XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………....35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………37
KIRISH
Bugungi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda.
Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanada rivojlanishiga imkon yaratadi.
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari bilan birga obyektlarning interyer va eksteryer dizaynlariga ham katta etibor berilib ular tobora yaxshilanib bormoqda.
Oldingi yillar pandemiya munosabati bilan mamlakatimizga nafaqat bizning yurtimmizga balki boshqa turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda ham turistlar oqimi keskin pasayishi kuzatildi. Bunga qaramasdan mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni o’tgan yillarga qaraganda keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etadi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qilmoqda.
Keyingi paytlarda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish masalalariga hukumatimiz katta e’tibor berib kelmoqda. Respublikamizning shaharlarida, viloyatlarida yangi mehmonxonalar, turistik firmalarni tashkil etish, ularda ko’rsatiladigan xizmatlar sonini ko’paytirish va ko’rsatiladigan, ya’ni taklif etiladigan xizmatlarning sifat darajasini xalqaro standartlarga moslashtirish, mintaqalarda turizmni rivojlantirish bo’yicha aniq reja va dasturlarni ishlab chiqishni ko’zda tutadi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni1ga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog’i sifatida belgilandi. “O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasida 2019-2025 --yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora- tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga ko’ra turizm sohasi rivojining asosiy bosqichlari belgilangan. Hujjatga binoan 2019-2020-yillarda turizm rivojini asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik bazasi takomillashtiriladi, infratuzilma modernizatsiya qilinadi va O’zbekiston turistik brendi keng targ’ib etiladi2.
Turizm sohasining yanada tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushini ko’paytirish, turistik xizmatlar sifatini oshirilishini ta’minlash “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”3
da ham ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Bundan ko’zlanayotgan asosiy maqsad mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, chet ellik turistlarni ko’proq jalb qilish, mamlakat aholisini shu sohada ham ish bilan ta’minlash va aholini turmush darajasini yanada yaxshilashdan iboratdir. Bugungi kunda turizm sohasini yanada izchil va tezkor ravishda rivojlantirish maqsadida respublikamizda juda ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |