Kurort mehmonxonalari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun mo‘ljallanadi. Ayrim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish yoki shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin. Buning uchun kurort mehmonxonalarida kurortning asosiy sohasiga ko‘ra davolash-sog‘lomlashtirish binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin.
Kurort mehmonxonalarida ommaviy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish binolari va xonalari tarkibi (khp funksiyali zallar, dam olish uchun xollar, kutubxonalar, bilyardxonalar, har xil o‘yinlar uchun mo‘ljallangan xonalar va b.) ancha rivojlangan bo‘ladi. Ba’zan bolalar dam olishi va o‘ynashi uchun joylar, shuningdek sport inshootlari (basseynlar, sport zallari, sport maydonchalari va b.) ham nazarda tutiladi.
Kurort mehmonxonalarining nomerlar fondi asosan bir-ikki o‘rinli nomerlardan tashkil topadi. Ayrim hollarda nomerda uxlash uchun uchinchi o‘rinni (bola uchun) joylashtirish imkoniyati nazarda tutiladi. Kurort mehmonxonasida mijozlar nisbatan uzoq muddat (1 oygacha) yashaganligi uchun nomerlarda kiyim-kechak va choyshablarni saqlash uchun nisbatan katta shkaflar o‘rnatiladi. Nomerda kunduzgi dam olish zonasi ajratiladi. Bu zona lojiya, balkon, verandani qamrab oladi.
Kurort mehmonxonalari qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega joylarda: dengiz sohilida, ko‘l yaqinida, shifobaxsh buloqlar oldida, tog‘ hududida quriladi.
So‘nggi yillarda dam olish uchun mo‘ljallangan kurort komplekslari ko‘plab qurilmoqda. Dam olish shart-sharoitlariga har xil talablar qo‘yilishi munosabati bilan kurort komplekslari tarkibiga har xil yo‘nalishdagi, shinamlik darajasi, sig‘imi, qavatliligi ham har xil bhlgan mehmonxonalar kiritiladi.
Kurort komplekslarining asosiy fondi shinamlik darajasi, foydalanish rejimi, sig‘imi (100-800 o‘ringa mo‘ljallangan) har xil bo‘lgan mehmonxonalarda joylashadi. Oilalar uchun mo‘ljallangan nomerlarga ega mehmonxonalar ham mavjud. Ba’zan bunday nomerlar alohida oshxonaga ega bir-ikki xonali kvartira tarzida jihozlanadi. Dam olish shart-sharoitlari (shinamlik, narxlar va h.k.)ga qo‘yilgan har xil talablar ko‘pgina madaniy komplekslar hududida kempinglar va bungalolar qurilishiga olib keldi.
Odatda kurort komplekslarida umumiy, maishiy, tibbiy va sport xizmatlarining katta qismi umumiy kurort muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. Buning uchun umumiy kurort restoranlari, barlari, qahvaxonalari, kattalar va bolalar uchun oshxonalar, ko‘p funksiyali zallar, kinoteatrlar, savdo korxonalari, stadionlar, sport zallari, tennis kortlari, sport va o‘yin maydonchalari, berk va ochiq basseynlar, ot sporti markazlari va h.k. quriladi. Plyajlarni jihozlashga, qayiq bandargohlari tashkil etishga, suv sporti (yelkanli sport, suv chang‘isi, suv velosipedi) bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratishga, tog‘ komplekslarida – osma arqon yo‘llari va funikulyorlar qurishga katta e’tibor beriladi.
Taymsher – mehmonxona xizmatlarining nisbatan yangi turi. Uning nomerlar fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Alohida qurilmalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga ega, xizmatlar ko’rsatish shart-sharoitlari kurort mehmonxonalaridagi o‘xshash. Alohida kvartiralar xususiy mulkdorlarga sotiladi, ammo taymsher to‘liq boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi.
Taymsher bahosi mavsum xususiyatlariga, shuningdek bu yerda bo‘lish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Yilning turistlar kam keladigan vaqtlarida taymsherda yashash «oltin» mavsumdagidan ancha arzonga tushadi. Nomer egasi taymsherda yashash uchun thlagan haqqa mutanosib ravishda ma’lum vaqt mobaynida ko‘chmas mulkdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Odatda nomer 10 yil muddatga sotib olinadi. Taymsher nomuayyan muddatga foydalanish uchun sotilishi ham mumkin. Foydalanish vaqti haftalarda o‘lchanadi. Taymsher egasi o‘zi sotib olgan nomerda o‘z vaqt oralig‘i mobaynida dam olishi yoki harid qilingan mavsum doirasida dam olish joyini xuddi shunday boshqa joyga almashtirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |