Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

Ball 
Kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror 
28 gacha 
29 - 30 
31 - 33 
34 - 36 
37 - 38 
39 - 40 
41 - 43 
- Kredit berish rad etilsin 
- 500 $gacha kredit berish mumkin 
- 1000 $gacha kredit berish mumkin 
- 2500 $gacha kredit berish mumkin 
- 3500 $gacha kredit berish mumkin 
- 5000 $gacha kredit berish mumkin 
- 8000 $gacha kredit berish mumkin 
Biroq ball tizimining bunday shakli qo‘llanganda, bank o‘z mijoz-
larini yo‘qotishi mumkin. Chunki mijozlar o‘zlarining kredit talabnoma-
larini bank noto‘g‘ri baholagan, degan xulosaga kelib, mazkur bank 
xizmatidan foydalanishidan bosh tortishi mumkin. Bundan tashqari, 
talabnomaning qonunga xilof ravishda baholanishi natijasida, mijoz 
bank ustidan sudga ariza berishi mumkin. Bunday sharoitda bank o‘zi 


324
qo‘ygan har bir ball bahoni dalillar bilan isbotlab berishiga to‘g‘ri 
keladi. Ballik baho qo‘yishda bank yumshoq baho siyosatidan 
foydalanmasa, o‘zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin. 
[205].
Kredit inspektori ipoteka krediti uchun berilgan 
talabnomalarni baholashda quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
1.
Qarzdor to‘lashi kerak bo‘lgan kredit miqdori bilan garov mulki 
xarid bahosi miqdorining nisbati kreditor uchun ipoteka kreditining eng 
muhim ishonchlilik omilidir. Olinayotgan kredit miqdori garov mulki 
bahosidan ancha yuqori bo‘lib, qarzdor shartnomaning barcha talablarini 
bajarishda mas’uliyatsiz bo‘lsa, uning shaxsiy mulki bahosi kredit 
bahosini qoplamaydi va bank katta zarar ko‘radi. Agar garov xarid 
bahosi kredit miqdorining 90 foizini tashkil qilsa, garov sug‘urtasi 
muhim o‘rin tutadi va kreditor qarzdor xususiyati va mas’uliyati hissini 
baholashda ancha talabchan bo‘lishi lozim.
 
2.
Ipoteka krediti berilishi natijasida qarzdor bankda yana boshqa 
operatsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Masalan, depozit mab-
lag‘lari hisobiga uy-joyni ta’mirlash uchun kredit olishi mumkin. Shu 
tufayli ipoteka krediti berilganda, kreditor qarzdor bilan bo‘ladigan 
barcha munosabatlarni ham e’tiborga olishi lozim.
 
3.
Mijoz depozit hisobvarag‘idagi mablag‘lar qoldig‘ining barqaror-
ligi beriladigan ipoteka kreditlari miqdori va turlarining asosiy omilidir. 
Barqaror depozit bazasiga ega banklar ipoteka kreditlash siyosatini 
izchil olib borish va uzoq muddatga katta miqdordagi ipoteka kreditlari 
berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
 
4.
Ko‘chmas mulk asosida kreditlash kredit inspektoridan kredit 
talabnomasini tahlil qilishda quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab 
qiladi:
 
Mijoz daromadining hajmi va barqarorligi, ayniqsa ipoteka kre-
diti miqdori va kreditni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ miqdori. 
Mijoz jamg‘armasi miqdori va birlamchi to‘lov manbayi. Agar 
ushbu to‘lov miqdori jamg‘arma miqdorining kamayishiga olib kelsa, 
buning natijasida favqulodda sharoitlarda, masalan, kasallik yoki oila 
a’zosining ishsiz qolishi tufayli mijozning zarur bo‘lib qolish ehtimoli 
bo‘lgan likvid aktivlari qisqarib ketadi. 
Garov mulkka qarzdorning munosabati. Agar mijoz garov mul-
kini o‘rnatilgan talablar darajasida saqlamasa, u kreditni to‘liq qaytara 
olmay, garov mulkini qaytarib olish huquqini yo‘qotganda, bank unga 
garov mulk bahosining ortiqcha miqdorini kerakli qiymatda qaytara 


325
olmaydi. 
Ipoteka kreditiga o‘rnatilgan foiz stavkasining turi. Agar ipoteka 
kreditiga suzib yuruvchi foiz stavkasi o‘rnatilgan bo‘lsa, foiz stav-
kasining o‘zgarishi natijasida suzib yuruvchi foiz stavkasi o‘rnatilgan 
garovdan ko‘ra tayanch foiz stavkasi o‘rnatilgan garovni sotish ancha 
qulaydir. 
Mahalliy ko‘chmas mulk bozoridagi sotuv hajmi (agar mulk bank 
ixtiyoriga o‘tsa). Iqtisodiy tanazzul vaqtida ko‘chmas mulkka bo‘lgan 
talabdan taklif oshib ketadi va bank o‘zining mablag‘ini qaytarib olish 
uchun vaqt kerak bo‘ladi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish