Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

«Ochiq kredit liniyasi»
bilan kreditlash limiti har chorakda, tovar 
zaxiralarining haqiqatdagi o‘rtacha qoldiqlari, yuklab jo‘natilgan 
tovarlar (amalga oshirishning bir oylik muddati doirasida) avvalgi 
chorak uchun tovar operatsiyalari bo‘yicha kreditorlik qarzidan kelib 
chiqib belgilanadi. Berilgan kreditlar muddati majburiyatlar bilan 
rasmiylashtiriladi. Ular balansdan tashqari 9921 - hisobvaraq bo‘yicha 


320
kirim qilinadi. 
[200].
Kreditga doir yig‘majildda kreditni berish uchun talab 
qilinadigan umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim. 
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana 
qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit 
ta’minlangan holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza; 
qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari 
mas’ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan 
olingan bo‘lishi shart; 
biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart 
bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno); 
agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit 
shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi; 
tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi; 
qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan, 
oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy 
hisobotlar, jumladan, balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga 
doir hisobotlar; zarurat tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va 
bankning konsultatsion bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida 
talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart; 
mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash 
uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining yetarliligini tasdiqlov-
chi pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot tahlili; 
bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shart-
larini o‘z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori. 
Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit 
yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi: 
ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi; 
hisobot bahosiga muvofiq garov mavzui bozor qiymatini 
taqqoslash va uni saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan axborot va tahlilni 
o‘z ichiga oluvchi baholash to‘g‘risidagi hisobot; 
agar kredit garovni sotib olish moliyalashtirilishi uchun berilgan 
bo‘lsa, sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar.
Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘ma-jildiga 
quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi: 
kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat; 
auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) 
qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi. 


321
Shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shart-
nomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat. 
Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliya-
lash maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘ma jildiga smeta hujjat-
larini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi 
hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul 
qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritish lozim. 
[201].
Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1.
Mijoz kredit olish uchun bankka ariza beradi. 
2.
Bankning kredit bo‘limi mutaxassisi mijoz bilan suhbat o‘tkazib, 
kreditni olishdan maqsad va muddatini aniqlaydi. 
3.
Mijozning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi. 
4.
Kredit mutaxassisi o‘z xulosasi va tavsiyasini bankning kredit 
qo‘mitasiga taqdim qiladi. 
5.
Kredit qo‘mitasi kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida xulosa 
chiqaradi. 
6.
Mijozning garov sifatida taklif qilayotgan mulki har tomonlama 
o‘rganilib, tahlil qilinadi. 
7.
Kredit shartnomasi tuziladi va kredit beriladi. 
8.
Kreditning qaytarilishi muntazam ravishda tekshiriladi. 
9.
Kredit to‘liq qaytarilgandan so‘ng, mazkur «Kredit ishi» 
yopiladi. 
Kredit olish uchun bankka ariza bergan mijozning moliyaviy ahvo-
lini tahlil qilish, xulosa chiqarish va kredit berish bilan shug‘ullanuvchi 
bo‘lim kredit boshqarmasi yoki bo‘limi deyiladi. Bu boshqarma mijoz 
arizasini baholashda uchta eng muhim savolga javob olishi lozim: 
1.
Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun 
siz shunday xulosaga keldingiz? 
2.
Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz oluv-
chiga yuqori sifatli kredit xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi kredit shart-
nomasi to‘g‘ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi? 
3.
Kreditni to‘liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo‘lganda, bank 
mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi? 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish