“Сервис” илмий-амалий журнал
2020 йил 4-сон
119
yig‗ish, nazorat va tahlil qilish, qayta ishlashga mo‗ljallangan juda ko‗p axborot resurslari
ishlab chiqilmoqda. Ammo, hozircha ular yagona Internet axborot tizimiga birlashtirilmagan.
Albatta, bu yerda taqdim etilayotgan restoran xizmatlarining umume‘tirof etilgan
jihatlaridan biri shuki, ushbu xizmat sektori bilan barchamiz duch kelamiz va servislarning yuqori
saviyada bo‗lish-bo‗lmasligini bevosita xis qilamiz. Shu bois, ishlab chiqilgan takliflar restoran
biznesini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asosiy taklif sifatida internet va ijtimoiy
tarmoqlardan keng foydalanish zarur. Hozirgi mavjud vaziyatda, ya‘ni Covid-19 sababli joriy
etilgan karantin choralari bunga asos bo‗lib xizmat qiladi. Soha rahbarlari kelgusida
kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy tarmoqlarga asoslanishi talab etiladi.
Ovqatlanish korxonasi mijozlarini qo‗llab-quvvatlanishni davom ettirish maqsadida
rivojlanish strategiyasida namoyon bo‗lishi shart. Chunki, restoranga ishonch bildirgan mijoz
ushbu restoran bilan aloqani davom ettirishni istaydi. Shu bois, ularning ijtimoiy tarmoqlardan
olingan axborotlar ta‘sirida ishonchi oshadi. Bu esa korxonalar tomonidan o‗z faoliyatlari
haqidagi maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarda va veb-saytlarda chop etishlari talab etiladi.
Hozirgi pandemiya sharoitida restoran xizmatlarining zaif tomoni aniqlandi. Ya‘ni,
mijozlarga ―Only on go‖ xizmatini to‗liq ko‗rsatishga sharoit mavjud emas. Buning sabablarini
quyidailarda ko‗rish mumkin: Birinchidan, mahsulotni yetkazib berish mijoz uchun qimmatlik
qiladi. Ikkinchidan, maxsus transport ajratilmagan; Uchinchidan, mijozlar uchun masofadan turib
ijtimoiy muhitni yaratib bo‗lmaydi.
Shular bilan birga, ijobiy jihat sifatida quyidagilarni e‘tirof etish mumkin: Birinchidan, doimiy
mijozlarni saqlab qolishda ijtimoiy tarmoqlar ahamiyatli. Ikkinchidan, iqtisodiyotda sodir
bo‗layotgan o‗zgarishlar menejmentda yangi strategiyalarni ishlab chiqishni taqoza etadi.
Uchinchidan, mijozlarning talablarini qondirishda zamonaviy shakllarni yuzaga keltiradi.
Agar ijobiy va zaif jihatlar e‘tiborga olinmasa restoran biznesi kelgusida, ya‘ni pandemiya
va undan keyingi davrda, muammolar ostida qolib inqirozga duch keladi. Albatta, har bir
mamlakatning o‗ziga hos jihatlari mavjud, masalan, madaniyati, urf-odatlari, shu bois restoran
biznesining holati muammolar va inqiroz o‗rtasida har bir mamlakat doirasida har xil kechishi
mumkin.
Ushbu maqolada keltirilgan natijalar Samarqand shahri doirasida bo‗lib, albatta, to‗liq barcha
ma‘lumotlarni qamrab olgani yo‗q. Ammo, o‗rganilgan ma‘lumotlar taniqli va mashhur kafe va
restoranlar misolida tahlil qilingan.
Kelgusida restoran biznesini yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalar taklif etiladi:
- Gastronomik festivallar tashkil qilish;
- Ijtimoiy tarmoqlarda Fan-klublarni tashkil qilish;
- Restoran bilan bog‗liq sanalarda bayramlar tashkil qilish.
Bunda, masalan, fan-klub a‘zolari uchun maxsus chegirmalar joriy qilish orqali ularga
restoranning bo‗sh vaqtlarida xizmat ko‗rsatish. Barcha tadbirlar, albatta, internet va ijtimoiy
tarmoqlardan keng ommaga yetkazib turilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: