Sferik astronomiya



Download 174,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.08.2021
Hajmi174,46 Kb.
#150206
  1   2
Bog'liq
11-mavzu



11-mavzu. Sferik va amaliy astronomiya. Olam tuilishi. Sharq 

astronomiyasi. Osmon sferasi 



Sferik astronomiya - astrometriya boʻlimi; yoritqichlarning (yulduzlar, 

Quyosh, Oy, sayyoralar, sunʼiy osmon jismlari va boshqalar) osmon sferasidagi 

koʻrinma vaziyati va harakatini anikdash bilan bogʻliq masalalarni matematik 

usulda yechish uslublarini ishlab chiqadi. Sferik astronomiyaning asosiy 

tushunchasi osmon sferasidir. Osmon sferasidagi yoritqichga boʻlgan har bir 

yoʻnalish sferada nukta bilan, tekislik esa doira bilan tasvirlanadi. Osmon 

sferasidagi nuqtalarning oʻzaro joylashishi va harakatini oʻrganish uchun 

koordinata sistemalari qoʻllanadi (qarang 

Astrometrik koordinatalar

). Bir 


koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga utish sferik 

trigonometriya formulalari yordamida amalga oshiriladi. 

Sferik astronomiya ning muhim vazifalaridan biri vaqt hisobi astronomik 

sistemasining nazariy asosini yaratishdan iborat. Yerning oʻz oʻqi atrofida va 

Quyosh atrofidagi davriy harakati vaqt hisobining asosi qilib olinadi. Yer 

aylanishi qaysi nuqta (bahorgi tengkunlik va Quyosh) ga nisbatan olinishiga 

qarab vaqt hisobi yulduz va quyosh sutkalarida olib boriladi. Kalendarta 

Yerning Quyosh atrofida aylanish davri — tropik yil asos qilib olingan. 

Astronomiyada vaqt hisobi bevosita tropik yillarda, oʻrtacha uz. 365, 25 sutka 

boʻlgan kalendar yillarda yoki uzluksiz yil hisobi (yaʼni Yuliy davri)da olib 

boriladi. 

Yoritqichlarning kuzatishdan topilgan oʻrinlari quyidagi sabablarga koʻra 

haqiqiy oʻrinlariga nisbatan siljigan boʻladi; 1) pretsessiya taʼsirida Yerning 

oʻqi yoʻnalishini davriy ravishda (26000 yilda) oʻzgartirib, konus sirtini hosil 

qiladi. Yer oʻqining bunday ilgarilanma harakati nutatsiya tufayli kichik 

tebranishlarga ham ega; 2) osmon sferasida yulduzlarning koʻrinma oʻrni uning 

haqiqiy oʻrnidan yorugʻlik aberratsiyasi tufayli farq qiladi. Bu hodisa 

kuzatuvchi va yoritqichlarning birbiriga nisbatan harakati natijasida, yaʼni 




Yerning Quyosh atrofidagi harakati tufayli yillik aberatsiya, Yerning oʻz oʻqi 

atrofida aylanishi tufayli sutkali aberratsiya taʼsirida roʻy beradi. Aberratsiya 

natijasida yoritqich apeks tomon siljigan boʻladi; 3) Yerning oʻz oʻqi atrofida 

aylanishi va Quyosh atrofidagi harakati natijasida kuzatuvchi yoritqichga 

nisbatan oʻz yoʻnalishini ham oʻzgartiradi, yaʼni parallaktik siljish roʻy beradi. 

Shuning uchun Quyosh sistemasidagi jismlarni kuzatganda ularning 

koordinatalarini Yer markaziga (sutkali parallaks), yulduzlarni kuzatganda 

quyosh sistemasining markaziga, yaʼni Quyoshga (yillik parallaks) hisoblashlar 

yoʻli bilan keltiriladi. Parallaktik siljishning kattaligi yoritqichgacha boʻlgan 

masofaga bogʻliq; 4) refraksiya tufayli yoritkich zenitga tomon koʻtarilgan 

boʻlib koʻrinadi. Yoritqichlarni kuzatish natijasidan yukrrida keltirilgan 

omillarni hisobga olish bilan geografik koordinatalar, azimut va vaqtni 

hisoblash kabi amaliy hamda nazariy masalalar yechiladi. Kuzatish natijalari 

asosida astronomik doimiyliklarni aniklash Sferik astronomiyani fundamental 

astrometriya va osmon mexanikasi bilan, Quyosh sistemasidagi jismlarning sirt 

koordinatalarini aniklash uni amaliy astronomiya bilan uzviy bogʻlaydi. Bundan 

tashqari, Sferik astronomiya Quyosh va Oy tutilishi, yulduzlarning Oy 

tomonidan tusilishi, sayyoralarning quyosh gardishidan utishi va boshqa 

hisoblash usullarini ham ishlab chiqadi. 


Download 174,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish