Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


-§. Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi



Download 0,65 Mb.
bet44/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

2-§. Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi bo’lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba’zi adabiyotlarda bank - bu korxona deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o’xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o’z faoliyatini o’z daromadini ko’paytirishga va shu asosda birinchidan o’z asoschilari - aktsionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o’z mijozlarning manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat.
Tijorat banklarini, bizning fikrimizcha shunchaki korxona emas, maxsus korxona deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o’z aktsionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tiziminining muhim bug’ini bo’lib, kredit resurslarning asosiy qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmatlarini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog’onasi hisoblanadi.
1987 yildan boshlab tashkil qilingan bank tizimi bozor iqtisodi tamoyillariga mos keluvchi bank tizimining boshlang’ich pilapoyasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda tijorat banklarining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ularning ustav fondi va va qo’yilmalar salmog’i oshib bormoqda. hozirgi kunda O’zbekistonda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko’rsatmoqda. Salmoqli ustav fondi, kredit resurslar va mijozlarga ega bo’lgan - katta banklar O’zbekiston sanoat qurilish banki, Tashqi iqtisodiy faoliyatlar milliy banki, Paxta bank, Asakabank va boshqalar keng faoliyat olib bormoqda. Tijorat banklarni tashkil qilishdagi ustav kapitali miqdori 2000 yil 1 yanvar Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatuvchi banklar uchun 20 mln ekyu ekvivalenti miqdoridagi mablag’ga ega bo’lishi kerak Tijorat banklarni belgilariga qarab quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsioner banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo’linadi. Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo’yicha aktsioner bank hisoblanadi.
Aktsioner banklar aktsioner jamiyat kabi ochiq tipdagi yoki yopiq tipdagi aktsioner banklar bo’lishi mumkin. Aktsionerlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi. huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini sotib olish va aktsionerlar bo’lishi mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin.
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus banklarga bo’linadi.
Universal banklar xilma -xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlarni amalga oshirish xususiyatiga ega bo’ladi. Maxsus banklar ma’lum yo’nalishlarga xizmat ko’rsatib, o’z faoliyatini shu yo’nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi banklar, eksport- import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo’linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko’rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo’jalik, savdo va boshqa banklarga bo’linishi mumkin.
Bozor iqtisodi sharoitida banklarining roli, ularning iqtisodga ta’siri o’sib bormoqda.
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo’sh pul mablag’larini yig’ish va joylantirishdan tashqari, kapital jamg’armalashni, harakatlanuvchi kapital yordamida, korxonalarning xo’jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o’rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo’jaligi sohasida qo’shimcha investitsiyaga bo’lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo’jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish