Frezaning detalga nisbatan harakat yo‘nalishi
Frezalash dastgohi qo‘zg‘almas stolli cho‘yan staninadan
iborat. Staninada valli support va unga mahkamlangan shpindel
joylashgan. Support yo‘naltiruvchilar bo‘ylab tik yo‘nalishda ha-
rakatlanadi. U tasmali uzatma orqali elektr dvigatelidan harakat
oladi.
Frezalash dastgohida ishlar chizg‘ich bo‘yicha (to‘g‘ri detal-
larni silliq va shakldor frezalash) hamda halqa bo‘yicha anda-
zalarda (egri detallarni ishlash va ramkalar chetlariga ishlov be-
rish) amalga oshiriladi.
To‘g‘ri qirralar shpindeli pastda joylashgan, yoyli yo‘nalti-
ruvchi chizg‘ich bilan jihozlangan dastgohlarda frezalanadi.
Yo‘naltiruvchi chizg‘ich yordamida yon yuzani parron yoki
parronsiz frezalash mumkin. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich turli qalin-
likdagi ikki qismdan iborat: chizg‘ichning old qismi ketingi qis~
midan, yo‘niladigan yog‘och qatlamining qalinligicha yupqaroq.
Old chizg‘ich ketingi chizg‘ichga aniq parallel bo‘lmog‘i
va undan 1,5-2
mm, ya‘ni yog‘ochning yo‘naladigan qatlami
qalinligiga teng masofada orqada turmog‘i kerak. Chizg‘ichlar
dastgoh stolining tekisligiga aniq perpendikular bo‘lishi lozim.
Zagotovkaning ko‘ndalang kesimini frezalashda chizg‘ichlar
oralig‘i
1,5-2
mm bo‘lmog‘i, bunda freza chizg‘ichga nisbatan
kesim chuqurligicha chiqib turishi zarur.
Yassi frezalashda frezani shunday o‘rnatish kerakki, pastki
uchining qirquvchi qirralari stol sathidan
3—5
mm pastda
joylashadigan bo‘lsin.
66
To‘g‘ri zagotovkalarni parronmas frezalashda stolga zagotov
kalarni frezalash uzunligini cheklaydigan tirgaklar mahkamlab
qo‘yiladi.
Dastgohda quyidagicha ishlanadi: ishchi zagotovkani keng
tomoni bilan stolga qo‘yadi va uning ishlov berilishi lozim bo‘l-
gan qirrasi bilan chizg‘ichga qisib turgan holda qirquvchi asbob
tomon surib boradi. Zagotovkani asbobga siltantirmasdan, chi-
g‘ichga qisib turgan holda uzatish kerak.
Egri qirralar halqa bo‘yicha andazalarda frezalanadi. Egri
kesimli zagotovkalarni parron frezalashda moslamadan foyda-
lanish lozim, u andaza, tirgak va asos
— yostiqdan iborat bo‘la-
di. Zagotovka andaza ichiga qo‘yiladi va talab etiladigan va-
ziyatda qisqich bilan mahkamlanadi. Parron frezalashda qisqich-
siz moslamadan foydalaniladi. Andazalar ichiga qo‘yilgan zago-
tovkalar ularda zich yotmog‘i va tirgakka aniq tegib turmog‘i
darkor.
Frezalashni boshlashdan oldin zagotovkaning atrofi tasmasi-
mon arrali dastgohda, ishlovga qo‘yib qoldirib arralab tashla-
nishi kerak (egriligi uncha katta bo‘lmasa). Zagotovka mah-
kamlangandan keyin andaza halqaga qisib qo‘yiladi va stolda
harakatlantirilib unga ishlov beriladi.
Keyingi ishlovga yetarlicha qo‘yim qoldirilmagan yoki old
chizg‘ich bilan ketingi chizg‘ich oralig‘i yetarli bo‘lmasa, zago-
tovkaning qirralari chala randalanadi. Agar ish vaqtida detal
kesimi buzilsa yoki siljib qolsa, freza stolning ish tekisligiga
nisbatan noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi. Yuzaning to‘lqinsimon
chiqishiga detaining yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarga zich qisib
qo‘yilmaganligi sabab bo‘ladi. Yomon charxlangan yoki o‘tmas
asbob bilan ishlaganda detaining yuzasi paxmoqdor chiqadi.
Dastaki uzatmali frezalash dastgohlari bilan ishlash xavfli
hisoblanadi. Qirquvchi asbob (freza, pichoqli kallak va b.) eng
katta xavf tug‘diradi, chunki frezalash paytida ishchining qo‘llari
qirquvchi asbobga yaqin turadi.
67
Frezaning ishda qatnashmaydigan qismi va chiqib turuvchi
qismlar (shpindellar) to‘sib qo‘yiladi. Chizg‘ich bo‘yicha ishla-
yotganda qisqichdan foydalanish lozim. Halqa bo‘yicha ish-
laganda zagotovkalarga faqat andazalar ichida ishlov beriladi,
frezaning qirquvchi qismi surilma to‘siqlar bilan jihozlanishi
kerak. Yog‘och tolalariga qarshi yo‘nalishda egri chiziqli
frezalash mumkin emas.
Chizg‘ichlar yoyga puxta mahkamlab qo‘yilmog‘i darkor.
Dastgoh tormozlash va blokirovkalash qurilmalari bilan jihoz-
lanishi kerak.
Shpindel zarur chastota bilan aylana boshlagandan keyingina
frezalashni boshlash mumkin.
Frezalash dastgohida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik tex-
nikasi qoidalariga rioya qilish talab etiladi:
1. Frezalash vaqtida frezalanadigan yog‘och materialni ish-
dan chiqarib (ortiqcha o‘yib) qo‘ymaslik uchun yo‘naltiruvchi
chizg‘ichlarni mahkam va aniq o‘lchamda o‘rnatish talab etiladi.
Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning aniq o‘rnatilganligini tekshirish
uchun oldin biror keraksiz taxta frezalab ko‘riladi.
2. Tirnoq chiqarish va quloq ochishda frezalar orasiga q
o‘yi-
ladigan halqalarni aniq tanlash kerak. Mos halqalar tanlanib
frezalar o‘rnatilgandan so‘ng biror keraksiz taxtani frezalab
ko‘rib, reja bo‘yicha frezalanganligi tekshiriladi yoki andaza
yordamida tekshirib olinadi.
3.
Frezalash vaqtida qo‘lni frezalarga yaqin tutmaslik kerak.
4. Dastgoh ishlab turgan vaqtda ish stolini arralashda hosil
bo‘
lgan qipiqdan tozalamaslik, y
o‘
naltiruvchi chizg‘ichni ish-
ga sozlamaslik kerak. Bu ishlar dastgoh to‘xtatilgandan so‘ng
bajariladi.
5.
Frezalash vaqtida taxta materialni frezaning aylanish
yo‘nalishiga (kesish harakatiga) qarama-qarshi surish kerak.
Aks holda, taxtani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga jips tutib surish
68
og‘irlashadi. Bu esa frezalashning bir tekis chiqmasligiga sabab
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |