Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Asab tizimini falajlovchi



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Asab tizimini falajlovchi zaharli moddalarga VX, zarin, zoman 

kiradi.  Bu  moddalar  biroz  sariq  tusdagi  rangsiz  suyuqlik  bo‘lib, 

teriga  tez  singadi.  Ushbu  moddalar  lok,  bo‘yoq  bilan  qoplangan 

materiallarga,  rezinotexnik  buyumlar  va  boshqalar  orqali  ham 

singa  olish  xususiyatiga  ega.  Falajlovchi  zaharli  moddalarning 

eng  yengili  zarin  bo‘lib,  undan  bug‘  shaklida  foydalaniladi.  Bug‘ 

holatidagi zarin, asosan, nafas yo‘llari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Zarin 

151,5°C haroratda qaynaydi. –38,5°C da muzlaydi. Shuning uchun 

u uchuvchan xususiyatga ega. 

Zarin  bug‘lari  bundan  tashqari  inson  tanasiga  teri  orqali  ham 

tushishi  mumkin.  Teri  orqali  tushgan  zarin  inson  organizmiga 

nafas  a’zolari  orqali  tushgandagiga  nisbatan  200  marta  kuchliroq 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  dala  sharoitida  zarindan  gazniqob 

yordamida muhofazalanishning ehtimoli juda kam.

VX  gazlarining  uchuvchanlik  xususiyati  kam.  Shuning  uchun 

undan  jangovar  qurol  sifatida  yirik  zarrachalar  (aerozol)  shaklida 

foydalaniladi. VX  gazlaridan  shaxsiy  tarkibning  nafas  a’zolari  va 

tananing  ochiq  joylariga  ta’sir  ko‘rsatish  maqsadida,  shuningdek, 

hududni,  hududdagi  obyektlarni  uzoq  muddat  davomida  zararlash 

maqsadida  foydalaniladi.  VX  gazlari  nafas  a’zolari  orqali 

organizmga  tushganida  zaringa  nisbatan  bir  necha  marta,  tomchi 

shaklida  teriga  tushganida  bir  necha  yuz  marta  kuchli  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Ushbu  gazning  bir  necha  milligrami  teriga  tushsa 

ham  o‘limga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  VX  gazining  uchuvchanligi 

past  bo‘lganligi  sababli  yerga  tushgan  gazdan  hosil  bo‘lgan 

bug‘  gazniqob  bilan  himoyalangan  insonga  dala  sharoitida  ta’sir 

ko‘rsata olmaydi.

Falajlovchi zaharli moddalar suvda yaxshi erimasligi sababli suv 

havzalarida zarinning zararli ta’siri 2 oy davomida, VXniki esa olti 

oy va undan ortiq muddat davomida saqlanib turishi mumkin. 




13

Zomanning  zaharlovchi  ta’siri  zarin  va  VX  gazlari  oralig‘ida 

bo‘ladi. 

Falajlovchi  ZMning  inson  organizmiga  kam  miqdordagi  ta’siri 

natijasida  ko‘z  xiralashadi,  qorachiqlar  torayadi  (mioz),  nafas 

olish  og‘irlashadi,  ko‘krakda  siqilish,  og‘irlik  hissi  paydo  bo‘ladi. 

Bularga bosh og‘rig‘i qo‘shilib, u bir necha kun davom etadi. Ko‘p 

miqdordagi ta’siri natijasida ko‘z qorachiqlarining kuchli torayishi, 

bo‘g‘ilish,  ko‘p  miqdorda  so‘lak  oqishi  va  ter  chiqishi,  qo‘rquv 

hissi  paydo  bo‘lishi,  qusish,  mushaklarning  tortishishi,  hushdan 

ketish kuzatiladi. Nafas yetishmasligi o‘limga olib keladi. 


Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish