Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,64 Mb.
bet5/52
Sana19.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#500852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

Kredit pullar.
Ishlab chiqarish va tovarooborotning rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov oborotining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri veksel hisoblanadi.
Veksel - bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o’tkazma veksel - tratta) ko’rsatilgan summani, ko’rsatilgan vaqtda, joyda to’lash to’g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Tijorat veksellarning oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo’lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi.
Yana veksellaming o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.
Banknota - kredit pullarning etakchi vakillaridan bo’lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi.
O’tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo’lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o’rniga unda ko’rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo’lgan.
Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
-veksel ma’lum muddatni o’zida ifodalaydi (3-6 oy muddatga ega bo’lgan veksel), banknota ma’lum muddat bilan chegaralanmaydi.
-veksel bo’yicha vekselni bergan tomon uni to’lashni kafolatlasa, banknotada uni to’lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi.
Banknota qog’oz pullardan qo’yidagilar bilan farq qiladi.
-kelib chiqish bo’yicha - qog’oz pullar asosan muomala vositasi funktsiyasini bajarish asosida, banknotalar to’lov vositasi funktsiyasi asosida kelib chiqqan:. -almashinuvi bo’yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog’oz pullar esa metallarga hech qachon almashtirilmagan;
-emissiya qilinishi bo’yicha, qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo’lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan)va h. k
Yoozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo’llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi.
-xo’jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi.
-davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi.
-aktiv to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlarda rasmiy valyuta rezervlarning o’sishi orqali va boshqalar.
Chek - veksel va banknotadan keyin paydo bo’lgan kredit vositasi hisoblanib, to’lovchining o’z bankiga uning schyotidan mablag’ni oluvchining schyotiga o’tkazib qo’yish to’g’risidagi buyrug’idir.
Birinchi cheklar taxminan 1683 yillarda Angliyada qo’llanila boshlagan.
Chekning quyidagi turlari mavjud.

  • ismi yozilgan chek - bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas.

  • orderli chek - bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo’yicha boshqa shaxsga berish mumkin.

  • ko’rsatilganda to’lanish lozim bo’lgan chek.

-hisob cheki - naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladigan chek.

  • aktseptlangan chek - bank chekni to’lash bo’yicha rozilik beradi va boshqalar.

Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin u bilan to’lovlarni va boshqa
hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Yoozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda.
Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron pullar yordamida qarzlarni to’lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi - EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini ta’minlamoqda.
Yoozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o’rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo’yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to’lash mumkin. Yoozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan..





Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish