Tayanch so’zlar
Markaziy bank;
Federal zahiralari tizimi;
funktsiya;
davlat banki.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Markaziy bank qanday maqomga ega?
2. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi?
3. Markaziy bankning vazifa va funktsiyalari nimalarda namoyon bo’ladi?
4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qanday operatsiyalar bajarish huquqiga
ega va u qaysi qonunda o’z aksini topgan?
5. Boshqa chet el mamlakatlari Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankidan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
6. Markaziy bankning davlat banki sifatida olib boradigan faoliyati?
7. Davlat bilan Markaziy bankning o’rtasidagi aloqalari bo’yicha qanday
operatsiyalarni amalga oshiradi?
207
XIV BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING UNKTSIYALARI
1-§. Bank faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga
yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor iqtisodi sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati
yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda, chunki tijorat banklarining foydasi
bank kapitali to’planishining va bankning rivojlanishining asosiy manbasidir.
Bank foydasining o’sib borishiga ta’sir qiladigan bir necha xil omillar bo’lib,
bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo’sh mablag’larni samarali ishlatilishi, turli
xil pullik xizmatlar doirasini (faktoring, lizing, trast xizmatlari va h.k.) kengaytirish,
foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko’paytirish
hisobiga va boshqa omillar hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat
banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri yuqori darajada foyda olishga qaratilgan
bo’ladi. Banklarning faoliyati doimo foyda ko’rish bilan bog’liq bo’lmasdan, ular
faoliyatida zarar ko’rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkpn. Banklar faoliyati
ijobiy bo’lgan hollarda banklarning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida
banklarning zarar ko’rish ehtimoli yuqori darajada bo’ladi. Yuqorida aytilgan foyda
keltiruvchi rezervlarni amalda tatbiq qilish jarayonida bankning ish faoliyati iqtisodiy
jihatdan risk (zarar ko’rish ehtimoli bilan) bilan bog’liq bo’ladi.
Tijorat (aktsiyali, pay asosida va xususiy tartibda tashkil qilingan) banklar
huquqiy va xususiy shaxslarga «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» qonunda
nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish orqali shartnoma
asosida kredit, hisob-kitob va boshqa xil bank xizmatlarini ko’rsatadi.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni tashkil qilish
uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko’rsatish hududi va
tarmoq belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Respublikada, mintaqalarda ko’zda
tutilgan ma’lum dasturlarini bajarish va o’zga faoliyat turlarini pul mablag’lari bilan
ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
208
Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli
litsenziyani olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banklari o’z ustavlari asosida ish olib boradilar. Davlat tijorat bankining
ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik
asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yig’ilishi
tomonidan tasdiqlanadi.
Bankning ustavida:
- bankning nomi va uning manzilgohi (aloqa manzilgohi);
- bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro’yxati;
- bank tashkil etadigan fondlarning ro’yxati;
- ustav fondining miqdori;
- bankning huquqiy shaxs ekanligi va o’zini-o’zini moliya resurslari bilan
ta’minlashi negizida ishlashi to’g’risidagi nizom;
- bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzilishi to’g’risidagi
nizom;
- bankka qarashli muassasalarning ro’yxati va ularning maqomi;
- bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish
tartibi;
- faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati
(tartibi);
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaro munosabatlari aks
ettirilgan bo’lishi lozim.
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan
tashqari, aktsiyali jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to’g’risidagi
amallardagi qonunlarda ko’rsatilgan talablarga javob berishi lozim.
Bank ustavga bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq boshqa
qoidalar ham kiritilgan bo’lishi mumkin. Ustavga o’zgarishlar O’zbekiston
Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
Aktsioner tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari hisobidan
yoki aktsiyalar chiqarish va sotish hisobidan vujudga keltiriladi.
209
Mahalliy hoqimiyat va boshqaruv idoralarining hamma bo’limlari va ularning
ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari
barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari (hissadorlari),
aktsionerlari bo’lishlari mumkin.
Tijorat banklarini tashkil qilishda yoki faoliyat ko’rsatayotgan banklarda har
bir muassis, aktsionerning ulushi ustav kapital miqdorining 30 %dan kam bo’lmasligi
lozim.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 10-sonli «Tijorat banklari
faoliyatini muvofiqlashtirish qoidalari» nomli yo’riqnomasiga asosan tijorat
banklarini tashkil qilishda ular quyidagi miqdorda minimal ustav kapitaliga ega
bo’lishlari lozim.
2000 yil 1 yanvardan boshlab aholisi 0,5 mln.dan ortiq bo’lgan shaxarlarda
ochiladigan tijorat banklarning ustav kapitali 2,5 mln. AO’Sh dollari ekvivalentidagi
mablag’ga, aholisi 0,5 mln.dan kam bo’lgan shaxarlarda ochiladigan banklar 1,25
AO’Sh dollari ekvivalenti miqdoridagi ekvivalent mablag’ga ega bo’lishi kerak.
Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi amaldagi
qonunlariga muvofiq soliqlar to’laydilar.
O’uyidagi mablag’lar banklarning o’z mablag’lari hisoblanadi:
- ustav fondi;
- rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida
turadigan boshqa fondlar;
- taqsimlanmagan foyda, aktsiyachilar yoki paychilar o’rtasida aktsiyalarni
taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablag’lar.
Tijorat banklari yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash
uchun olinadigan foydadan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilab qo’yilgan tartibda rezerv fondlari tashkil etadilar.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag’larini depozit, kredit
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o’z ustavlarida ko’rsatilgan boshqa o’zaro
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
210
Mijozlarga kredit berish va o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
uchun mablag’ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari ularning o’zlari
tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining
bosh yo’nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda
har yili O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng
yuqori stavkalardan ortiq bo’lmasligi kerak. Masalan, tijorat banklari kreditlar
bo’yicha foiz stavkalarini belgilaganlarida, ular foiz stavkasining asosi qilib
Markaziy bank tomonidan belgilab berilgan qayta moliyalashtirish stavkasini
oladilar. Tijorat banklari kredit bo’yicha foiz stavkasini o’rnatganda qayta
moliyalashtirish stavkasini 1,5 martagacha oshirishlari mumkin. Masalan, hozirgi
kunda Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 2,0 foizga teng. Demak,
tijorat banki tomonidan beriladigan kredit bo’yicha foiz stavka oyiga 2,5-3 %
(3
×
1,5), yiliga 30% (2,0
×
12) atrofida bo’lishi kerak.
Banklar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabat shartnomaviy xarakterga ega
bo’ladi.
Mijozlar o’zlariga kredit va kassa xizmatini ko’rsatadigan bankni mustaqil
tanlaydilar.
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar olib boradilar.
Tijorat banklari fond bozorlarining kelishuvlarida aktiv va bevosita ishtirok
etavermaydilar. Masalan: AO’Shdagi tijorat banklariga qimmatbaho qog’ozlar bilan
bo’ladigan operatsiyalarni o’tkazish, fond birjalariga a’zo bo’lish ta’qiqlanadi. 1933
yilda (Glass-Stigal qonuni) qabul qilingan qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat
kompaniyalarning obligatsiyalari va aktsiyalarini chiqarishni tashkil qilishda ishtirok
eta olmaydilar. Shunga qaramay qonunda juda ko’p istisnolar mavjud bo’lib, ular
bankka pullarni operativ qo’yish, davlat qimmatbaho qog’ozlarini chiqarishni tashkil
etish, shtat va mahalliy hokimiyat organlarning obligatsiyalari, shuningdek, turli
xalqaro tashkilotlar va federal muassasalar chiqargan qarz hujjatlarni (majburiyatlari)
bilan ishlash huquqini beradi. Bulardan tashqari banklarga o’zlarining mijozlari
211
hisobiga sanoat kompaniyalarining aktsiya va obligatsiyalarini sotish va sotib olish
kabi brokerlik funktsiyalarini bajarish ruxsat etilgan. Shu bilan birga amerika tijorat
banklari sanoat kompaniyalari va firmalarning aktsiya paketlarini haqiqiy egasi
sifatida trast operatsiyalarining (qimmatbaho qog’ozlar portfellarini boshqarish
operatsiyalari) katta hajmini amalga oshiradilar.
AO’Shda tijorat banklari broker firmalari va investitsion kompaniyalarning
asosiy kreditorlari hisoblanadi. AO’Shning ettita yirik investitsion kompaniyalarni 40
dan 80%gacha aktivlari tijorat banklari krediti hisobidan ta’minlanadi.
Yaponiyada tijorat banklarining fond birjalariga
Do'stlaringiz bilan baham: |