§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uningpog’onalari, maqsad va
vazifalari
Biz ta’kidlaganimizdek O’zbekistonda bank tizimi ikki pog’onali bo’lib, banklar tizimining birinchi pog’onasi - bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ikkinchi pog’onasi - tijorat banklari, ularning shq’balari, chet el banklari sho’’balari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagi sxemada keltirish mumkin.
6-sxema
O’zbekistan Respublikasi Bank tizimi tarkibi
I погона
II pog’ona
1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqillikni e’lon qilinishi tarixiy bir voqea bo’ldi. Mustaqillik bizga o’z-o’zimizni boshqarishi, imkoniyatlarimizdan o’zimiz foydalanish, shaxsiyatimiz-ni qaytib olishimizga katta yo’l ochib berdi.
Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti bizning respublikamizga ham kirib keldi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Mustaqillikka erishilguncha qadar O’zbekiston hududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR O’urilish banki va SSSR Tashqi bankini o’ziga olardi. Sobiq SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqeiga ega bo’lib, o’z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo’jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya
funktsiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish funktsiyalarini bajarishini monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishida formal xarakterga ega edi. Davlat banki kredit resurslari bo’yicha cheklanmagan monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilishi davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Kapitalizmga xos barcha xususiyatlarini inkor etilishi sobiq «ittifoq» bank tizimini tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko’rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishni markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlr qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank tizimini qator kamchiliklari ro’yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub o’zgarishlarini amalga oshirishini talab etardi. Albatta, bu iqtisodiyotiga ilk qadamlar qayta qurishi sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar iqtisodiyotiga tadbiq etilishi bilan tushuniladi. Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o’zgartirish, banklarni rolini oshirish, iqtisodiy tizimini rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastakka aylantirish ko’zda tutilgandi.
O’ayta tashkil etish jarayoninig birinchi bosqichida davlat banklarini yangi strukturasini tashkil etish boshlandi. O’ayta tashkil modeli qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirishi: Markaziy emission bank bevosita xo’jliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga o’tkazish;
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari uslublari va formalarini takomillashtirish.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining kredit tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funktsiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi.
Ya’ni bankning emission faoliyati bilan kreditlash faoliyatini birga olib borish funktsiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki ihtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul kredit siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: sanoat-qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Milliy bank, Jamg’arma banki xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalari tobora yaqinlashtiradi ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to’liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham bank tizimini takomillashtirishning 2-bosqichi ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimini tashkil etila boshladi. Lekin bu davrda, birinchidan, markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali ham yuqori edi, ikkinchidan, sohalar deyarli hamma qismi bilan davlat tassarrufida edi.
O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991 yil 15 fevralda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot bnradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi, Tijorat banklarining soni tobora oshib boradi.
O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib qo’yildi:
Markaziy bank boshchiligida hamda keng tormoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika xududida yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;
barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul massasining asossiz o’sishini keskin cheklash;
O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari hamda imkoniyatlarni yaratish.
Birinchi bosqichda belgilangan vazifalarni bajarilishiga jadal kiritilishi respublika bank tizimini zamonaviylashgan ko’rinishini olishiga olib keldi. Hozirda respublikada keng tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan holda xo’jaliklar tashkilotlar, aholiga xizmat ko’rsatmoqda.
Tayanch so’zlar
bank;
sug’urta kompaniyasi; davlat banki; investitsion kompaniya; jamg’arma banki; kredit uyushmasi; ipoteka banki; markaziy bank;
investitsion bank; biznes fond; bankrot; tijorat banki; kliring bank; bank tizimi; kredit tizimi;
nobank kredit tashkilotlari.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
Qadimgi banklar qanday ko’rinishda vujudga kelgan?
Banklarni vujudga kelish zaruriyati va ahamiyati nimalardan iborat?
Banklar ilk davrlarda qanday vazifalarni bajargan?
Bank tizimi deganda nimani tushunasiz?
Bank tizimini rivojlanish bosqichlari haqida nimani bilasiz?
Kredit tizimi deganda nimani tushunasiz?
Kredit tizimi qanday tuzilgan?
Maxsus moliya-kredit institutlariga nimalar kiradi?
O’zbekiston Respublikasida ilk banklar qachondan boshlab shakllangan?
O’zbekistonning mustaqil bank tizimining shakllanishi?
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlanish bosqichlarini sanab bering?
Banklar qanday vazifalarni bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |