Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/65
Sana14.09.2021
Hajmi0,94 Mb.
#173913
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

Kompetentlik  (vakolatlilik)  –  o‘z  bilim  va  ko‘nikmalarini 
qo‘llay olish qobiliyati.
4.2. Sertifikatlashtirishning tashkiliy asoslari
O‘zbekistonda­ sertifikatlashtirishni­ joriy­ etish­ bo‘yicha­ faol­
ishlar  1992-yilda,  ya’ni  chet  ellardagiga  nisbatan  ancha  kech 
boshlandi.  1992-yil  2-martda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 


69
Mahkamasining  «O‘zbekiston  Respublikasida  standartlashtirish 
bo‘yicha  ishlarni  tashkillashtirish  to‘g‘risida»gi  qarori  qabul 
qilindi.  Shu  yilning  o‘zida  davlat  ilmiy-texnik  dasturi  asosida 
«O‘zbekiston­ Respub­likasi­ sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimini­
tatbiq  etish  va  yaratish»  mavzusida  ilmiy-tadqiqot  ishlari 
boshlandi.­ Sertifikatlashtirish­ tashkiliy,­ me’yorlash,­ metodik­ va­
tuzilish sohalarida shakllana boshlandi.
1998-yilda standartlashtirishning huquqiy asoslari aniqlandi  – 
O‘zbekiston­ Respublikasining­ «Mahsulot­ va­ xizmatlarni­ sertifi­
katlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunga­ muvofiq­ standartlashtirish,­ metrologiya­ va­ sertifi­
katlashtirish  O‘zbekiston  agentligi  –  «O‘zstandart»  agentligi 
sertifi­katlashtirish­ bo‘yicha­ Milliy­ idora­ va  akkreditlash 
idorasi­ tashkil­ qilindi.­ Qonunga­ muvofiq,­ sertifikatlashtirish­
bo‘yicha  ishlarni  tash killashtirish  «O‘zstandart»  agentligiga 
yuklatilgan.­ Bir­ turli­ mahsulotlarni­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­
idoralar­ sertifikatlash­tirish­ ishlarini­ bajaradi,­ bu­ idoralar­
majburiy­ ravishda­ akkre­ditlanadi.­ Majburiy­ sertifikatlashtirish­
subyektlariga­ «O‘zstandart»­ agentligi,­ sertifikatlashtirish­
bo‘yicha  idoralar,  sinash  laborat oriyalari  (markazlari),  nazorat 
ido­ralari,­ mahsulotni­ tayyor­lovchilar­ kiradi.­ Sertifikatlashtirish­
bo‘yicha­ idoralar­ bir­ turli­ mahsulotni­ sertifikatlashtirish­
tizimlarimi­yaratish,­sertifikatlash­tirish­tarzini­va­so‘rovchilarga­
sertifikatlashtirilgan­ mahsulotga­ muvofiqlik­ belgisini­ qo‘lla­
nishga ruxsat berish huquqiga ega.
Qonunda  import  bo‘yicha  keltirilgan  va  eksportga  chiqarila-
digan­mahsulotni­sertifikatlashtirish­shartlari­belgilangan.­Sertifi­
kat lashtirish  shart  bo‘lgan  mahsulot  uning  o‘rnatilgan  talablarga 
muvofiqligini­ tasdiqlovchi­ sertifikatga­ va­ muvofiqlik­ belgisiga­
ega­ bo‘lishi­ lozim.­ Muvofiqlik­ sertifikati­ yo‘q­ bo‘lganda­ bojxona­
tekshiruv­idoralari­keltirilgan­mahsulotni­sertifikat­lashtirish­Mil­


70
liy­ tizimi­ qoidalari­ bo‘yicha­ sertifikatlashtirishni­ o‘tkazish­ ma­
salasini hal etishgacha to‘xtatib qo‘yadi.
Qonun  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  tashabbusi  bilan 
sertifikatlashtirishni­ ko‘zda­ tutadi.­ Tashabbus­ bo‘yicha­ ixtiyoriy­
sertifikatlashtirish­ mahsulotning­ me’yoriy­ hujjatlar­ talab­
lariga­ muvo­fiqligini­ tasdiqlash­ uchun­ o‘tkazilishi­ mumkin.­
Qonun  tekshirish  va  nazorat  masalalarini  tartibga  soladi. 
Tayyorlovchilarning­ majburiy­ sertifikatlashtirish­ qoidalariga­
amal qilayotganligi ustidan davlat nazoratini davlat inspektorlari 
amalga­ oshiradi.­ Sertifikatlashtirilgan­ mahsulotni,­ sifat­ tizim­
larini,­ ishlab­ chiqarishlarning­ inspeksion­ tekshiruvini­ sertifikat­
lashtirish  bo‘yicha  idoralar,  akkreditlangan  sinash  laboratoriya-
lari­ (markazlari),­ sertifikatlash­tirish­ bo‘yicha­ idoralar­ va­ serti­
fikat­lashtirish­ sohasidagi­ tekshiruv­ idoralarining­ faoliyati­ akkre­
ditlovchi idora sifatida «O‘zstandart» agentligi tomonidan tekshi-
riladi.
Qonunda­ sertifikatlashtirishni­ o‘tkazish­ bilan­ bog‘liq­ bo‘lgan­
kelishmovchiliklarni  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  masalalar  ham  aks 
ettirilgan.­Manfaatdor­tomon­sertifikatlashtirish­natijasiga­norozi­
bo‘lganda  «O‘zstandart»  agentligining  Apellatsiya  kengashiga 
murojaat  qilish  huquqiga  ega.  «O‘zstandart»  agentligining 
Ape­llatsiya­ kengashi­ sertifikatlashtirish­ bo‘yicha­ idoralarning­ va­
sinash  laboratoriyalari  (markazlari)ning  qarorlariga  shikoyatlarni 
ham ko‘rib chiqadi.
Qonunda­ tayyorlovchilarning­ majburiy­ sertifikatlashtirish­
qoidalarini  buzganligi  uchun  javobgarlik,  shuningdek,  ser ti-
fikat­lashtirish­ bo‘yicha­ idoralarning­ sertifikati­ asossiz­ beril­
ganligi va so‘rovchining tijorat sirini oshkora qilganligi uchun 
mas’ulligi­ ko‘zda­ tutilgan.­ Majburiy­ sertifikatlashtirilishi­
lozim­bo‘lgan,­sertifikatlashtirilmagan­mahsulotni­xaridga­chi­
qarganligi  uchun  aybdorlar  o‘rnatilgan  tartibda  javobga rlikka 
tortiladi.


71

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish