Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‟lib, musiqaviy va shovqinli
tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi,
ularning birinchisi bir tondan ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. Insonlar
uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni o‟zlashtirish
tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog‟liq. Ona tilimizda
ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolam iz,
shuning uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug‟ri talaffuz qilamiz. Ammo
chet tilidagi tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz,
chunki ularga qulog‟imiz o‟rganmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |