Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

Yillik foiz stavkasi 
bir yil uchun to‘langan yalpi to‘lovlarning 
kredit summasiga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi. Bu stavka jismoniy 
shaxslarga eng qulay kreditlarni tanlashga yordam beradi.
Oddiy foiz stavkasi 
eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun 
qo‘llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta 
shartnomaga binoan kreditorga foiz to‘lanadi. Bu usulda qarzdorning 
to‘laydigan umumiy to‘lov summasi quyidagicha aniqlanadi: 
S = P(1 + ni) 
Bu yerda: 
S – boshlang‘ich qarzni hisobga olgan holda kredit uchun 
to‘lanadigan to‘lov summasi; 
P – boshlang‘ich qarz; 
i – foiz stavkasi; 
n – ssudaning davomiyligi (yil yoki ssudadan foydalanish 
kunlarining qo‘llaniladigan bazaga nisbati: 360 yoki 365 kun). 
Oddiy foiz stavkasining xususiyati shundaki, mijoz kreditni 
bosqichma-bosqich to‘lashi natijasida foiz stavkasi qolgan qarz 
hisobidan olinadi. 
Masalan, mijoz 2000 $ hajmida kredit olgan va uni bosqichma-
bosqich har chorakda bir marta 500 $ dan to‘lash to‘g‘risida 
shartnomada kelishilgan bo‘lsin. Har bir chorakda foiz to‘lovi 
quyidagicha bo‘ladi: 
I chorak = foiz to‘lovi = 2000 · 0,12 · 0,25 = 60 $ 
II chorak = foiz to‘lovi = 1500 · 0,12 · 0,25 = 45 $ 


459
III chorak = foiz to‘lovi = 1000 · 0,12 · 0,25 = 30 $
IV chorak = foiz to‘lovi = 500 · 0,12 · 0,25 = 15 $ 
Jami 1 yillik foiz to‘lovi 150 $ ni tashkil qiladi. Har chorakda 
to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar: 
I chorak = 500 + 60 = 560 $ 
II chorak = 500 + 45 = 545 $ 
III chorak = 500 + 30 = 530 $
IV chorak = 500 + 15 = 515 $ 
Jami yillik to‘lov 2150 $ teng. 
Ushbu ko‘rsatkichlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, 
kreditga oddiy foiz stavkasi o‘rnatilganda to‘lov muddati yaqinlashgan 
sari mijozning mablag‘i tejaladi. 
[294]. 
Diskont inglizcha «discount» so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-
lamoq ma’nosini beradi. U uch xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin: 
banklar tomonidan qimmatli qog‘ozni muddatidan ilgari qaytarib 
sotib olish (aksiya hisobi); 
qimmatli qog‘ozni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan 
foiz; 
tovar narxi (masalan, sifatli standartga to‘g‘ri kelmaganda), birja 
va valuta bitimlarida valuta narxidan chegirma (tashlama). 
Kreditga o‘rnatiladigan 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish