Tashxis qo‘yish yashirin davrning mavjudligi bois biroz
qiyinchilik tug‘diradi. Zaharlanish belgilari yuzaga chiqqanida
asosiy e’tibor tomir urishining tezlashishiga qaratiladi. Bu
belgi birinchilardan bo‘lib, bosh og‘rig‘i, lanjlik, ko‘zni tuman
qoplashi, uyquchanlik kabi belgilar bilan birga paydo bo‘ladi.
Tashxis qo‘yishda harakat va gaplardagi noravonlik muhim o‘rin
tutadi.
Birinchi yordam va davolash. Birinchi yordam gazniqob
kiyish, qisman sanitar ishlovdan o‘tkazish, zaharli hududdan
olib chiqish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Jabrlanganlar uzoq
muddat davomida ajratib qo‘yilishi, psixonevrologik nazorat ostida
bo‘lishlari, kasalxona sharoitida uzoq muddat davolanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |