Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

 
47-jadval. 
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning 
kreditga layoqatliligini aniqlash tartibi 
Ming so‘m 

 Ko‘rsatkichlar 
Bazis davr 
Joriy davr 

1 2 



Likvid mablag‘lar 
109 627 
138 991 
126,8 
a) pul mablag‘lari 
2474 
11313 
457,3 
b) tez sotiladigan talablar 
25606 
62286 
243,2 
1. 
c) tez sotiladigan zaxiralar 
81 547 
65392 
80,2 
Majburiyatlar - jami sh.j.: 236136 
250464 
106,1 
2. 
a) Qisqa muddatli majburiyatlar 51107 61179 
119,17 
o‘z mablag‘lar manbalari 
185029 
189285 
102,3 
a) ustav kapitali 
169181 
169181 
100,0 
b) rezerv kapitali 
503 
503 
100,0 
3. 
c) taqsimlanmagan foyda 15345 
19601 
127,7 
4. Uzoq 
muddatli 
aktivlar
126509 
111473 
88,1 
Aylanma mablag‘lar: 
a) jami, sh.j. 
109627 
138991 
126,8 
b) o‘z aylanma mablag‘lar (3-4)
58520 
77812 
132,9 
5. 
c) aylanma mablag‘larning o‘rtacha 
qoldig‘i 
54813 69496 
126,8 
6. Sotilgan mahsulot hajmi 
234949 
291256 
124,0 
7. Tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar
360 
360 

Koeffitsiyentlar 
Balans likvidligi (1:2) 
0,46 
0,55 
119,6 
Qoplash koeffitsiyenti (1:2a) 
2,15 
2,27 
105,6 
Likvidlik koeffitsiyenti
(1 qatorning a+b)/2 
0,55 1,20 
2,18 
Moliyaviy barqarorlik 
koeffitsiyenti (3:2)·100 
78,3 75,5 
96,4 
O‘z aylanma mablag‘larining 
salmog‘i (5b:5a) 
53,4 56,0 
104,9 
Aylanish koeffitsiyenti 
a) so‘mda (6:5v) 
4,3 
4,2 
97,7 
b) kunda (5v · 7:6) 
84 
86 
102,4 
 
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 30 
foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar aylanma mablag‘larning aylanish 
tezligi ko‘proq bo‘lsa, unday hollarda bu ko‘rsatkichning quyi darajasi 
(xo‘jalik faoliyatining turiga qarab) biroz pastroq bo‘lishi mumkin. Agar 
bu koeffitsiyent 60 foiz bo‘lsa, kredit riski minimal darajaga tushirilgan 
hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, 
korxona shunchalik moliyaviy barqaror hisoblanadi va bank kreditini 


360
o‘z vaqtida qaytarish layoqatliligi yuqori bo‘ladi. 
Yuqoridagi misolimizda moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti bazis 
davrda 78,3 foizni, joriy davrda esa 75,5 foizni tashkil qilib shu davr 
ichida bu ko‘rsatkich 2,8 punktga kamaygan. Ammo bu kamayish 
mijozning sinfiga o‘z ta’sirini o‘tkazmagan. Natijada mijoz birinchi 
sinfdaligicha qolgan. 
[223]. 
Mijozni likvid yoki nolikvid balansliligini aniqlash uchun 
kreditga layoqatlilikning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblash zarur: 
o‘z aylanma mablag‘larining hajmi va dinamikasi; 
samaradorlik (foydalilik) koeffitsiyenti; 
noto‘lovlar va aylanma mablag‘larining aylanish sur’atlari. 
O‘z aylanma mablag‘larining hajmi quyidagicha aniqlanadi: 
O‘z aylanma 
mablag‘lari 
hajmi 

O‘z mablag‘lari 
manbalari 

Uzoq muddatli 
aktivlar 
47-jadvalda:
5b = 3 - 4 
Bazis davrda o‘z aylanma mablag‘larining hajmi 58520 ming 
so‘mni, joriy yilda esa 77812 ming so‘mni tashkil qildi. Bu holat 
mijozning likvid balansga ega ekanligidan dalolat beradi, chunki o‘z 
aylanma mablag‘lari hajmi shu davr ichida 19292 ming so‘mga ortgan. 
Uzoq muddatli aktivlar esa shu davr ichida 15036 ming so‘mga 
kamaygan. 
Agar asosiy vositalar o‘z mablag‘lari manbayidan ortiq bo‘lsa, bunday 
holda mijoz nolikvid balansga ega bo‘ladi. 
Nolikvid balansli korxonalarga esa kredit berilishi mumkin emas. 
Kreditga layoqatlilikni aniqlashda o‘z aylanma mablag‘larning 
salmog‘ini, ularning aylanish sur’atlarini inobatga olish o‘ta zarurdir. 
Chunki bu salmoq ortib borsagina yoki oldingi davrga nisbatan 
o‘zgarishsiz qolsagina mijozning kreditga layoqatliligi ijobiy hisob-
lanadi. Mablag‘larning aylanish sur’atlari: 
aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti (marta); 
aylanma mablag‘larning aylanishi (kunda) ko‘rsatkichlari bilan 
ifodalanadi. 
47-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kuzatilayotgan korxo-
nada aylanma mablag‘larining aylanish koeffitsiyenti bazis davrda 4,3 
marta aylangan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 4,2 martani tashkil 
qilgan. Demak, aylanish sur’ati birmuncha kamaygan. Aylanma mab-
lag‘larning kunlarda aylanishi bazis davrda 84 kunni tashkil etgan 
bo‘lsa, joriy davrda 86 kunga teng bo‘lgan. Demak, aylanma mablag‘-
larning aylanishi tezlashgan. Bu, albatta, ijobiy holat. Chunki aylanma 


361
mablag‘larning aylanishi qanchalik tezlashsa, shunchalik aylanma 
mablag‘lari iqtisod qilinadi. 
 [224].
Kredit mutaxassisi kredit oluvchining kredit olish uchun 
ariza berishga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yishga qonuniy jihatdan 
huquqi borligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shu huquqning borligi 
mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiradi. Agar mijoz yuridik 
shaxs bo‘lib, yirik korxona yoki uyushma bo‘lsa, uning vakili albatta shu 
korxona yoki uyushmaning Kengashi tomonidan tayinlangan, tasdiqlan-
gan bo‘lishi, uning nomidan muzokaralar olib borib, kredit shartnomasi-
ni imzolash huquqini olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun mijoz kredit 
mutaxassisiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasini topshirishi 
kerak bo‘ladi. 
Mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiruvchi ma’lumotlar: 
mijoz va kafillarining haqiqiyligi; 
mijoz yuridik maqomiga ega ekanligini tasdiqlovchi Nizom, 
qaror, bitimlar va boshqa hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
mijozning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti, uning 
mijozlari va xomashyo bilan ta’minlovchilari haqidagi notarial tasdiq-
langan hujjatlar to‘plami. 
[225]. 
Kredit olish uchun berilgan har qanday arizani tahlil qilish 
jarayonida kredit mutaxassisi mijoz kreditdan foydalanishi natijasida 
olgan daromadi orqali kreditni qaytarish uchun yetarli mablag‘ga ega 
bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savolga ijobiy javob olishi lozim. 
Mijoz olgan kreditni qoplashi uchun asosan uchta manbaga ega 
bo‘ladi: 
a) naqd pul oqimi; 
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish; 
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali 
mablag‘larni jalb qilish. 
Qayd qilingan mablag‘lardan har qaysisi kreditni qoplay oladi. 
Lekin banklar asosan naqd pul oqimini afzal ko‘radilar. Chunki mijoz 
aktivlarining sotilishi uning balansi ahvolini yomonlashishiga, chetdan 
qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishi esa bankning kreditor sifatida 
mavqeyining pasayishiga olib keladi. 
Mijozning pul mablag‘lari haqida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: 
a) mijozning o‘tgan davrdagi dividendlari va sotilgan mahsulotlari 
hajmi; 
b) ko‘zda tutilgan naqd pul tushumining yetarliligi; 
c) likvid zaxiralarning mavjudligi; 
d) debitor-kreditor qarzlarni to‘lash muddati, tovar-moddiy 


362
zaxiralarning aylanishi; 
e) sarmoyaning tuzilishi va leveraj darajasi, ya’ni o‘z sarmoyasi va 
jalb qilingan mablag‘lardan foydalanilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari; 
f) xarajatlar ustidan nazorat; 
g) qoplanganlik ko‘rsatkichlari; 
h) aksiyalari baholarining o‘sishi; 
i) boshqaruv sifati; 
j) auditor xulosasi; 
k) buxgalteriya hisobidagi so‘nggi o‘zgarishlar. 
[226]. 
Mijozning ta’minlanganlik darajasi masalasida kredit mijozi, 
mijoz kreditni ta’minlashi uchun yetarli sarmoyaga yoki sifatli 
aktivlarga egami, degan savolga javob bera olishi lozim. Kredit 
mutaxassisi mijoz aktivlarining xizmat muddati, tuzilishi va ahvolini 
yaxshilab o‘rganishi kerak. Bunda asosiy omil mijozning texnologiyasi 
bo‘lib, uning aktivlari texnologiya nuqtayi nazaridan eskirgan bo‘lsa, 
ularning ta’minlanganlik qobiliyati yuqori bo‘lmaydi, chunki mijoz 
daromadlari kreditni qoplash uchun yetmay qolganda, bu aktivlarni naqd 
pulga aylantirish qiyin bo‘ladi. 
Mijozning ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagicha: 
a) aktivlarga egalik huquqi; 
b) aktivlardan foydalanish muddati; 
c) ma’naviy eskirish ehtimoli; 
d) qoldiq bahosi; 
e) aktivlarni muayyan maqsadlarga mos kelish darajasi; 
f) majburiyatlar va cheklanishlar; 
g) lizing bo‘yicha majburiyatlar va garov hujjatlari; 
h) sug‘urta kafolati; 
i) bankning kreditor sifatidagi o‘rni; 
j) soliq solish bo‘yicha da’volar; 
k) kelajakda yuzaga keladigan moliya bilan ta’minlanish ehtiyojlari. 
[227]. 
Kredit mutaxassisi mijoz va u bilan bog‘liq bo‘lgan sohadagi 
va umuman iqtisodiyotdagi so‘nggi o‘zgarishlardan doimo xabardor 
bo‘lishi lozim. Hujjatlarga ko‘ra, kredit juda ishonchli va daromadli 
bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin mamlakat iqtisodiyotidagi tanglik 
tufayli mahsulotlar savdosi hajmining va daromadning kamayishi yoki 
pulning qadrsizlanishi tufayli foiz stavkalarining ko‘tarilishi natijasida 
kredit sifati yomonlashishi (pasayishi) mumkin. Kredit oluvchi faoliyat 
ko‘rsatayotgan mazkur soha va iqtisodiyotni baholash maqsadida 
kreditor ularga taalluqli ma’lumotlar va axborotlar majmuyini to‘playdi. 
Bu quyidagilardan iborat: 
a) mijozning tarmoqdagi holati va bozordagi ulushi; 
b) mijoz faoliyatining natijalari bilan mazkur tarmoqdagi boshqa 


363
firmalar faoliyatlari natijalarining taqqoslanishi; 
c) mahsulotning raqobatdoshligi; 
d) mijoz va tarmoq faoliyatining texnologiyadagi o‘zgarishlarni 
sezuvchanligi; 
e) ish kuchi bozoridagi sharoit; 
f) pul qadrsizlanishining mijoz balansi va naqd pullari oqimiga 
ta’siri; 
g) tarmoqning uzoq kelajakdagi faoliyati rejalari; 
h) qonunlar, siyosat va atrof-muhitni saqlash bilan bog‘liq omillar. 
[228]. 
Mijozning kredit olishga layoqatliligini baholashning eng 
so‘nggi omili – nazoratdir. Mavjud qonunlar va tartiblarning o‘zgarishi 
mijozning faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, mijoz arizasi bank 
andozalariga va kreditni tartibga solib turuvchi organlar talablariga mos 
kelishi nazorat orqali aniqlanadi. Nazorat quyidagilarni o‘zida 
mujassamlashtiradi:
a) bank faoliyatiga hamda kreditlarning xususiyati va sifatiga 
taalluqli qonunlar va qoidalar; 
b) nazoratchilarga taalluqli hujjatlar; 
c) qarzlarning mavjudligi va kredit olish to‘g‘risida mohirona 
tuzilib, tasdiqlangan hujjat; 
d) kredit olish uchun yozilgan arizaning bank kredit siyosatiga 
muvofiq kelishi; 
f) tarafdor kishilar (iqtisodchilar, siyosiy ekspertlar) tomonidan 
kreditni qoplashga ta’sir etuvchi tashqi omillar haqida axborotlari. 
[229]. 
Banklar va tadqiqotchilar mijozlarning moliyaviy ahvoli va 
kreditning qoplanishini baholash uchun asosan tashqi ma’lumotlarga 
tayanadilar. Bunda eng avval mijozning moliyaviy hisobotlari, taqdim 
etgan kredit olish to‘g‘risidagi arizada berilgan ma’lumotlar, ya’ni 
olinishi mo‘ljallanayotgan kredit hajmi, kredit olishdan maqsad, kredit 
oluvchining boshqa mavjud majburiyatlari, ta’minlanganlik sifatida 
mijozning taklif qilinadigan aktivlari tahlil qilinadi.
Bank mijozga avval kredit bergan kreditorlar bilan ham uchrashishi 
va quyidagi savollarga javob olishi mumkin: 
a) mijoz to‘lov muddatlariga rioya qilganmi? 
b) mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ qoldig‘i bo‘lganmi? 
c) to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik hollari uchraganmi? 
d) mijoz avval inqirozga uchraganmi? 
Bank yoki tadqiqotchilar mijozning arizasini tahlil qilganlarida 
nafaqat uning moliyaviy ahvolini, balki mijoz faoliyat ko‘rsatayotgan 
ushbu hudud va tarmoqning iqtisodiy ahvoli, agar yirik hajmdagi kredit 
so‘ralayotgan bo‘lsa, hatto jahon iqtisodiyotining ahvolini ham 
o‘rganadilar. Ko‘pgina mijozlarning iqtisodiy ahvoli mamlakat 


364
iqtisodiyotidagi va hatto, jahon iqtisodiyotidagi beqarorlikni ham juda 
sezuvchan bo‘ladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan mijozlarga kredit 
berish kerak emas, degan bank xatoga yo‘l qo‘yadi. Balki bank 
mijozlarning ana shu xususiyatlarini e’tiborga olib, kredit portfelini 
shunday beqarorlikdan asrash yo‘lida o‘zlarining kredit qo‘yilmalari 
tizimini tashkil qilishlari lozim. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish