Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan


O`zbekiston Prezidentining Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma bosqich o`tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to`g`risidagi qonun,farmonlari



Download 1,3 Mb.
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi1,3 Mb.
#245591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hasanov Fazliddin Iqtisodiyot kurs ishi.

2.2.O`zbekiston Prezidentining Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma bosqich o`tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to`g`risidagi qonun,farmonlari.
Inflatsiya darajasini yanada pasaytirish borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.

Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.

Shu bilan birga, inflatsion targetlash rejimini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Vazirlar Mahkamasining quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan tayyorgarlik ishlarini talab etadi:

inflatsiyaning nomonetar omillari rolini bosqichma-bosqich pasaytirish, shu jumladan, tariflarni tartibga solishni isloh qilish, iqtisodiyotning real sektorida tarkibiy iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash va ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish;

Markaziy bankning makroiqtisodiy tahlil va kommunikatsiya siyosati sifatini oshirish;

regulyatorning kredit bozoriga samarali ta’sir etishini ta’minlab beruvchi, pul bozorini tartibga solishning yangi instrumentlarini joriy etish.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qo‘llashni kengaytirish, shuningdek, pul-kredit siyosati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflatsion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflatsion targetlash rejimiga o‘tkazishni ta’minlasin.

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari etib belgilansin:

inflatsiyaning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni keng jamoatchilikka yetkazish;

pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflatsion jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlarini qo‘llash;

pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar qabul qilish maqsadida ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish;

pul-kredit siyosati maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish, makroiqtisodiy holatning oldindan ko‘ra bilinishini ta’minlash va bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki inflatsion targetlash rejimiga to‘liq o‘tish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin, xususan:

muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;

raqobatdosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish hamda tovarlar va xizmatlarning to‘laqonli bozorlarini shakllantirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish;

monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solishning zamonaviy usullariga o‘tishga, shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirishga yo‘naltirilgan tartibga solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;

jamg‘armalarni investitsiyalarga transformatsiya qilish uchun moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish maqsadida bank tizimi hamda moliya bozorlarini isloh etish, shuningdek, moliyaviy oqimlarni uzoq muddatli rejalashtirish uchun imkoniyat yaratish.



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]

4. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2020-yilda inflatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni joriy etish orqali pul-kredit siyosati instrumentlari, mexanizmlari va jarayonlarini inflatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rsin:

2020-yilning 1-yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga ta’sir ko‘rsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qog‘ozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari va overnayt kreditlari;

2020-yil davomida foiz va valyuta xatarlarini boshqarishda hosilaviy instrumentlar (svop, opsion va fyucherslar) va tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolining bosqichma-bosqich oshirib borilishi;

bir oy muddatda Markaziy bankning banklararo pul bozoriga muntazam intervensiyasi orqali moslashuvchan foiz siyosatini amalga oshirishda asosiy foiz stavkasining foiz koridori mexanizmi;

2020-yilning 1-apreliga qadar xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi hamda ilg‘or xalqaro tajriba asosida ekonometrik modellashtirish instrumentlarini rivojlantirishni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimi;

ikki oy muddatda Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotdagi joriy holat, inflatsion jarayonlarning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining o‘z vaqtida yoritilishini ko‘zda tutuvchi kommunikatsion siyosatning zamonaviy tamoyillari;

inflatsiya va inflatsion kutilmalar omillarini doimiy o‘rganib borish, xalqaro moliya institutlari va boshqa davlatlar markaziy banklari texnik ko‘magini jalb etish orqali ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

6. Inflatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

inflatsiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish;

barcha vazirlik va idoralar sa’y-harakatlarini iqtisodiyotda inflatsiya darajasini pasaytirish hamda amalga oshirilayotgan siyosatning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga qaratish;

respublika pul-kredit siyosatini inflatsion targetlash rejimiga o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishidagi kamchilik va muammolarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish hamda ushbu sohadagi vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

vakolatli organ va tashkilotlar rahbarlari va boshqa vakillari ishtirokida har oyda kamida ikki marta ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish va inflatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini muhokama qilishni tashkillashtirish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish.

7. Belgilansinki:

2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan darajada belgilanadi, ipotekani kreditlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar bundan mustasno;

2021-yil 1-yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2020-yilning 1-fevraliga qadar Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-2021-yillarda tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni, inflatsiya maqsadlariga ta’sirini hisobga olgan holda erkinlashtirish grafigini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich kamaytirishni ta’minlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining belgilangan parametrlar doirasidagi qat’iy ijrosini, shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar norezidentlarga moliya bozoriga kirishga ruxsat berish shartlari, mexanizmlari va muddatlari bo‘yicha takliflarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf qilishning aniq mexanizmlari va instrumentlarini ishlab chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki:

Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini;

“2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash yig‘ilishlarida soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligi hamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi holati masalalarini ko‘rib chiqish va muhokama qilishni;

jahon bozorlaridagi real vaziyatning rivojlanishi va tarkibiy iqtisodiy islohotlarning amaliy natijalaridan kelib chiqqan holda moslashuvchan makroiqtisodiy siyosat yuritish, shuningdek, inflatsiyaning uzoq muddatli maqsadli ko‘rsatkichi (targeti) darajasigacha pasayishini;

“Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, inflatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga erishish omillari va xatarlarini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda ma’lumot kiritib borishni ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-apreliga qadar Jahon bankining texnik ko‘magi asosida ishlab chiqilayotgan Moliyaviy ommaboplikni oshirish milliy strategiyasi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hamda davlat sektorida ish haqining yillik oshirib borilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining o‘ziga xosliklari (iqtisodiyotdagi pul massasi o‘sishi bilan birgalikda oltin-valyuta zaxiralarining jamg‘arib borilishi, milliy valyutaning doimiy devalvatsiyasi va spekulyativ kursli parallel valyuta bozorining mavjudligi) respublikada oldingi yillarda shakllangan inflatsiyaning fundamental omillari bo‘lib hisoblanib kelmoqda. Yillar davomida yig‘ilib kelgan investitsion yetishmovchilik va iqtisodiyotda shakllangan nomutanosibliklar mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida ushbu muammolarni hal qilish uchun muhim qadamlar tashlashni taqozo etmoqda.

Iqtisodiyotdagi ushbu ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida iqtisodiyotda inflatsiya bosimining obyektiv (muqarrar) shakllanishi kuzatildi.

Ushbu jarayonda quyidagilar asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda:

a) oshirilgan iqtisodiy, kredit va investitsion faollik. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari, hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash zaruriyati, agrar sohadagi islohotlar, davlat sektorida ish haqi darajasidagi tuzatishlar, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi va aholining o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlashi uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar iqtisodiyotga sezilarli moliyaviy resurslar yo‘naltirilishini talab etdi;

b) tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish. Narxlarni tartibga solish tizimini isloh qilish va bozor narxlarini shakllantirishga ushbu tovar va xizmatlarning mazkur guruh tomonidan inflatsion bosimini shakllantiradi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi islohotlar samaradorligini pasaytirishi va natijada uzoq muddatli inflatsion kutilmalarni yuzaga keltirishi mumkin. Tartibga solinadigan narxlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga xususiy kapitalni jalb qilishni ta’minlashga imkon beradi.

Bunda, narxlarning ma’muriy tartibga solish tizimining isloh qilinishi va tariflarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi mazkur tovarlar va xizmatlar guruhi tomonidan ma’lum darajadagi inflatsion bosimni yuzaga keltirishi mumkin;

v) nominal ish haqlarining korrektirovkasi. So‘nggi ikki yilda aholi real daromadlarining o‘rtacha yillik o‘sishi 10 — 12 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi uning ayrim sohalarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabi natijasida ularning ish haqlari sekin-asta oshib borishiga olib keldi;

g) tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va tovarlar transchegaraviy olib o‘tilishining soddalashtirilishi. Tashqi savdoning erkinlashtirilishi va importning o‘sishi sharoitida valyuta kursining o‘zgarishi ham import, ham mahalliy tovarlar narxlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

2018-yilda nisbatan barqaror valyuta kursi sharoitida ba’zi tovarlar importi narxlar barqarorlashuviga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, meva va sabzavotlar narxlari qo‘shni davlatlardagi narxlar darajasigacha korrektirovka qilinib oldi. Ayni vaqtda, joriy yilda devalvatsiyaning tezlashishi iqtisodiyotdagi narxlar darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Inflatsion targetlash o‘zida shunday pul-kredit siyosati rejimini aks ettiradiki, unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflatsiya darajasi bo‘yicha doimiy maqsad (target) e’lon qilinadi va uning harakatlari pul-kredit instrumentlari va kommunikatsiyadan faol foydalangan holda joriy inflatsiyani uning maqsadli ko‘rsatkichiga yetkazishga yo‘naltiriladi.

Inflatsion targetlash rejimi ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘zining keng qamrovli tatbiqini topgan. Mazkur rejim inflatsiyaning tebranuvchanligi va inersionligini pasaytirishda samarali instrument hisoblanadi va bu, o‘z navbatida, o‘rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.

Bundan tashqari, bu rejimda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishda Markaziy bank harakatlarida katta erkinlik, maqsadlar va pul-kredit siyosati maqsadlari va ustuvorliklarining aniq identifikatsiyasi, shuningdek, Markaziy bankning inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishda javobgarligi ko‘zda tutiladi. Jamoatchilik uchun Markaziy bank faoliyatining yuqori darajada shaffofligi iqtisodiyotda maqbul iqtisodiy kutilmalar shakllanishiga imkon yaratadi.

Inflatsion targetlash rejimini samarali joriy qilish uchun pul-kredit siyosati inflatsiyaning belgilangan maqsadli darajasiga erishish zaruriyatidan kelib chiqib, bozor instrumentlari ta’sirini qo‘llagan holda banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank intervensiyalari orqali samarali boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Inflatsion targetlash rejimiga muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur shartlardan biri bu erkin shakllanadigan ayirboshlash kursi bo‘lib, uning o‘zgarishi to‘laligicha talab va takliflarning muhim omillariga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, banklararo valyuta bozorini modernizatsiya qilishni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta intervensiyasi sohasidagi siyosatini tegishli ravishda takomillashtirilishini talab etadi.

Valyuta bozori rivojlanishidagi asosiy omillardan biri ichki valyuta bozorida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faolligining asta-sekin pasayishi va tijorat banklarining market-meyker sifatidagi rolining oshirilishi hisoblanadi.

Valyuta kursining moslashuvchan shakllanishga o‘tish va banklararo valyuta savdolarini amalga oshirish valyuta intervensiyasi uslublarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bozor faoliyatiga aralashishni minimallashtirishga qaratilgan va ayirboshlash kursini aniqlashda uning fundamental o‘zgarish trendiga ta’sir o‘tkazmaydigan Valyuta intervensiyasi strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagilar, valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonini yakunlash orqali inflatsion targetlashga o‘tish uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi:

banklarning market-meyker sifatida bozordagi faolligini rag‘batlantirish va ularning ayirboshlash kursini shakllantirishdagi rolini oshirish;

valyuta intervensiyalari siyosatini takomillashtirish va ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki intervensiyalari maqsadlari va usullarini belgilab beruvchi strategiya va taktikalarini ishlab chiqish;

valyuta bozori ishtirokchilariga valyuta xatarlarini xedjirlash imkonini beruvchi hosilaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish.

Uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash butun moliya tizimining barqaror ishlashini talab qiladi. Bunda, barqaror makroiqtisodiy sharoitda ham bank sektorida tizimli xatarlar shakllanishi mumkin.

Inflatsiyani belgilangan maqsadga yaqinlashtirish va ushlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, shu jumladan prudensial nazorat choralari orqali moliyaviy xatarlarni kamaytirishi zarur.Bank nazorati hamda banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari. Tijorat banklari balanslarini tozalash ular barqarorligining oshishiga, omonatchilar va kreditorlar mablag‘larining saqlanishiga, moliya tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga va moliya bozorlarining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.

Bank va moliya tizimlari uchun xatarlar ehtimolini kamaytiruvchi makroprudensial nazorat choralarining o‘z vaqtida va samarali qo‘llanilishi iqtisodiyotning muvozanatli ishlashiga hamda makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishiga imkon beradi.

Inflatsion targetlash rejimida narxlar barqarorligi moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bozor ishtirokchilari pul-kredit siyosati harakatlarini oldindan ko‘ra bilishi va tushunishi sababli iqtisodiyot subyektlari qarorlarni qabul qilishda yanada izchil bo‘ladilar va bu noaniqlik elementlarini bartaraf qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal ishtiroki bilan butun moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Aholi va tadbirkorlarning banklarga va milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirish bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Mamlakatda ishonchli bank tizimi va moliya bozorining faoliyati pul-kredit siyosati ta’sir kanallarining to‘la ishlashiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun bank tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

banklarning mijozlarga bo‘lgan e’tiborini oshirish;

mijozlarga elektron va masofaviy xizmat ko‘rsatishni to‘liq joriy etish orqali bank xizmatlari sifati hamda aholining bank va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;

bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini isloh qilish va banklarni transformatsiyalash, korporativ boshqaruv sifatini oshirish;

samarali infratuzilmani yaratish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish;

davlat banklarini isloh qilish jarayonini tezlashtirish va ularni xususiylashtirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish;

davlat banklarida bank xizmatlarini ko‘rsatishda tezkorlikni oshirish, shu jumladan ularda xodimlar faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini baholash tizimini joriy etish;

banklar tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va zarur bo‘lganda, ayrim banklarning aktiv operatsiyalarini vaqtincha cheklash choralarini qo‘llash orqali prudensial nazorat choralarini kuchaytirish va boshqa bir qator masalalar bo`yicha vazifalar berib o`tilgan.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish