jamoaga
birlashish.
KOOPERATSIYA ALOQALARI - turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida
ma’lum mahsulotni tayyorlash bo'yicha uzoq muddatli aloqalarni
o'rnatish.
KOOPERATSIYA QILISH - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo'yicha
uzoq muddatli to'g'ridan-to'g'ri xo'jalik aloqalarini o'rnatish.
KOOPERATSIYALASHUV - muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli
korxonalar hamkorligi. Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa
tegishli bo'lmasligi mumkin. Kooperatsiyalashuvda qatnashuvchi
korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga
'liq.
КО ORDINATSIYA (o'zaro moslik, muvofiqlik) - amaldagi faoliyatning yanada
samaraliroq bo'lishini ko'zlab, alohida tashkilotning turli tarkibiy
qismlari yoxud turli tashkilotlarning aniq maqsad yo'lidagi o'zaro
hamkorligini ta’minlash, munosabatlarni barqaror saqlab turish.
KOOPERATIV - dastlabki bosqichda o'z-o'zini boshqarish va moliyalashtirish
maqsadida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriy
ravishda birlashgan fuqarolar guruhini jamlagan tashkilot.
Hamkorlikda mahsulot ishlab chiqarish, sotish, sotib olish, tovarlar
iste’moli va xizmat ko'rsatish maqsadida tashkil etiladi. Undagi
jamg'armalar qatnashchilarining pay va badallari asosida vujudga
keladi.
KORNER - sotib olish yo'li bilan ustama foyda olish maqsadida u yoki bu tovarni
sotib olish bo'yicha tijoratchilar o'rtasidagi kelishuv.
KORPORATSIYA - bir necha korxonalar, firmalarning birlashuvi. Yuridik tilda
jismoniy shaxslamingbirgalikda faoliyat ko'rsatish uchun birlashuvi.
Korporatsiya bu katta va ulkan firmalardir. Hozirgi vaqtda ular bozor
iqtisodi taraqqiyot topgan davlatlar ishlab chiqarishining barcha
sohalarida ustuvorlikka ega.
2
3
0
—
—
KORPORATIV BOSHQARUV - qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning
mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasiga tushuniladiki,
ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali
faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi. Oqibatda aksiyadorlar,
boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya
qilgan holda o'z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy
qiymatni ko'paytirish orqali o'z mavjudligini saqlab qolishni
ta’minlaydi.
KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI - ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar
va ichki me’yorlar yig'indisi bo'lib, korporativ munosabatlarning
tartibini o'rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korxonadagi korporativ
boshqaruvningbarcha muhim elementlariga taalluqli bo'Igan asosiy
me’yorlar va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning
Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli
qog'ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga
intilishidir.
KORPORATIV BOSHQARUV ORGANLARI - aksiyadorlar umumiy
yig'ilishi; kuzatuv kengashi (direktorlar kengashi); ijroiya organi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA DAVLAT ISHTIROKI BO'YICHA
AMERIKA MODELI - model, odatda, ishlab chiqarish sektorida
davlatning ulushi kichik bo'Igan mamlakatlarda qo'llaniladi. Ularda
davlat aksiya paketlarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi
kompaniyalargaberishxususiyatlidir.Mazkurmodelda“Jamoatchilik
uchun ochiq korporatsiyalar” mavjud bo'lib, ular mos ravishda
tarmoq departamentlari va vazirliklarga bo'ysunadi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA DAVLAT ISHTIROKI BO'YICH A I
ITALIYA MODELI - korxonalarda davlat ulushi katta bo'Igan
davlatlarga xosdir. Davlat korxonalari va davlat aksiya paketlarini
boshqarish uchun davlat mulki vazirligiga qarashli ko'p tarmoqli
xolding kompaniyalari tashkil qilinadi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA RISKNI BOSHQARISH MAQSADI -
har qanday yomon vaziyatlarda ham gap aslo bankrotlikka tushish
haqida emas, balki faqat foydaning birmuncha kamayishi haqida
ketishiga erishishdir.
KORPORATIV BOSHQARUVNING BOSHQARUV QOIDALARIDA
AD OLATLILIK TAMOYILI - halol raqobatchilik sharoitida
kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi
va shu bilan birga, barcha qatnashchilar, shu jumladan, minoritar
aksiyadorlarning huquqlarini ham ta’minlashi lozim. Barcha
J
Do'stlaringiz bilan baham: |