Hid bilish sezgilari har qanday narsalarning hidini ongimizda aks ettirish
demakdir. Odam to‟rt yuz mingga yaqin turli hidni seza oladi. Hid bilish sezgilariga
hidlarni his qilish kiradi.
Ta’m bilish (maza) sezgilari - shirin, achchiq, nordon, sho‟r singari mazalarni
his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-
xil turlarga ega bo‟lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning
mazasi, qovunning mazasi kabilar. Maza va hid sezgilari bir-biriga chambarchas
bog‟langan bo‟lib, bir-biriga ta‟sir ko‟rsatadi. Qattiq tumov vaqtida ovqatning hidi
sezilmagani uchun uning mazasi ham yo‟qday ko‟rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |