Sezgi va idrok



Download 43,43 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2019
Hajmi43,43 Kb.
#26492
1   2
Bog'liq
SEZGI VA IDROK


Mavzu: Idrok

Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi  balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmok qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi,     uning      issiqligi      seziladi      va      boshqalar.

1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning    barcha  xossalari  bir   butun  holda  aks  ettiriladi.

Bu   esa   idrokning    perseptiv      tomonini     tashkil     etadi.

2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok      jarayonita       xotira       faoliyati      qo'shiladi.

3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan        paxtaga        o'xshatish    va        boshqalar.

4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa,  darrov  fikr  yuritish faoliyati boshlanadi  va  "bu nima",

"buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu  gul", bu mashina, "bu kitob"  va  boshqalar,

5. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.

6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz  hech narsani idrok qilish mumkin emas.

Narsa-hodisalarni to'liq, va raso idrok qilish uchun shu narsa-hodisa ular ustida diqqat kuchli va barqaror turish zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi qilish uchun o'quvchilar diqqatiga e'tibor brish kerak.

Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning  kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi. Chukurroq tushunadi, narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqni topadi, muhim bo'lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy       bilimdagi        ahamiyatiga       yuksak     baho    bergan.

Lekin u sezgilarga qaraganda birmuncha murakkabroq I.Pavlov ta'limotiga ko'ra, tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarning reseptorlarga ta'sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari po'stida hosil bo'ladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bu muvaqqat bog'lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari bilan kompleks qo'zg'ovchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan student butun bir daryo jarayonida  idrok qilinganda  o'qituvchini  ko'radi,  uni  nutqini  tinglaydi,  yozadi.

Bu   kompleks    qo'zg'ovchilar   ko'rish,   eshitish,   muskul   harakat reseptorlarini        qo'zg'aydi.           Kompleks        qo'zg'ovchilar analizatorlarning    miya     po'sti bo'limidagi yadrolarda murakkab taxlil va sintez qilish amalga oshadi. Idrok jarayonida taxlil bilan bir vaqtda sintez xam paydo bo'ladi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so'z va iboralarni idrok qilamiz. Demak idrokning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining muvaqqat nerv bog'lanish yotadi. Muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lish jarayoni sintez asosini tashkil etadi.   Idrok     asosida   ikki    xil  nerv  bog'lanishlari  yotadi.

a) Bir analizator doirasida hosil bo'ladigan bog'lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo'zg'ovchilarning organizmga ta'sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analiz qatoriga, ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o'ziga xos birikishi shunday qo'zg'ovchi      bo'la    oladi.    Muziqa     tinglash,      rasm   ko'rish.

6) Analizatorlar aro bog'lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo'zg'ovchilar bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko'rish, eshitish,  muskul analiz qatorlari, ma'ruza, monolog.

1. Idrokning xossalari

2. Idrokda ob'yekt va fon.

Odamga juda ko'p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko'p xossalariga egaki, xatto odam bir vaqtning o'zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko'p sonli qo'zg'ovchilardan faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. Shu ajratib narsa-hodisalar esa fon sanaladi, Masalan o'qituvchi bir darsda bir necha o'quvchilardan so'raydi. Har safar so'ralayotgan turadi. Chaqirilgan o'quvchi uning javobi hatti-harakati idrok ob'yekti hisoblanadi. Boshqa o'quvchilar faoliyati idrok foni bo'lib qoladi. Idrok foniga qolgan o'quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok ob'yektiga aylanadi va aksincha. Demak idrok ob'yekti va foni dinamik harakterga ega bo'lib, doimo o'zgarib turadi. Ob'yekt  va fonning dinamik bosh miya katta yarim sharlari po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish duchorining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatining bir ob'yektdan boshqa ob'yektga o'tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'yektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, lederlar, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko'rish mumkin. Juda ko'p hollarda ob'yektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohida rang, shakl va boshqa belgilar bilan ta'kidlab quyiladi.   Masalan:   transport   belgilari, temir yo'l ishchilari maxsus   to'q,   sariq   rangli    kiyim   kiyadilar    va    boshqalar.

 

Appersepsiya.

Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob'yektlar va shaxsning o'zida bo'lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi. Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta'siri va unda aks etuvchi mazmunini appersepsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblar, sinfiy chiqishlaoi jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishinipg qaysi soxaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning shu soxadagi idroki xam to'liq    chuqur     va    sermazmun   bo'ladi.



Idrokning konstantligi.

Idrok qilinadigan ob'yektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko'p xil sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, masofasi,fazodagi holati, yoritilganlik darajasi cheksiz har xil bo'ladi.Lekin predmetlarni shakli, xajmi va rang jixatiga nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa-hodisalarni idrok qilish sharoiti o'zgarsayu, ulardan hosil bo'lgan obrazlarning o'z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi deyiladi. Ko'rish idroklarida masofa, rang shakl, hajm konstantliklari ro'y beradi. Masalan; qalamni 20 sm va 1 m masofadan idrok qilish, doskani 1 m va 10 m, masofadaya idrok qilish, oq kog'oz yoki oq bo'rni quyoshda, xona ichida, karidorda ham oq idrok qilinadi.  Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko'z ro'parasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko'rmaydi, balki ular haqiqatdan mavjud bo'lsa shunday ko'radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladin.



Illyuziya va gallyusinasiya

Bazi hollarda narsalar noto'g'ri idrok qilinadi. Narsalarni ana shunday noto'g'ri idrok qilishni sellyuziya deyiladi. Masalan: Aristotel illyuziyasida. Sergeley aynan bir xil bo'lgan 1 kg tarozi toshi 1 kg og'irrok idrok qilinadi. Sellyuziya hodisasi ayniqsa geometrik figuralarni idrok qilishda ko'p uchraydi: Idrok qilib turgaya shaxs psixikasida ro'y beradigan o'zgarishlar ham illyuziya hodisasini paydo qilishi mumkin. Masalan: o'rmondagi to'nkani biror yirtqich hayvon deb idrok qilish. Sellyuziyalar hosil bo'lishining sabablari bor. Chunonchi Aristotel illyuziyasida hajmi katta narsaga ko'proq o'rganib qolgan. Geometrik figuralarda qo'shimcha chiziqlar tatsir etadi. Ko'ruv illyuziyalari amaliy ishlarda katta ahamiyatga ega. Chunonchi harbiy ishlarda texnika joyni niqoblash shunga  asoslanadi.    Sellyuziyadan    gallyusinasiyani    farqlash   lozim. Gallyusinasiya   yo'q   narsalarni  idrok  qilishdir.  Masalan: yo'q narsalarni      ko'rish,     yo'q         tovushlarni    eshitish     kabi.



Idrokning klassifikasiyasi.

Ma'lumki, idrok sezgi organlari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi organi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o'rinda turadi. Masalan: suratni idrok qilishda ko'rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o'rinda turadi. Idrok jarayoni qaysi sezgi organining yetakchilik o'ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko'rish idroki, eshitish idroki, hid idroki, ta'm idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo'lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan: kinofilmni idrok qilishda kurish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bog'liq. Ular muayyan makonda, ma'lum vaqtda sodir bo'ladilar. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda, shakl, hajm va boshqa xossalarga egadirlar. Idrokni klassifikasiya qilishda materiyaning yashash formalari, fazo,vaqt, harakat asos qilib olinadi. Shunga ko'ra idrokning quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Fazoni idrok qilish.

2. Vaktni idrok qilish.

3. Harakatni idrok qilish.

Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini hajmini va o'zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o'lchovda idrok qilinadi, narsalarning shakli: uch burchakli, to'rt burchakli, kub kvadrat doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta kichik, o'rtacha, yirik mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o'ngda,   chapda,   yuqorida,   pastda,   uzokda  va hokazo.

Fazoni ko'rish, teri, muskul harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko'z bilan va ikki ko'z bilan idrok qilamiz. Molikulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan gavharida bir-birini kesib o'tadi va ularning kesishgan joyida ko'rish burchagi hosil bo'ladi. Bu burchakniig katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligiga hamda uning ko'zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog'liq. Ko'z gavharining va umuman, ko'zning narsalarni eng yaxshi ko'rish uchun moslashuvini akkomodasiya deyiladi. mlnjul^chgining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtning "tez"  yoki  "sekin"  o'tishni  kishining  vaqtga  va diqqat yo'naltirilgan ob'yektga munosabatiga ham bog'liq. Masalan, biror darsning o'tilishi, kinofilmni ko'rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtning ob'yektiv belgilari va uning oralig'ini noto'g'ri farqlashga imkon beradigan bir narsalar  oy,   quyosh,  yulduzlar   harakatidan   foydalanib   kelganlar.

Harakatni idrok qilish.

Tevarak-atrofdagi narsa hodisalar fazoda muayyan vaqt davomida o'z o'rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa hodisalarning fazoda o'rin almashtirib turishini, ya'ni harakatini ham idrok qiladilar. Harakatni idrok qilishda ko'rish va kinestezikanalizator asosiy rol o'ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo'nalishi harakat qilayotgan ob'yektning parametridir. Odam narsalarning harakati vaqtida ikki yo'l bilan    ma'lumot      olish     mumkin:

1. Harakatni  bevosita  idrok  qilish,

2. Harakat   haqida   xulosa  chiqarish.

Harakatni  bevosita  ko'rish  orqali  idrok  qilish  ikki  xildir:

a) ko'zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish



b) ko'zni bir nuqtaga qaratib turish harakatni tez yoki sekin bulayotgandek idrok qilinadi.

Harakatning bunday idrok qilinishi narsalarning ob'yektiv tezligiga va uning idrok qiluvchidan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog'liq harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.
Download 43,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish