10
Zaharlanish o‘chog‘idan tashqarida boshqalar ham, shu
jumladan, tibbiyot xodimlari ham ZMlar tekkan kiyim va jihozlar,
transport vositalaridan zaharlanib qolishlari mumkin. Shuning
uchun zaharlanish o‘chog‘ida hamma (zaharlanganlar ham,
zaharlanmaganlar ham) himoya vositalarida bo‘lishi va qisman
sanitar ishlovdan o‘tishi shart. Bundan tashqari, sanitar ishlov berish
ishlari evakuatsiya jarayonida ham davom ettirilib, tibbiy punktga
joylashtirishdan oldin to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: