Amaliy astronomiya – astro-metriyannt astronomik kuzatishlar vositasida vaqt,
geografik koordinatalar va turli yo‘nalishdagi azimutlarni aniqlovchi, ularning
o‘zgarishini o‘rganuvchi bo‘limi. Amaliy astronomiya geodeziya va hari-
tografiya ehtiyojlari uchun geografik koordinatalarni aniqlash (astronomik
geodeziya), navigatsiya (dengiz astronomiyasi), samolyotning havodagi
koordinatalari va harakat yo‘nalishini aniqlash (aviatsiya astronomiyasi) bilan
shug‘ullanadi. Kosmik kemalarning sayyoralararo fazodagi vaziyatlarini
aniqlash (qarang Kosmik navigatsiya), shuningdek Oy sirtidan turib
selenografik koordinatalarni aniqlash usullari ishlab chiqildi. 70-yillarda Amaliy
astronomiya dan vaqt xizmati va kenglik xizmati ajralib chiqdi. Yerning sun’iy
yo‘ldoshlarini kuzatish orqali geografik koordinatalarni aniqlash usullari
muvaffaqiyatli ishlab chiqildi (qarang Kosmik geodeziya). Amaliy astronomiya
da qo‘llaniladigan usullar sferik astronomiyaning nazariy ko‘rsatmalariga
asoslangan. Amaliy astronomiya da universal asbob, Kuchma passaj asbobi,
zenit teleskop, vertikal doira, prizmali astrolyabiya, dengiz va aviatsiya
sekstanta, Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish uchun fotografik kamera va
boshqa asboblar ishlatiladi. Vaqtni o‘lchash uchun kvars yoki mayatnikli
soatlar, dengiz xronomet-rlari, vaqt signallarini qabul qiluvchi apparatlardan
ham foydalaniladi. Aa. asboblarningtuzilishini asbob xatoliklarini tekshirish
nazariyasini o‘z ichiga oladi.
Olam atamasi ostida
fizik
mavjud boʻlmish jamiki
narsalar:
fazo
,
vaqt
,
materiya
,
energiya
,
inersiya
,
fizik
qonunlar
va
konstantalar
majmui tushuniladi. Kundalik hayotda "olam"
soʻzi
Yer
sayyorasini anglatishi mumkin.
Astronomik kuzatuvlarga koʻra, olam
13.73 ± 0.12 milliard yoshda
va kamida
93 milliard
yorugʻlik yili
uzunligida kesimga egadir. Joriy nazariyalarga koʻra,
olamni
Katta Portlash
, deb nomlangan hodisa boshlagan. Shu
hodisagacha
kuzatiluvchi olamdagi
barcha materiya va energiya cheksiz
zichlikka ega bitta nuqtada toʻplangandi. Katta Portlashdan soʻng olam oʻzining
hozirgi holatigacha kengayishni boshlagan.
Xususiy nisbiylik
nazariyasi
materiyaning
yorugʻlik tezligidan
katta tezlikka erishishi mumkin
emasligini taʼkidlagani tufayli olam kengligi 13 milliard yilda 93 milliard
yorugʻlik yiliga yetgani
paradoks
oʻlaroq tuyulishi mumkin; bunday masofa
fazoning kengayish tezligi chegaralanmaganligi (
umumiy nisbiylik nazariyasi
)
bilan izohlanishi mumkin.
Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish maʼlumotlarini toʻplash bilan band
boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga
asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini
oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida
yozilgan, oʻning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida
aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam
markazida Yer boʻlgan sistemadir, degan gʻoyani ilgari surdi. Miloddan avvalgi
3-asrdan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga koʻchdi. Eratosfen
gradus oʻlchash deb nom olgan usul bilan Yerning oʻlchamlarini aniqladi.
Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini oʻz ichiga olgan va
bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning
davomiyligini katta aniqlik bilan oʻlchadi, Oygacha boʻlgan masofani ikki
foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar – kenglama va
uzunlama tushunchalarini kiritdi. Gipparx taʼlimotini Ptolemeyning „Almagest“
asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi
bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyosh, Oy va sayyoralarning koʻrinma
harakati aylanalar boʻylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning
markaziga joylashgan, deb tushuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy
tuzilishini aks ettirmasa ham oʻz davri uchun ilgʻor boʻlgan. Bu sistema
yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini (oʻsha davrdagi kuzatish aniqligida)
oldindan aytib berish imkonini berar edi. Shu sababli, u fanda bir yarim ming
yilcha yashadi. Arximednint aytishicha, olamning markazi Quyosh, uning
atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-asrdagina ishlab chiqilgan
geliotsentrik sistemani oldindan aytib berish edi.
Astronomiya bilan Turkistonda miloddan avvalgi ham faol shugʻullanganlar.
Ularning izlari moʻgʻul va arab istilolari sababli deyarli yoʻq boʻlib ketgan.
Hozirgacha saqlanib qolganlari ichida Xorazmdagi Kuy qirilgan kalʻa misol
boʻlib, uni yetarli darajada astronomik asbob desa boʻladi. Qalʻa inshootlari
yordamida vaqtni aniqlash, fasllarning kirib kelish paytini qayd etish, ekvator va
ekliptika tekisliklari orasidagi burchakni oʻlchash, yil davomiyligini aniqlash va
boshqa hayot taqozo etgan amaliy masalalar hal etilgan. 8–9-asrlarda
Muhammad Xorazmiy, Axmad al-Fargʻoniy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy
va boshqa olimlar Astronomiya bilan jiddiy shugʻullandilar. Arab xalifaligi
davrida va undan keyin Yaqin va Oʻrta Sharq hamda
Oʻrta Osiyo
olimlari
Astronomiyaning rivojlanishida ham katta rol oʻynadilar. Qohira, Damashq,
Bagʻdodda rasadxonalar paydo boʻlib, ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo
va boshqa ishlagan. Abul Vafo faqat Sharqdagina emas, hatto Gʻarbda ham
shuhrat qozongan mashhur astronomik asarning muallifidir. 10-asrda Al-Soʻfi
birinchi boʻlib Andromeda tumanligita eʼtibor berib, uning yulduzlardan farq
etishini tavsiflab bergan. Abu Rayhon Beruniy Astronomiyaning hamma
masalalarini oʻz ichiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Uning
qisqartirib xronologiya deb ataluvchi „al-Osar al-boqiya anil-qurun al-xoliya“
(„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“) nomli asarida yunon, rumlik,
yahudiy, arab, sugʻdiy va boshqa turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil
qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir qancha davrlarni oʻzaro solishtirib tavsif
qilgan va bir davrdan ikkinchisiga oʻtishning amaliy yoʻllarini koʻrsatib bergan.
Fanda „Hindiston“, „Geodeziya“ nomi bilan mashhur boʻlgan asarlarida
Beruniy Astronomiyaning bir qancha masalalariga yaqindan yondashib,
geografik koordinatalarni, Yerning oʻlchamlarini va vaqtni aniqlash usullarini
keng bayon etdi. Beruniy Aning amaliy masalalarini hal qilish jarayonida bir
qancha yangi astronomik asboblarni, jumladan oʻz astrolyabiyasini ixtiro qilgan.
Yoritqichlarning koʻrinma harakatlarini oʻrganishda Beruniy geotsentrik va
geliotsentrik sistemalar bir xil kuchga ega, degan gʻoyat muhim fikrni oʻrtaga
tashlagan. Astronomiyada Beruniyning izdoshi Umar Xayyom edi. U
koinotning cheksizligiga oid juda koʻp yangi gʻoyalarni ilgari surgan. Umar
Xayyom hozir qoʻllanilayotgan Grigoriy taqvimilt ham aniq boʻlgan Quyosh
taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham Astronomiyaga oid asarlar yozgan. 12–
14-asrlarda turkistonlik olimlar – Mahmud Chagʻminiy, Muhammad Najib
Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va boshqa olimlar Astronomiya sohalarida
ijod etganlar. 14-asrda Marogʻa shahrida oʻsha zamonning eng yaxshi
astronomik asboblari bilan jihozlangan rasadxonada Ozarbayjonning mashhur
olimi Nasriddin Tusiy ishlagan. Marogʻa rasadxonasida ijod qilingan qator
asarlar, jumladan „Ziji Elxoniy“ Yevropada va Sharqda keng tarqalgan. Oʻz
davrining deyarli barcha masalalari bayoni bilan berilgan Astronomiyaga oid
keng astronomik jadvallar sharqda „zij“ deb atalgan. Astronomiyaning 15-
asrdagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga oʻsha zamondagi eng mukammal
asboblar bilan jihozlangan ulkan rasadxona qurgan Ulugʻbek nomi bilan
bogʻliq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40,2 m li Faxriy
sekstanti edi. Samarqand astronomlari Ulugʻbek rahbarligida yozgan „Ziji
Koʻragoniy“ yoki „Ulugʻbek ziji“ deb ataluvchi asosiy asar, ayniqsa, undagi
1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga mashhur. „Ulugʻbek ziji“
asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar zaminida tuzilgan va
Gipparx jadvalidan keyin yulduzlarning vaziyati ancha aniq belgilangan
ikkinchi original toʻla jadvaldir. Ulugʻbekning koʻzga koʻringan safdoshlaridan
Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy Yevropa olimlarining bir qancha kashfiyotlarini
ulardan ancha il gari koʻra bilgan. Yevropa fanini Samarqand olimlarining
asarlari bilan tanishtirishda Koshiyning xizmatlari juda katta. Samarqand
rasadxonasida ijod qilgan astronomlar qatorida Ulugʻbekning ustozi, Sharkda
„oʻz davrining Aflotuni“ nomi bilan mashhur boʻlgan Salohiddin Muso ibn
Muhammad Qozizoda Rumiy, shuningdek „oʻz davrining Ptolemeyi“ nomini
olgan Ali Qushchinit xizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari
Yevropada 1648 yildan boshlab chop qilinib kelmoqda. Oʻsha davrda xris-tian
dini mafkurasi xukmronlik qilgan Yevropada Astronomiya taraqqiyoti toʻxtab
qolgan edi. 16-asrda Astronomiya va butun tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida
inqilobiy kashfiyotlar qilindi. Ulardan biri mashhur polyak olimi Nikolay
Kopernik nomi bilan bogʻliq. 1543 yilda uning „Osmon sferasining aylanishlari
haqida“ asari nashr qilindi. Kopernik bu asarida Quyosh sistemasi tuzil ishi
haqida toʻgʻri tasavvur berdi. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti
sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish qonunlarini kashf qilgan I. Kepler
nomi bilan bogʻliq. Kepler qonunlari Tixo Bragenint sayyoralarni, avvalo,
Marsni koʻp yillar davomida kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda astronomik
asboblar birmuncha takomillashdi. Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz
oʻlchashda 17-asr ikkinchi yarmida polyak olimi Yan Geveliy eng katta
aniqlikka erishdi. 17-asrda Astronomiyada optik asboblar qoʻllana boshlandi.
Bungacha boʻlgan davr osmon geometriyasi va kinematikasini oʻrganish bilan
xarakterlanadi. 1609–10 yillarda italyan olimi Galileo Galiley astronomik
kuzatishlarda oʻzi yasagan teleskopii qoʻlladi. Galileyning kashfiyotlari
Kopernik sistemasini ilmiy dalillar bilan quvvatlab, uning yanada
ommalashuviga yordam berdi va Astronomiyada kosmik jismlar fizikasini
oʻrganuvchi yangi boʻlimning manbai boʻlib qoldi. Galiley Oy sirtini va Venera
fazalarini kuzatib, sayyora va ularning yoʻldoshlari tabiati Yerga oʻxshash
degan xulosaga keldi. Teleskopik Astronomiyaning taraqqiyoti bilan bir qatorda
nazariy Astronomiya ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I. Nyuton asos
solgan. Nyuton butun olam tortishish qonunini ochib, osmon jismlarining turli-
tuman harakatlarini tushuntirishda uning universalligini koʻrsatib berdi.
Nyutonning osmon mexanikasiga doir qonunlari osmon jismlarining massalarini
aniqlash va ularning harakatiga oʻzaro taʼsirini hisobga olish imkonini berdi.
Shundan boshlab nazariy Astronomiya va osmon mexanikasining taraqqiyoti
jadal ketmoqda. Hisoblarga qarab Neptunning ochilishi Nyuton qonuni
yordamida qilingan qator buyuk kashfiyotlarga yorqin misoldir.
Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti amaliy masalalarni hal qilishga
moʻljallangan davlat rasadxonalarining tashkil topishi bilan bogʻliq. Fransiyada
(1665-yil, Parij), Angliyada (1676-yil, Grinvich) va Rossiyada (1692-yil)
birinchi rasadxonalar qurildi. Rasadxonalar zamonaviy teleskoplar bilan
taʼminlangan boʻlib, ularda geografik koordinatalarni aniqlashdan tashqari,
barcha astronomik hodisalar kuzatilgan. 17–18-asrlarda Astronomiyada
tabiatshunoslik taraqqiyotiga kuchli taʼsir qilgan bir qancha kashfiyotlar
qilindi.
1675-yilda
O. K. Ryomer yorugʻlikning tarqalish tezligini Yupiter
yoʻldoshlarining toʻsilishini kuzatishdan aniqladi.
1718-yilda
E. Galley
yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725–28 yillarda J. Bradley yorugʻlik
aberratsiyasini ochdi. 1755-yilda I. Kant „Tabiatning umumiy tarixi va osmon
mexanikasi“ nomli asarida birinchi boʻlib tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi
gʻoyani muhokamaga tashladi. 1761 yilda M. Lomonosov Venera atm.sini kashf
qilib, sayyoralarda ham gaz qobigʻi boʻlishi mumkinligini isbotladi.
1796-
yilda
P. Laplas bu gʻoyani matematik usulda asoslab berdi. 1871 yilda V.
Gershel kuzatish yoʻli bilan yangi sayyora – Uranni topdi. Bundan tashqari, u
Quyosh sistemasining yulduzlararo harakatini kashf qildi. 1835–38 yillarda V.
Y. Struve va F. V. Bessel baʼzi yulduzlargacha boʻlgan masofalarni
oʻlchadilar.
1801-yilda
Italiyada D. Piatssi birinchi asteroid – Sererani kashf
qildi Bu bilan kichik sayyoralarni ochish gadqiqotlari boshlab berildi.
1846-
yilda
U. J. Leverye Uranning orbitadan chekiiishini oʻrganib, chekinish
sababchisi – Neptunning vaziyatini hisoblab chikdi. Shunga asosan I. G. Galle
Berlinda Neptunii topdi.
1847-yilda
V. Y. Struve yulduzlararo muhitda
yorugʻlikning yutilishini hisoblab, Astronomiya taraqqiyotiga hissa qoʻshdi. 19-
asr ikkinchi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral analizning qoʻllanishi
kosmik jismlarni oʻrganish imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda 17–19-
asrlar oraligʻida ham Astronomiya bilan shugʻullanilgan. Bunda asosan
joylarning geografik koordinatalarini aniqlash va xaritalar tuzish bilan mashgʻul
boʻlingan.
1873-yilda
Toshkentda astronomiya rasadxonasi tashkil etiladi va
unga bir qancha teleskoplar oʻrnatiladi. Bu yerda dastlab Astronomiya bilan bir
qatorda meteorologiya, geofizika, geodeziya va seysmologiya sohalarida ham
tadqiqotlar olib borildi, Turkiston hududida bir necha ming joylarning aniq
koordinatalari aniqlandi. Chorjoʻy, keyinchalik Kitob shahrilari yaqinida
xalqaro kenglik stansiyasi tashkil etildi.
1966-yilda
bu rasadxona zaminida
Astronomiya instituti tashkil qilinib, tadqiqotlar koʻlami yanada kengaytirildi va
zamonaviylashtirildi.
AQShda
ulkan teleskoplarning ixtiro qilinishi yulduzlararo muhitni chuqurroq
oʻrganish imkonini berdi. Astronomiyada yangi olingan maʼlumotlar asosida bir
qancha gipotezalar yaratildi. Arman olimi V. Astronomiya Ambarsumyan
yulduzlar assotsiatsiyasi haqida gʻoyat muhim nazariyani yaratdi. Unga koʻra,
yulduzlar oʻta zich obyektlardan otilib chiqib paydo boʻladi. 20-asrning 30-
yillarida Astronomiyaning radioastronomiya deb ataluvchi yangi tarmogʻi
paydo boʻlib, dastlab yoritqichlardan keladigan radionurlarni oʻrganish yoki
radiolokatsion tadqiq asosida kosmik jismlar haqida maʼlumot ola boshlandi.
Radioastronomiya ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan soʻng ixtiro qilingan oʻta
sezgir radioasboblarni qoʻllanish bilan jadal rivojlandi. Astronomiya
taraqqiyotining yangi bosqichi Yer, Oy va ayrim sayyoralarning sunʼiy
yoʻldoshlarini, shuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn va uzoq kosmosga
kosmik stansiyalarni uchirish bilan bogʻliq. Avval astronomlar faqat kuzatish
natijalaridangina foydalangan boʻlsalar, endilikda bevosita tajriba oʻtkazish
imkoniyatiga ega boʻldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga tadqiqotchi stansiyalar
qoʻndirilib, ularning tabiatini yaqindan oʻrganish mumkin boʻldi.
Oʻzbekistonda Astronomiyaning eng ilgʻor sohalari boʻyicha tadqiqotlar olib
borilgan. Keyingi chorak asr davomida oʻzbekistonlik astronomlar
astrometriya,
astrofizika
, xususan,
Quyosh
va nostatsionar yulduzlar fizikasi,
yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan tashqi astronomiya
sohalaridagi tadqiqotlari bilan muhim yutuklarga erishdilar. Galaktikamizning
50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin toʻdalari xususiy
harakatlarini kuzatuv yordamida oʻlchab-hisoblab topdilar, toʻdalar tuzilishi va
aʼzolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning oʻlchamlarini, Quyoshning
Galaktikadagi oʻrnini va uning yadrosiga nisbatan aylanish tezligini, harakat
yoʻnalishi – apeksini, shuningdek Galaktikaning qator kinematik parametrlarini
aniqladilar.
Yer
sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgandan boshlab shu kunga qadar
ularni va sayyoralarni kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro dasturlarida
(SOPROG, VEGA, Planeta, Statsionar, Fobos, GPS, PRAREva b.da) qatnashib,
eʼtiborli ilmiy natijalarga erishiladi.
1960-yildan
boshlab Xalqaro astronomiya
ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekshirib,
osmonda inersial sistemani tuzish kabi xalqaro muammoga toshkentlik va
kitoblik astronomlar salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985–86 yillarda Oʻzbekiston
Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti Toshkent Davlat Universiteti
astronomlari bilan hamkorlikda Galley kometasini kuzatish boʻyicha Xalqaro
dasturda qatnashib, kuzatuv maʼlumotlari sifati va hajmi bilan birinchi oʻrinni
egalladilar va bu bilan uchirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi
ichidan oʻtishini taʼminladilar. Yutuklardan yana biri Qashqadaryo viloyatining
Maydanak togʻida rasadxona qurilishi boʻlib, u bugungi kunda xalqaro
rasadxonaga aylanishi bilan bogʻliq. Maydanakda bajarilgan koʻp yillik kuzatish
ishlari asosida yulduzlarning tugʻilish „oʻchoqlari“ topildi, turli nostatsionar va
oʻzgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich qoʻshaloq yulduzlar xamda Somon
yoʻlining maxsus qismlari oʻrganilib, zarur fotometrik, spektral maʼlumotlar
toʻplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH,
Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va boshqa davlatlar astronomlari
bilan hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh fizikasi sohasida Quyosh dogʻlari va
boshqa qator faol elementlari, turli chaqnashlar, rentgen va
radiodiapazonlardagi faol jarayonlar chuqur taxlil qilingan. Hozir esa bu
sohaning gelioseysmologiya yoʻnalishi jadal rivojlanmokda. Xususan, Toshkent
viloyatining Qumbel togʻida (Chimyon yaqinida) Toshkent astronomiya
institutining stansiyasi ochilib, unda Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi
doirasida kuzatilmokda. Institutning Toshkent hududida bu tebranishlar TON
xalqaro dasturi boʻyicha zaryad yigʻuvchi kuchli matritsa yordamida kuzatilib
tahlil qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki tuzilishiga oid muhim
maʼlumotlar olinmoqda. Oʻzbekistonda keyingi chorak asrda Astronomiya ga
doir nazariy tadqiqotlar ham yoʻlga qoʻyilgan. Ulardastlab 1971–81 yillarda
Toshkent astronomiya institutida olib borildi, keyingi yillarda esa Toshkent
Davlat Universitetida davom ettirildi. 1981 yilga kelib Toshkent Davlat
Universiteti (hozirgi OʻzMU)da Astronomiya mutaxassisligi ochilib,
1987-
yil
Astronomiya kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin
mutaxassis chiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan,
astrofizika
, yulduz
astronomiyasi va Galaktikadan tashqi astronomiya sohalarida olib borildi.
Xususan, Galaktikamiz tojidagi koʻrinmas massa miqdori va uning disk va sfera
tashkil etuvchilari evolyutsiyasiga taʼsiri nochizikli nostatsionar holda analitik
oʻrganildi. Halqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratish usuli
ishlab chiqildi. Yulduzlarning bir necha sharsimon toʻdalari va galaktikalarning
10 dan ortiq sferik toʻdalari uchun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari
koʻrinma zichlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng „qari“
obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi
muammosi birinchi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari
ancha keyin
AQSH
,
Hindiston
va
Meksika
nazariyotchilari tomonidan oʻta
kuchli kompyuter yordamida tajriba oʻtkazish yoʻli bilan tasdiklandi. Hozir
bunday nazariy ishlar Toshkent astronomiya institutida ham olib borilib,
yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qoʻllanilmoqda va ularning pulsatsiya
holati nochizikli nostatsionar modellari tuzilmoqla
[1]
.
Do'stlaringiz bilan baham: |