Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

Birinchidan,
mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo 
qo‘yadi va o‘z o‘rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob-
varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan 
tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish mumkin emas. 
Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda 
xohlagancha sarf qilishi mumkin. Shunday qilib, bank qarz berib, o‘z 
mijoziga depozit ochadi va mijoz undan erkin foydalana oladi. 
Ikkinchidan
, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar 
berib, pul ishlaydilar. Bu kreditlar boshqa banklarga depozit mablag‘ 
bo‘lib tushadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bank jalb qilgan depozit-
larini kafolatlash uchun zaxiralar fondini tashkil qiladi. Shunday qilib, har 
bir jalb qilingan depozit qo‘yilmasi zaxiralar hajmining ortib borishini 
ta’minlaydi va bu mablag‘lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar 
boshqa banklarga depozit ko‘rinishida oqib o‘tadi va yangidan kreditlar 
berish imkoniyati yuzaga keladi. Oxir-oqibatda, banklarning kredit berish 
vazifasiga asosan, ularning depozit hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lari 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Banklar-
ning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat 
tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir. 
Banklarning o‘zaro kredit olishlaridan maqsad o‘z resurslarini oshi--
rish ular hisobidan kreditlar berish hamda qo‘shimcha daromad olishdan 
iborat.
[9].
Banklar faoliyatidagi xizmat turlarining ortib borishi va ken--
gayishi yaqin kelajakda ularning hozirgi banklarga qaraganda butunlay 
o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlarning sodir 
bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda: 
1.
Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo‘lgan talabning ortishi. 
Ba’zi bir zamonaviy banklar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok 
etish, sug‘urta savdosida brokerlik qilish, loyihalarni investitsiyalash, qim-
matli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik qilish, moliya-
viy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy shaxslarga maslahatlar xizmatini 
taklif qilmoqdalar. 
2.
Raqobatning o‘sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institut-
larida xizmat turlarining kengaytirishi natijasida ular o‘rtasidagi raqobat 
kuchayadi. Bu raqobat kelajakda banklarda xizmat turlarini yanada 
kengaytirilishiga olib keladi. 
3.
Texnologiya sohasidagi o‘zgarishlar, ya’ni to‘lovlarning yangi 
integratsiyalashgan vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan 


17
bank operatsiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi. 
4.
Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan 
kengayishi. 
5.
Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta 
tizimining kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishi-
ga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida 
yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. 
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar 
samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. Chunki ular davlat korxonalarini 
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliya-
lashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosati amalga oshirilishini ta’-
minlaydilar. 
Bu o‘rinda, banklarning samarali faoliyat ko‘rsatishlarida bank 
boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik 
lozim. Bank boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: 
professionalizm, ishga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonch, qat’iy-
lik va ishga fidoyilik; 
yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayot-
ga tatbiq eta olish qobiliyati; 
odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati; 
chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish; 
hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash; 
ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga 
oson moslashish; 
vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos 
g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish; 
o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish; 
serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish; 
o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hu-
jumga o‘ta olish; 
o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish; 
jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish. 
Boshqaruvchi keng bilim sohibi bo‘lishi, yangicha fikr yurita olishi, 
uni qo‘llab-quvvatlashi va psixologik qobiliyatga ega bo‘lishi, oqilona 
ish yuritishi, kerak bo‘lganda, tavakkaliga ish ko‘ra olishi lozim. Biznes-
loyihalarni ishlab chiqish, tuzatishlar kiritish, marketing tadqiqotlarini 
amalga oshira olish, bozortalab ehtiyojlarni oldindan ko‘ra bilish ko‘nik-
masiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, axborot va umumiy axborot 


18
potensiali, vaqt va xodimlardan mohirona foydalanib, ularning ko‘ngli-
dagini ochiq aytishga, guruhlar munozarasini samarali o‘tkazishga rag‘-
batlantirish, qisqasi, mohir yetakchi bo‘lish orqali yuksak natijalarga 
erishishni ta’minlashga harakat qilishi lozim. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish