Umumzaharlovchi moddalar to‘qimalarda kislorod yetish-
movchiligini keltirib chiqaruvchi zaharli moddalar turkumiga
kiradi. Bunday moddalar bilan zaharlanganda arterial va venoz
qonda kislorod miqdori yetarli bo‘lgani holda to‘qimalarda kislorod
yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu jarayon to‘qimalarda kislorodni
o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi fermentlarning faoliyati izdan
chiqishi sababli rivojlanadi. Bundan tashqari, ushbu moddalar
markaziy asab tizimiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |