O‟ZBEKISTONDA BUXGALTERIYA HISOBINI ME‟YORIY –
HUQUQIY TARTIBGA SOLISH TIZIMI VA UNDA BUXGALTERIYA
HISOBI MILLIY STANDARTLARINING O‟RNI
Dusmuratov R.D.– ToshDAU i.f.d.,professor
Ayitboyeva M.F.-ToshDAU talabasi
Ma‘lumki, mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish ,ishlab
chiqarishni diversifikatsiyalash va tashqi investitsiyalarning jalb qilinishi
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlarini joriy etish zaruratini kuchaytirmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 24-aprel 2015 yildagi ―Aksiyadorlik
jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi farmoni qabul qilinganidan so‘ng mazkur masala alohida
dolzarblik kasb etmoqda.Xususan,farmonda ―Aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyatining ochiqligini oshirish,ular tomonidan xalqaro standartlar asosida
audit va moliyaviy hisobot axborotlarini nashr qilish.2015-2018 yillarda barcha
aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy xisobot standartlariga muvofiq tashqi
auditni o‘tkazilishi ma‘lumot uchun qabul qilinsin.‖ deb alohida
ta‘kidlangan.Bular o‘z navbatida moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining
joriy etishni sifat jihatdan yanada rivojlantirish hamda Buxgalteriya hisobi
milliy standartlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me‘yoriy tartibga solish tizimi va
uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin.
Asosiy element pog‘onalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular bir – biriga ta‘sir
qiluvchi biri ikkinchisini qamrab oluvchi tushunchalardir.
Pog‘onalar:
1) O‘zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida‖gi qonun
2) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
3) Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish
tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va
boshqalar‖
4) ―Korxonaning hisob siyosati‖ ya‘ni korxonaning hisob yuritish va
hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami.
Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi.
Buxgalteriya
hisobining
milliy
standartlari, O‘zbekiston Respublikasi
―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida‖gi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan
holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy
standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob
yuritish tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa
hujjatlar‖ ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi
26
hisoblanadi.So‘ngra
yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi
―Korxonaning hisob siyosati‖ ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot
tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plamishakllantiriladi.
BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy
qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy
tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar.
BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini
yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz
beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni
bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik
aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat
o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi.
BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir
muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda
tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi
bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar
yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Ikkinchi pog‘ona O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini o‘z ichiga olib,
ulardan hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu
vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi
standartlari 24 ta standartdan tashkil topgan.
BHMSlar tegishli huquqiy maqomga ega bo‘lib, mulkchilikning barcha
shakllaridagi
korxonalarning
moliyaviy
hisobotiga
bo‘lgan ishonchni
ta‘minlovchi respublikamizdagi buxgalteriya hisobining sifati va ishonchliligini
xalqaro miqyosida tan olinishining asosiy shartidir. BHMS standartlaridan 1-son
―Hisob siyosati va moliyaviy hisobot‖ deb nomlanib, г boshqa standartlar bilan
birgalikda qo‘llaniladi. Xo‘jalik subyektining hisob siyosati bajarilishi lozim
bo‘lgan ta‘moyil va qoidalar yig‘indisi asosida tartibga solinib turadi. Bunday
tamoyil va qoidalarning mavjudligi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteruya
hisobining muhimligi, korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida to‘la
va haqqoniy ma‘lumotlar shakllantirilishiga qaratilishi, tadbirkorlarning o‘zaro
bir – biri bilan muomala qilishi usuli bo‘lishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
tizimining muhim elementi bo‘lib hisoblanishi bilan izohlanadi.
Shunday qilib,korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim
shartlaridan biri moliyaviy hisobotning xalqaro stantartlariga to‘liq o‘tish va
Buxgalteriya hisobi milliy tizimini xalqaro satndartlar asosida takomillashtirish
lozim.Buning uchun,fikrimizcha,avvalo moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini
O‘zbekiston iqtisodiy makonida qaror topgan tushuncha va atamalariga mos
malakali tarjimasi zarur.Shu bilan birga moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga
mutaxassislar tomonidan malakali sharhlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |