Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

«Arzon pullar siyosati»
yoki 
«Qimmat pullar siyosati»
kabi iboralarning iste’molga kirib 
kelishi ham kreditning qimmatlashuvi yoki arzonlashishidan kelib 
chiqqan. 
Kredit foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorda foiz stavkasining 


455
o‘zgarishiga qarab foiz stavkasi ikki turga bo‘linadi: 
qat’iy belgilangan foiz stavkasi; 
suzib yuruvchi foiz stavkasi. 
Qat’iy belgilangan foiz stavkasi –
zayom mablag‘idan 
foydalaniladigan barcha davr uchun o‘zgarmaydigan bir xil darajada 
o‘rnatilgan stavkadir. Bu stavkalar kredit shartnomasi bajarilgunga qadar 
o‘zgarmasdan qoladi.
19F
1
Bu tijorat banki uchun noqulay stavkadir. Bunda 
bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan, 
bank 30% stavkada bir yillik kredit berdi, deylik. Uch oydan keyin ssuda 
kapitali bozorida bir yillik kreditlarning foiz stavkasi 35%ga ko‘tarilsa, 
bu zarardir. 
Suzib yuruvchi foiz stavkasi 

 
bu o‘rta va uzoq muddatli 
kreditlarga o‘rnatiladigan stavka bo‘lib, uning darajasi pul-kredit 
bozoridagi konyunkturaga bog‘liq ravishda tebranib turadi. 
Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki asosiy ajralmas qismdan tashkil 
topadi. Birinchi qismi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog‘liq 
ravishda o‘zgarib turadi. Uning vazifasini odatda taklifdagi kredit 
resurslarining banklararo stavkalari, ya’ni Londonda – LIBOR, Parijda – 
PIBOR, Singapurda – SIBOR, Quvaytda – KIBOR, Lyuksemburgda – 
LYuKSIBOR va hokazolar qo‘llaniladi. 
[289]. 
LIBOR – Londondagi jahon ssuda kapitali bozorida etakchi 
erkin almashadigan valutalar, ya’ni AQSh dollari, Germaniya markasi, 
Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi kabi valutalardagi depozitlarga 
to‘lanadigan o‘rtacha foiz stavkasidir. U har kuni London vaqti bilan 
soat 12
00
da butun dunyoga «Faynenshil tayms» London gazetasi orqali 
e’lon qilinadi.
LIBOR eng yirik London banklari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 
bo‘lib, unga asoslanib London banklari yevrovaluta bozorida birinchi 
toifali banklarga ssuda taqdim etadi. Amaliyotda LIBOR valuta turlari 
va muddatlari bo‘yicha (1, 3, 6 va 12 oyga) tabaqalanadi. LIBORning 
rasmiy holda qayd etilishi mavjud emas. Yevro-valuta bozorida 
operatsiyalar olib boradigan har bir yirik London banklari pul bozorida 
vujudga kelgan konyunkturaga ko‘ra uni belgilaydi va o‘zgartiradi.
LIBOR odatda o‘zgarib turuvchi foiz stavkalari shartlari bilan o‘rta 
muddatli bank kreditlari berilishida bazis sifatida qo‘llaniladi. Bunda 
LIBOR har bir kelishilgan foiz davri davomida kreditning o‘zgarib 
turuvchi quyi chegarasi narxini belgilaydi, odatda u 3-6 oyni tashkil 
1
Stavka o‘zgarmas darajada turadigan vaqt (odatda 3-6 oy) foiz davri deb yuritiladi. 


456
etadi. 
O‘zgaruvchi stavkada bank aktivlari foizlaring o‘zgarishi natija-sida 
zararga uchramaydi. Bu stavkalarni yevrodollarli kreditlar misolida 
ko‘rib chiqish mumkin. Aytaylik, LIBORning darajasi 6 %, bank 
belgilangan 
20F1
- 1 %. Demak, yevrodollarli kreditning foiz stavkasi - 7 %. 
Agar LIBOR 5 %ga tushdi deylik. Bunda kreditning foiz stavkasi 6 % 
bo‘ladi. Bank bundan zarar ko‘rmaydi. Chunki spred o‘zgarmasdan 
qoladi. Bu yerda faqat LIBOR o‘zgaryapti.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish