Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


Pulning to’lov vositasi funktsiyasi



Download 0,64 Mb.
bet8/52
Sana19.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#500852
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

Pulning to’lov vositasi funktsiyasi. Mavjud chet el itisodiy adabiyotlarida va keyinchalik,I Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda pulning muomala vositasi funktsiyasi uning to’lov vositasi ekanligidan dalolat beradi degan chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin, biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funktsiyasining xususiyatlari to’lov vositasi funktsiyasiga ham mos keladi deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning tulov vositasi funktsiyasi muomala vositasi funktsiyasidan tubdan farq qilishini ko’rsatadi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun ist’emolchining etarli naqd puli bo’lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug’iladi, ya’ni tovarning pulini to’lash muddati kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o’lchovi funktsiyasini bajaradi., lekin u muomalada vositasi bo’la olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir troektoriyada, bir vaqtning o’zida, bir-biriga qarma-qarshi tura olmaydi.
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o’tgandan keyin pul harakati sodir bo’ladi. To’lov vositasi funktsiyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bo’linishlar mavjudligidadir.
Pulning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir bo’ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar o’sha zaxotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to’lov vositasi funktsiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
To’lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar ist’emolchi ixtiyoriga kelib tushadi va u o’z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to’la foydalanishi mumkin.
Agar tovar uchun to’lov oldindan (avans) amalga oshiriladigan bo’lsa, tovar ma’lum vaqtdan keyin iste’molchi ixtiyoriga tushishi mumkin. Demak, ikkala holda ham tovar va pul harakati bir vaqtning o’zida amalga oshmaydi. Chunki, tovar aylanishi (T-P-T) uziladi va pul harakati tovar harakatiga nisbiy ravishda mustaqil bo’ladi. Pulning bu harakati to’lov deb aytiladi va bu erda pul to’lov vositasi sifatida ishtirok qiladi. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi tovar ishlab chiqarish va muomala rivojlanishining yuqori bosqichlari ma’suli bo’lib, u pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi funktsiyalaridan keyinroq yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
To’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, sotuvchi bilan ist’emolchi o’rtasidagi munosabat muomala vositasidagiga o’xshab qisqa muddatli bo’lib, tezda tugallanmaydi. To’lov vositasi funktsiyasi da iste’molchi tovarga ega bo’lganidan keyin ham u bilan mol sotuvchi o’rtasidagi munosabat uzoq vaqt davom qiladi. Bu munosabat - kredit munosabati hisoblanadi va iste’molchi - qarzdor, sotuvchi - kreditor sifatida ishtirok qiladi.
Ba’zi iqtisodchilarimiz veksel asosida o’tkaziladigan jarayonlarini ham muomala vositasi funktsiyasiga kiritishadi. Bu bizning fikrimizcha to’g’ri emas. Chunki veksel - ma’lum mablag’ni to’lash to’g’risidagi kredit majburiyat, u qiymatga ega emas, demak ayirboshlashning ekvivalenti sifatida ishtirok qila olmaydi. A sotuvchi bir million so’mlik tovarni B iste’molchining vekseliga almashtirdi deylik. B bir mln. so’mlik tovarga ega bo’ldi. A bo’lsa o’z qiymatiga ega bo’lmagan, sotib olish qobiliyati emitent tomonidan belgilanadigan vekselga ega bo’ladi. Sotuvchi A qachonki bir mln. so’mlik vekselni sotsagina pul mablag’iga ega bo’lishi mumkin. Shunga asosan biz veksel jarayonlarini muomala vositasiga kiradi deb to’liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Bu jarayonlar ko’proq to’lov vositasi funktsiyasiga taalluqlidir. Pulning to’lov vositasi funktsiyasi yana turli qarz va majburiyatlarni to’laganda:

  • korxona, tashkilotlar o’rtasida tovar va xizmatlar uchun to’laganda;

  • davlat byudjetiga va kredit tizimiga to’lovlarni amalga oshirganda (foydadan to’lanadigan to’lovlar, kredit bo’yicha qarz va foizlarni to’lash va boshqalar);

  • ishchi xizmatchilariga ish xaqi to’lash va aholiga boshqa to’lovlarni to’lash (nafaqa, stipendiya va boshqalar)da;

  • boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to’lash (masalan, kreditga olingan uchun to’lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to’lovlar) da amalga oshiriladi.

Pulning to’lov vositasi funktsiyasining yana bir xususiyati shundaki, bu funktsiyada to’lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyati bilan ham pulning to’lov vositasi funktsiyasi muomala vositasi funktsiyasidan farq qiladi.
Pulning bu funktsiyasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pullik va na naqd pulsiz to’lovlar birgalikda to’lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to’lov vositasi funktsiyasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin emas, chunki bu funktsiyaning bajarilmasligi to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshmasligiga, bu esa hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor qarzlarning ko’payishiga, kredit bo’yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo’jalik jarayonlarining normal borishiga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish