Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

To‘lov topshiriqnomasi 
– tijorat bankining o‘z mijozi talabiga 
binoan uning mablag‘i hisobidan to‘lanishi zarur bo‘lgan summani olishi 
shart bo‘lgan xorijiy korxonaga (benefitsiarga) mablag‘ni pochta yoki 
telegraf yo‘li bilan o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi boshqa mamlakatdagi 
bank korrespondentga bergan buyrug‘i hisoblanadi.
Valuta olishning eng tez va ishonchli vositasi – 
telegraf o‘tkaz-
masidir
. Bank korrespondentlar tomonidan maxsus kodning qo‘lla-
nilishi valuta mablag‘lari bo‘yicha zarar keltirish va o‘z mijozlariga 
mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan xatolarga yo‘l qo‘yishdan 


271
saqlaydi. O‘tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning o‘zida 
bajaradi: 
milliy valuta hisobiga mijozga xorijiy valuta sotadi; 
xorijiy valutani chet elga o‘tkazib beradi. 
Bank o‘tkazmalari orqali hisob-kitoblarda eksportchilar import-
chilarga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, da’volar va o‘zaro 
boshqa hisob-kitoblar uchun hisobvarag‘i va boshqa hujjatlar yubo-
radilar. Bu hujjatlar asosida tovarlar va xizmatlar haqini to‘laydiganlar 
o‘z banklariga eksportchi yoki kreditorlar hisobiga pul o‘tkazish 
to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomalarini yuboradilar. 
Shunday qilib, xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va 
majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni mamlakatlararo muvofiqlashtirish 
tizimini tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank – korrespon-
dentlari orqali o‘tkazma, cheklar, veksellar, o‘zaro talab va majbu-
riyatlarni tenglashtirib voz kechish yo‘li bilan naqd valutasiz amalga 
oshiriladi.
Garchi xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilarining o‘tkazilish 
yo‘llari ichki hisob-kitoblarga o‘xshash bo‘lsa-da, ammo ulardagi 
o‘tkazish yo‘llarida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlarni 
quyidagicha ta’riflash mumkin. 
Birinchidan
, odatda ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) 
va tijorat (konosament, nakladnoy) hujjatlar yordamida amalga oshi-
riladi. 
 Ikkinchidan
, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir 
shaklga keltirilgan). Bunday shaklda hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
ko‘pchilik mamlakatlar banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek 
konvensiyalariga amal qilishadi (Jenevada 1930 va 1931-yillarda qabul 
qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi e’lon qilgan «hujjatli akkre-
ditivlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro 
miqyosda hisob-kitob operatsiyalari olib boriladi). Bu hujjatlarga tashqi 
savdo aloqalarida bankka akkreditiv to‘g‘risida buyruq berilganda va 
inkasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo‘ladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish