42
V BOB
.
YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
DASTGOHLARI
Dumaloq arrali dastgohlar
Dumaloq arrali dastgohlar arralangan materiallar, taxta ma-
teriallar (faner, yog‘och tolasidan, yog‘och qipig‘idan tayyor-
langan plitalar)ni arralash uchun ishlatiladi. Bajaradigan operat-
siyalarga qarab dastgohlar ko‘ndalangiga va bo‘ylamasiga arra-
laydigan dastgohlarga bo‘linadi (28-rasm).
28-rasm.
Zagotovkani disk arralar bilan kesishda
kinematik uchrashish burchagining o‘zgarishi
(u
—
surish harakati vektori,
υ —
kesish harakati vektori).
Ko‘ndalangiga arralash uchun PAN HANS
- 690 sharnir -
mayatnikli ko‘ndalang arralash dastgohi va arrasi to‘g‘ri chiziqli
harakatlanuvchi ALTENDORF ko‘ndalang arralash dastgohi
ishlatiladi.
43
500
mm dan kalta taxtalar andazalar yordamida
ko‘ndalangiga arralanadi Arra diski avtomatik ishlaydigan to‘siq
bilan shunday jihozlanmog‘i kerakki, arra tishlari arralanadigan
material qahn- hgida ochiladigan bo‘lsin Dastgohda ishlayotgan
ishchi arra diskidan kamida 300
mm narida turishi lozim.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalanda yog‘och materiallarni arra-
lashda disk arradan foydalaniladi Disk arraning asosiy qism-
lari, stanina, plita, arra diski, yo‘naltiruvchi chizg‘ich va to‘pon
to‘plagichdan lborat
Stanina arraning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, uning ustiga
plita o‘rnatiladi. Plita dastgohning ish stoli hisoblanadi Arra-
lanadigan taxta material shu phta bo‘ylab suriladi Plitadan arra
diski chiqib tunshi uchun unda tirqish ochilgan bo‘ladi Staninaga
val o‘rnatilib, uning bir uchiga shkiv, lkkinchi uchiga arra diski
mahkamlanadi Arra d
iski arralanadigan taxta materialning
qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to‘g‘ri va
qiyshiq tishli bo‘ladi.
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiri-
ladi. U minutiga
2000-3000
martagacha aylanadi. Arralash
vaq- tida hosil bo‘lgan to‘pon atrofni ifloslamasligi, ishchining
ko‘ziga tushmasligi uchun to‘pon to‘plagichni past o‘rnatish va
himoya ko‘zoynagini taqib ishlash, dastgohda hamma vaqt ikki
kishi turib arralashi, yog‘ochni surib turuvchi odam uni oxiri-
gacha qo‘l bilan surmasligi talab etiladi.
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda
zakrov, chok, ariqcha ochish ishlari ham bajariladi. Bu maq-
sadda vintlar yordamida plitani ko‘tarish yoki tushirish yo‘li
bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi qismini yo‘nal-
tiruvchi chizg‘ich bilan arra diski orasidagi masofa zarur
o‘lchamga sozlanadi (32-rasm).