A.Berdimurodov
Evaluation of the efficiency of
enterprises in free tourist zones
Abstract: The article assesses the
efficiency of an enterprise engaged in
tourism activities located in the free
tourist zone "Charvak" by analyzing the
indicators of efficiency and profitability,
and also emphasizes the importance of
the free tourist zone.
Keywords: Free tourist zone "Charvak",
efficiency, effectiveness, profitability,
net profit, total costs, labor force ratio,
working capital ratio.
K.N. Zaynalova – Samarqand davlat universiteti assistenti
RESTORAN BIZNESIDA INTERNET RESURSLARINING AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Internet resurslari, xususan, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar orqali
mijozlarni qo‗llab-quvvatlash uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‗z yuritiladi. Tahlil doirasida
milliy ilmiy adabiyotlarda ushbu sohaga deyrali e‘tibor berilmaganligi kuzatildi. Ammo hozirgi kunda
shiddat bilan rivojlanayotgan Internet doirasidagi axborot tizimlarida restoran sohasida biznes
vakillari o‗rin egallaganligini kuzatish mumkin. Natija sifatida maqolada restoran biznesini
rivojlantirishda yangi yondashuv taklif etilgan.
Кalit so„zlar: internet, ijtimoiy tarmoq, restoran, turizm, veb-sayt, Pareto
Kirish. Jamiyatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda va umuman inson
hayotida Internet tizimining alohida muhim o‗ringa ega ekanligi sir emas. Masalan, 50 millionlik
auditoriyalik tinglovchilar ko‗rsatgichiga ega bo‗lish uchun radioga 38 yil, televideniyaga esa 13
yil vaqt ketgan, Internet esa bu ko‗rsatgichga 4 yilda erishdi. Hozirgi kunga kelib Internet
auditoriyasi 4,5 milliarddan oshgan. Ijtimoiy tarmoqlar yetakchisi sanalgan Facebook
auditoriyasi esa 9 oy davomida 100 million foydalanuvchidan oshgan [1]. Turistik tadqiqot
markazlari xabarlarga qaraganda ijtimoiy tarmoqdan 25% sayohatchilar o‗z sayohatlari davomida
faol foydalanishadi [2].
Bugun har bir sayyoh o‗zi yo‗l olgan mamlakatga borishdan avval Internet orqali u
diyorning o‗ziga xosliklari to‗g‗risida qiziqib ko‗radi. Bugungi tilda aytadigan bo‗lsak, u
mamlakatga avvalo ―on-layn sayohat‖ uyushtiradi.
Restoran sohasida axborot texnologiyalari bevosita biznesni rivojlantirishga va zamonaviy
ish o‗rinlarini yaratishga asos solmoqda. Restoran sohasini boshqaruvida esa axborot
texnologiyalari – bu apparatli va dasturiy vositalar yordamida turistik biznesda optimal
natijalarga erishish maqsadida har xil shakllardagi boshlang‗ich ma‘lumotlarning qayta ishlash
orqali ishonchli axborotga ega bo‗lish va ular asosida qaror qabul qilish majmuasidir. Bu yerda
turistik biznes ko‗p tarmoqlarni qamrab oladi, masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va xattoki
insonlarning psixologik jihatlari.
Internetning keskin rivojlanishi natijasida XXI asrga kelib u katta kuch sifatida e‘tirof
etilmoqda. Xususan, hayotimizda barcha sohalarida ijtimoiy tarmoqlarning ta‘sirini ko‗rish
Do'stlaringiz bilan baham: |